Gidromeliorativ tizimlarda ta’mirlash ishlari


Zovurning ishlashini ta’minlash


Download 234.22 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi234.22 Kb.
#1554592
1   2   3
Bog'liq
Gidromeliorativ tizimlarda ta’mirlash ishlari Abdulaxatov Dilshodbek

Zovurning ishlashini ta’minlash

  • Yirik melioratsiya ob’ektlarida zovur qurilganidan keyin topshirish va qabul qilish instruksiyasiga muvofiq tayyor zovurlar vaqtincha foydalanishga qabul qilinadi.Zovur qurilishi ishlarini bajaruvchi qurilish – montaj boshqarmasi har bir tayyor ishni alohida qayd qilib borishi shart, bunda barcha parametrlar (transheyalar, filtr – to’kma, zovur quvurlari konstruksiyasi, materiali va o’lchamlari, qaytadan ko’mib shibbalash texnologiyasi va x. k.) ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Agar texnologiya va qurilish ishlari batafsil qayd qilinmasa, keyinchalik zovurning nima sababdan yomon ishlayotganligini aniqlash qiyin bo’ladi. Zovurning ishlashini maxsus ekspluatatsion shtat kontrol qilib borishi zarur, kollektor – zovur tarmog’ining uzunligi oshgan sari shtatdagi xodimlar soni ham ko’paytirila boradi. Qurilish tashkiloti kollektor va zovur tarmog’ini vaqtincha foydalanishga topshirguncha uning normal rejimda ishlab turishi uchun javobgardir, qurilishni vaqtincha ekspluatatsiya qilish boshqarmasi esa uni melioratsiya va suv xo’jaligi ministrligining ekspluatatsiya qilish organlariga topshirguncha javobgar hisoblanadi.

Kollektor – zovur tarmog’ini ekspluatatsiyaga topshirish davrida zovurlar, inshootlar sinab ko’rilgan va zovur liniyasining ayrim uchastkalarida tuynuklar ochib ko’rilgan bo’lishi kerak. Foydalanuvchi tashkilotning xohishiga binoan zovur liniyasi ustki zonasining ayrim tanlab olingan uchastkalariga suv bostirilib, sinov oqish tezligi va suv sarfi o’lchab ko’riladi.
Qurilish tashkiloti qabul komissiyasiga qurilishning texnologik protsessini, zovurning vaqtincha foydalanish davridagi holati va ish rejimini aks ettiruvchi oraliq aktlarni taqdim etadi.
Xo’jaliklararo yirik kollektorlar va ichki xo’jalik kollektoridan hamda zovurlardan to’g’ri (normal) foydalanish uchun texnika instruksiyalari tuzib chiqiladi.
Umumiy uzunligi katta bo’lgan kollektor – zovur tarmog’iga ega bo’lgan oblast sug’orish sistemalari boshqarmasi huzurida melioratsiya xizmati tashkil qilinadi, bu xizmat melioratsiya bo’limi, uchastka selioratsiya xizmati hamda tuproq – melioratsiya laboratoriyasidan iborat bo’ladi.
Melioratsiya bo’limi (boshqarmasi) melioratsiya ishlari ustidan rahbarlikni amalga oshiradi. Ushbu bo’lim tarkibiga bo’lim (boshqarma) boshlig’i, ekspluatatsiya bo’yicha katta injener, katta injener – meliorator, ochiq kollektor – zovur tarmog’ini tozalashdan oldin va undan keyin instrumental syomka ishlarini amalga oshiruvchi topograf kiradi

E’tiboringiz uchun raxmat

  • a

Download 234.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling