Gidrometeorologiya fakulteti quruqlik gidrologiyasi kafedrasi gidrologiya yo
Ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar
Download 357.84 Kb.
|
DARYO XAVZASINING MORFOMETRIK KO’RSATKICHLARINI ANIQLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1. Daryo havzasining morfometrik elementlarini aniqlash
Ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar
Berilgan: balandlik (gipsometrik) ma’lumotlariga ega bo‘lgan yirik masshtabli karta. Ishni bajarish maqsadida qo‘yilgan vazifalar 1. Daryo sistemasining quyidagi morfometrik elementlari aniqlansin: a) bosh daryo va uning uzunligi ; b) irmoqlarning uzunliklari; v) bosh daryoning egriligi; g) daryo tarmoqlarining zichligi; d) bosh daryoning nishabligi. 2. Daryo havzasining quyidagi morfometrik elementlari aniqlansin: - daryo havzasining maydoni; daryo havzasining uzunligi; daryo havzasining kengligi; daryo havzasining cho‘zilganligi; daryo havzasining simmetriklik darajasi; daryo havzasining o‘rtacha balandligi; daryo havzasining o‘rtacha nishabligi. 3. Bajarilgan ishning tahliliy bayonnomasi tuzilsin. 3.1. Daryo havzasining morfometrik elementlarini aniqlash: a) daryo havzasining maydoni(F)ni aniqlashda planimetr yoki paletkadan foydalaniladi hamda kartaning masshtabi hisobga olinadi: F = S · N , bu yerda: S = 1 sm2 bo‘lib, uning haqiqiy yuzasi S = 1sm ·1sm = 5 km · 5 km = 25 km2; N-yuzasi 1 sm2 ga teng bo‘lgan kataklar soni, biz ko‘rayotgan variantda N q 77 ta. Yuqoridagi ifodaga asosan daryo havzasining maydoni quyidagiga teng bo‘ladi: F = 25 km2 · 77 =1925 km2. b) daryo havzasining uzunligi(Lh)ni aniqlash. Uning qiymati daryoning quyilish joyidan suvayirg‘ich chizig‘ida undan eng uzoqda joylashgan nuqtagacha bo‘lgan masofani tutashtiradigan to‘g‘ri chiziqning uzunligi bilan aniqlanadi. Uni aniqlash uchun chizg‘ichning «0» raqami daryoning quyilish nuqtasiga qo‘yilib, ikkinchi tomoni suvayirg‘ich chizig‘i ustida soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha aylantiriladi va shu tarzda eng uzoq masofadagi nuqta aniqlanadi (3.2-rasm). Lh = AB =14 sm * 5 km = 70 km. v) daryo havzasining kengligini aniqlash. Daryo havzasining eng katta (Vmax) va o‘rtacha (Vo‘rt) kengliklari bir-biridan farq qiladi. Havzaning eng katta kengligi daryo havzasining eng keng joyidan havza uzunligini ifodalaydigan chiziqqa nisbatan o‘tkazilgan perpendikulyarning uzunligidan iboratdir. Demak, daryo havzasining eng katta kengligi o‘lchash yordamida hisoblab topiladi: Vmax = VG = 7,5 sm * 5 km = 37,5 km. Havzaning o‘rtacha kengligi esa quyidagi ifoda yordamida hisoblab topiladi: Vo‘rt = ; g) daryo havzasining o‘rtacha balandligini aniqlash. Daryo havzasining o‘rtacha balandligi(No‘rt)ni quyidagi ikki usul bilan aniqlaymiz: 1) to‘la usul; 2) daryo havzasining gipsografik egri chizig‘i yordamida. Birinchi, ya’ni to‘la usulda daryo havzasining o‘rtacha balandligi quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi: bu yerda: -gorizontallar bilan chegaralangan maydonchalar yuzalari bo‘lib, planimetr yoki paletka yordamida aniqlanadi; -gorizontallar bilan chegaralangan maydonchalarning o‘rtacha balandliklari (3.2-rasm). Gorizontallar bilan chegaralangan maydonchalar hamda ularning o‘rtacha balandliklarining aniqlangan qiymatlari 3.2-jadvalda keltirilgan. 3.2-jadval Download 357.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling