Ko’rish trubasining ko’rish maydonida reyka va adilak pufakchasining tasviri. - Nivelir quyidagi geometrik shartlarni qanoatlantirishi shart:
- 1.Doiraviy adilak o’qi nivelirning aylanish o’qiga paralel bo’lishi kerak (ZZ’ // JJ’)
2.Iplar to’rining gorizontal ipi nivelirning aylanish o’qoga perpendikulyar bo’lishi kerak. (NN //JJ) 3.Trubaning ko’rish o’qi sil;indrli adilak o’qiga parallel bo’lishi kerak (VV’//UU, silindrli adilak nivelirida) yoki trubaning ko’rish o’qi gorizontal bo’lishi kerak. Bu shartni tekshirish uchun bir-biridan 50-70m masofa turgan A va B nuqtalarga qoziq qoqiladi va nivelir balandligi reyka orqali o’lchanadi. - Nivelirlash geodezik ishlarning bir turidir. U bilan yerning tabiiy yuzasida joylashgan nuqtalarning bir biriga nisbatan nisbiy balandligi o’lchanadi.
- Geometrik nivelirlash geodezik asbob- nivelir bilan hosil qilinadigan gorizontal vizirlash nuri yordamida bajariladi.
- Trigonometrik nivelirlash geodezik asbob –teodolit taxeometr yordamida hosil qilinadigan qiya nur asosida bajariladi. Bu nivelirlash ikki nuqta orasidagi chiziqning og’ish burchagi va masofasini o’lchash bilan amalga oshiradi.
Fizik nivelirlash gidrostatik, barometrik va aero radio nivelirlashlarga bo’linadi: - Fizik nivelirlash gidrostatik, barometrik va aero radio nivelirlashlarga bo’linadi:
- Gidrostatik nivelirlash o’zaro ulangan shisha naychalarning suyuqlik erkin satxining xar doim bir xil balandlikni egallash xusisiyatidan foydalanib, nuqtalrga o’rnatilgan shisha naychalar bo’yicha o’lchanadi.
- Barometrik nivelirlashda nuqtalarga o’rnatilgan barometrlar ko’rsatkichi bo’yicha ularga atmosfera bosimi qiymatlari o’lchanib, bosim farqi orqali nisbiy balandlik xisoblanadi.
- Aeronivelirlash ishlari radio balandlikni o’lchash va stataskop bilan uchib ketayotgan samolyotning yer sirtidan balandliginianiqlash orqali bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |