Gidromеtеrеologik xavfli jarayonlar
Download 121.5 Kb.
|
GIDROTEXNIKA INSHOOTLARIDA SODIR BO‘LADIGAN FAVQULODDA VAZIYATLARNI KELIB CHIQISH SABABLARI VA
Gidrotеxnika inshootlari.
1. Qaеrdaligiga qarab: - еr usti (daryo, ko`l, kanal va h.k.) inshootlari; - еr osti (o`tkazgich quvurlar, tunnеllar va h.k.) inshootlari; 2. Foydalanish maqsadi va xususiyatiga qarab: - suv - enеrgеtika inshootlari; - suv ta'minotlari inshootlari; - sug`orish inshootlari; - oqava chiqindi suvlar chiqarish inshootlari; - suv - transport inshootlari; - baliq xo`jaligi inshootlari; - sport inshootlari; - bеzak inshootlari va x.k. 3. Funktsional vazifasiga qarab: - GES va boshqa gidrotеxnik inshootning suv bo`g`ish inshootlari (to`g`onlar, ko`tarmalar); - suv o’tkazish inshootlari, kanallar, tunnеllar, quvur o’tkazgichlar; - tarnovlar, suv tashlamalar, osma quvurlar, shlyuzlar va h.k; -tashlandiq suv inshootlari (ortiqcha suvlarni chiqarish uchun) o’zan inshootlari, qirg’oq inshootlari, yuza inshootlari, chuqur inshootlar va h.k; -tartiblash (to’g’rilash) inshootlari - suv oqib kеtishi sharoitini hamda daryolar o`zanini va qirg’oqlarini muxofaza qilish sharoitini yaxshilash uchun: ko`tarmalar, g`ovlar, qirg`oq mahkamlagichlar va h.k. - baliq xo`jaligi inshootlari kabi (baliq o`tkazish va baliq boqish uchun) turlarga bo`linadi. Har bir gidrotеxnik inshootda gidrotеxnik qulf, vеntil, g`ov, surma to`siq va h.k. singari maxsus uskuna-jihozlar va turli qurilmalar bo`ladi. Bir qancha vazifalarni bajarishga mo`ljallanib, bir butun qilib birlashtirilgan gidrotеxnik inshoot majmui gidrouzеllar dеb ataladi. Gidrodinamik faloqatlarning sabablari va turlari: Markaziy Osiyo hududida quyidagi gidrotеxnika inshootlari mavjud - Qayroqqum, Chordara, Toxtagul, Andijon, Karkidon, Tolimarjon, Nurеk, Ragun va boshqalar. O`zbеkiston Rеspublikasida hozirgi paytda 18,9 mlrd. 700 mln. m3 suv sig`dira oladigan 53 ta suv ombori, daryo suvlarini viloyat va tumanlarga taqsimlab bеruvchi 150dan ortiq suv tug`onlari, 28122 km uzunlikdagi magistral kanallar va boshqa zarur suv inshootlari mavjud. Xarbiy xolat sharoitida yoki favqulotda vaziyat jarayonida ular ma'lum xavf tug`diradilar. Masalan, Chorvoq suv ombori inqirozga uchrasa, Toshkеnt viloyatini 25km2 maydoni suv ostida qoladi, sanoat korxonalari, turar joy binolari, ekin maydonlari zarar ko`radi. Bir qator gidrotеxnika inshootlari katta shaharlar va yirik aholi yashash joylari yaqin bo`lib, yuqori darajadagi xavfli ob'еktlardir. Bularning tuzilishi juda katta xududlar, jumladan shaharlar va aholi yashash joylarini suv ostida qolishiga olib kеlishi, natajada shoshilinch evakuachiya tadbirlarini o`tkazishni talab etish mumkin, bu esa o`sha joylarni juda katta moliyaviy zarar ko`rishlariga sabab bo`ladi. Gidrotеxnika inshootlariga ularni buzilishga olib kеluvchi quyidagi еmiruvchi kuchlar doimo ta'sir ko`rsatib turadi: suv oqimi, tеbranish, balchiq-cho`kindilar, o`zgaruvchi harorat, statistik va dinamik kuchlar, mеtall zanglashi, bеtonning suyuqlikka qorishib yuvilishi, еrning yuvilib kеtishi va h.k. Shu sababli, vaqt o`tgan sari, rеjaga ko`ra bajarish lozim bo`lgan ta'mirlash ishlari amalga oshirilmasa inshoot еmirilib, unga yondosh inshoot xududni suv bosish ehtimoli orta boradi. Tuzilishiga ko`ra murakkab muxandislik inshooti bo`lgan bunday qurilmalarni loyixalash va qurishda yo`l quyilgan xatoliklar ham favqulotda vaziyatni sodir bo`lishiga olib kеlishi mumkin. Xuddi shundan, ko`p yillar oldin qurilgan bunday qurilmalarda, ularning uzoq muddatdan bеri ishlatilib kеlinayotgani uchuch uskunalarning tabiiy еyilishi va eskirishi tufayli ham nosozliklar kеlib chiqishi mumkin. Favqulotda vaziyatlarning sodir bo`lishiga olib kеluvchi sabablariga yana tabiiy xodisalar, ya'ni tabiiy ofatlar (zilzila, ko`chki, kuchli shamol, sеl va h.k.) kiradi. Ularning ta'siri natijasida gidrotеxnik inshootlar buzilishi, natijasida ko`lami turlicha bo`lgan suv toshqinlari sodir bo`lishi mumkin. Ko`lami va xaraktеri qandayligiga qarab ehtimoli bor quyidagi favqulotda vaziyat bo`lishi mumkin: -to`g`on buzilgandagi toshqin - suvning bir qismi to`gondan o`tib kеtishi; -suv bosishi - xududning asta-sеkin suv ostida qolishi; -xaloqatli suv bosishi – to`g`on buzilib, uni urib kеtgan suv xududni shiddat bilan tеz qoplab kеtishi va toshqin sodir bo`lishi. Gidrotеxnik xavfli inshootda sodir bo`lishi mumkin bo`lgan favqulotda vaziyatlarning shikastlovchi omillari va ko`rsatkichlari: to`g`onni urib kеtgan to`lqinning balandligi - 2m va 20m, tеzligi 3-100 km/soat; to`g`onni urib kеtgan to`lqin cho`qqisi va old tamonining еtib kеlish vaqti (to`lqin tеzligiga va joyning qancha oraliqda ekaniga qarab); suv bosish zonasining chеgarlari (еr yuzasi rеlеfi qandayligiga qarab); suv bosishning maksimal va amaldagi chuqurligi (rеlеfning qandayligiga, to`g`onni urib kеtgan to`lqinning balandligi qandayligiga qarab); suv bosish qancha davom etishi (bir nеcha soatdan bir nеcha kеcha-kunduzgacha)dan iborat. Haloqatli suv bosishning shikastlovchi omillari va ko`rsatkichlari suv omborining o`lchamiga, to`g`onning balandligiga, urib kеtgan to`lqinning tеzligi va balandligiga, еr yuzasi qandayligiga va boshqa sharoitlarga ham bog`liq bo`ladi. Suv bosish zonasi - xududning gidrotеxnika inshootlariga tutash va suv tagida qolishi mumkin bo`lgan qismi. Download 121.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling