Гидрометрик маълумотлар ҳар турли бўлганда йиллик оқим меъёрини аниқлаш


Download 13.35 Kb.
bet3/5
Sana20.10.2023
Hajmi13.35 Kb.
#1714104
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tog\' jinslari

Tog’ jinslari deb- bir yoki bir necha minerallardan tashkil topgan tabiiy birikmalarga togʼ jinslari deyiladi.
Togʼ jinslarining asosiy tarkibi bir dona mineraldan (labradorit, oxaktosh, olivinit) tashkil topgan boʼlsa monomineral tog’ jinslar (oxaktosh - kalʼsitdan) deyiladi, agar bir necha xil minerallardan (diorit, granit) tashkil topsa polimineral togʼ jinslari deyiladi.
Tekstura- tog’ jinslarini tashkil qiluvchi mineral bo’laklarining fazoda joylashishi va taqsimlanishi ko’rsatadi. Jinslarning tashqi ko’rinishdagi tekstura katta masshtabdagi tuzilish belgilarini- qatlamlanganligini, g’ovakligini,yaxlitligini ko’rsatadi.
Togʼ jinslari hosil boʼlishiga koʼra 3 ta katta guruxga boʼlinadi:
1. Magmatik togʼ jinslari. Ular tabiiy silikat eritmalarning (magma, lava) sovushi va qotishi natijasida hosil boʼladi.
2. Choʼkindi togʼ jinslari. Ular yer yuzasida ilgari mavjud boʼlgan togʼ jinslari va minerallarning nurashi, soʼngra bu maxsulotlarning mexanik va kimyoviy yoʼl bilan yotqizilishi hamda oʼsimlik va organizmlarning hayot faoliyati yoki chirishi natijasida hosil boʼladi.
3. Metamorfik (oʼzgargan) togʼ jinslari. Bu sinfga mansub togʼ jinslari katta chuqurliklarda yuqori xarorat, katta bosim va magmatik oʼchoqdan ajralgan gaz, suyuqlik va bug maxsulotlarining magmatik, choʼkindi jinslariga taʼsiri natijasida hosil boʼladi.
Magmatik togʼ jinslari.
Silikatli, hamirsimon, yumshoq birikma boʼlgan magmaning yer yuziga xarakati natijasida hosil boʼlgan togʼ jinslariga magmatik togʼ jinslari deyiladi.
Magmaning - yer poʼstining ichkarisidami yoki yuzasidami sovub qotishiga (genetik tasnifiga) qarab ikki turga boʼlinadi:
1. Intruziv jinslar (er ichkarisida sovub qotgan jinslar intruziv togʼ jinslari deyiladi).
2. Effuziv jinslar (yer yuzasiga chiqib sovub qotgan jinslar effuziv togʼ jinslari
deyiladi).
Intruziv togʼ jinslari yuqori xarorat va bosimli sharoitda magmaning sekin sovushidan hosil boʼladi (odatda ming yillar). Bunday sharoitda magmani tashkil qilgan zarrachalar yaxshi qirralangan kristallar koʼrinishidagi barqaror kimyoviy birikmalar hosil qiladi. Bunday togʼ jinslari uchun toʼliq kristalli struktura xarakterlidir. Intruziv jinslarning tipik namunasiga granitlar, granodioritlar, dioritlar va boshqalar kiradi.

Download 13.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling