Gidroterapiya


Download 20.25 Kb.
bet2/2
Sana16.03.2023
Hajmi20.25 Kb.
#1278528
1   2
Bog'liq
Gidroterapiya

uchun ko'rsatmalar

Gidroterapiya nafaqat turli patologiyalarni davolash va oldini olish uchun, balki tanani qattiqlashtirish, terining qattiqlashishi, dam olish va dam olish uchun ham qo'llaniladi. Quyida gidroterapiya ko'rsatiladigan kasalliklar ro'yxati keltirilgan: Gipertenziya. Oshqozon-ichak trakti kasalliklari. Ortiqcha vazn. Ekstremitalarning shishishi. Stress, nevroz va uyqu buzilishi. Menstrüel buzilishlar. Dermatologik patologiyalar (masalan, selülit, terining qarishi va boshqalar). Tayanch-harakat tizimi kasalliklari. Yurak ishemiyasi. Osteoxondroz. Buyraklar va jigar patologiyasi. Nafas olish tizimining kasalliklari (bronxit, pnevmoniya va boshqalar). Tez-tez bosh og'rig'i va migren. Libidoning pasayishi. Depressiya va boshqalar



Hidroterapiyaga qarshi ko'rsatmalar Hidroterapiyaning
ko'plab foydali xususiyatlariga qaramasdan , u hamma uchun mos emas. Shunday qilib, gidroterapiya quyidagi hollarda kontrendikedir: O'tkir bosqichdagi har qanday surunkali kasalliklar. Malign yoki benign neoplazmalarning mavjudligi. Miya qon aylanishining buzilishi. Ichki organlarning yallig'lanish jarayonlari. Angina. Homiladorlik davri (ayniqsa 1 va 3 trimestrlar). og'ir gipertenziya.

Muhim! Qandli diabet, anoreksiya, sil, yallig'lanishli teri kasalliklari va glaukomada gidroterapiya faqat shifokor ruxsati bilan qo'llanilishi mumkin.



Gidroterapiya turlari:



  • Dumaloq dush

  • Terapevtik vannalar

  • Gidromassaj

  • Suv ostida massaj yoki suv fitnes

  • Saunalar va vannalar


Gidroterapiya - turli xil haroratli suv bilan, o'tlar va aromatik moddalar qo'shilishi bilan kasalliklarni davolashning samarali va xavfsiz usuli. Biroq, protseduralarni boshlashdan oldin, kontrendikatsiyalar yo'qligiga ishonch hosil qilish uchun umumiy tekshiruvdan o'tish tavsiya etiladi. Umuman olganda, gidroterapiya deyarli har bir sog'lom odamga mos keladi, chunki bu nafaqat og'riqsiz davolash usuli, balki band bo'lgan ish kunlaridan keyin dam olish va yaxshi vaqt o'tkazish uchun imkoniyatdir.
Suv bilan davolash, gidroterapiya – davolash, gigiyena va profilaktika maqsadida suvdan foydalanish. Bu muolaja qadimdan maʼlum. 19-a. ga kelib ilmiy jihatdan asoslab berildi. Suv bilan davolash muolajalari dush, vannalar, yuvinish, badanni hoʻl sochiq bilan ishkalab ergash, boshdan suv quyish, hoʻl choyshabga oʻralib yotishdan iborat.
Suv bilan davolashda teridagn nerv oxirlari (retsetorlar)ga suvning harorat, mexanik va kimyoviy omillari taʼsir koʻrsatadi. Bu taʼsirotlar reflektor ravishda markaziy nerv tizimi orqali organizmning barcha aʼzo va tizimlrida javob reaksiyasini paydo qiladi. Xususan, kasal aʼzoda juda kuchli reaksiya paydo boʻladi. Garchi koʻpchilik suv muolajalarini uy sharoitida mustaqil ravishda oʻtkazish mumkin boʻlsa-da, biroq ularni faqat vrach tavsiya etishi lozim. U har bir bemor organizmining funksional imkoniyatlari va reaktivligiga mos keladigan muolajalarni tanlab beradi.
Suv bilan davolash muolajalarida suv haroratining qoʻzgʻatuvchi taʼsiri asosiy oʻrinni egallaydi. Muolaja uchun sovuq suv (20° gacha), salqin, yaʼni indifferent suv (20-33°), iliq (37-39°) va issiq suv (40-42°) ishlatilishi mumkin. H-rat omilining taʼsiri odam tanasi bilan suv oʻrtasida issiqlik energiyasi almashinuvi sodir boʻlishiga asoslangan. Suv bilan davolashning asosiy maqsadlaridan biri tabiiy omillardan foydalaniladigan boshqa davo usullaridagi kabi organizmni tetiklantirishdan iborat. Bunga muolajani toʻgʻri dozalash yoʻli bilan erishiladi.
Teriga sovuq va salqin suv bilan taʼsir qilinganda undagi mayda Tomirlar siqiladi, issiqlik yoʻqolishi kamayadi. Teri tomirlarining torayishi qon oqishiga qarshilikni kuchaytiradi, bu esa yurak qiskarishlarini tezlashtiradi va zoʻraytiradi, qon bosimi biroz oshadi. Sovuq suv nerv tizimiga qoʻzgʻatuvchi taʼsir koʻrsatadi. Bunda teri oqaradi va ushlab koʻrilganda sovuq tuyuladi (reaksiyaning birinchi fazasi).
Sovuq suv bilan taʼsir qilish davom ettirilaversa, terining toraygan tomirlari kengayadi, bunda Tomirlar devori mushaklari tonusi oshadi va qon oqimi tezlashadi. Bu organizmning issiqlik yoʻqotishiga va moddalar almashinuvining kuchayishiga olib keladi.
Teri qizaradi va ushlab koʻrganda ilik tuyuladi (reaksiyaning ikkinchi fazasi). Bemor ilib, juda rohatlanadi, yengil tortadi va tetik boʻladi. Sovuq va salqin suv taʼsirini mexanik taʼsirot – ishqalash, uqalash bilan qoʻshib olib borilsa, rohatbaxsh sezgi paydo boʻladi.
Indefferent, yaʼni tana x-ratiga yaqin haroratdagi suv tinchlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi, biroq muolajaning uzoq davom etishi odamni holdan toydiradi.
Ilik suv nerv tizimini tinchlantiradi va uyquning yaxshilanishiga yordam beradi.
Issiq suv taʼsirida dastlab teri tomirlari qisqa muddatga torayadi. Bunda yurak urishi tezlashadi, qon bosimi biroz oshadi, koʻp ter chiqadi. Keyin teri tomirlari juda kengayib ketadi, biroq tana ancha issiq suv ichida boʻlganidan issiqlik ajralmaydi. Bu muolajada yurak tomir tizimiga zoʻr kelishi sababli qon aylanishining buzilishi, stenkardiya, gipertoniya kasalligida, shuningdek, roʻyi rost aterosklerozda issiq suv muolajlari buyurilmaydi.
Suv bilan davolashda harorat taʼsirini, muolaja davoliligini, taʼsir etish maydonini oʻzgartirish yoʻli bilan organizmning qator aʼzo va tizimlrida turli reaksiyalarni paydo qilish mumkin.
Suv bilan davolash muolajalarida harorat omili bilan bir qatorda mexanik omil – suv bosimi (umumiy vanna qabul qilishda) va uning okimidan ham (dush, choʻmilishda) foydalaniladi. Buning taʼsirida maʼlum darajada terida va ichki aʼzolarda qon aylanishi oʻzgaradi; teri Bekalari bosiladi va yurakka qon oqib kelishi ancha ortadi va qorin boʻshligʻidan qon oqib ketishi kuchayadi.
Zarurat boʻlganda (davo maqsadiga qarab) mexanik qoʻzgʻatishni koʻshimcha tazyiq – uqalash, massaj yoki suvni tegishli bosim ostida yuborishga imkon beradigan maxsus moslamalar qoʻllash yoʻli bilan kuchaytirish mumkin.
Oddiy (chuchuk) suvning kimyoviy qoʻzgʻatuvchi taʼsiri juda kam, mineral suvlar, dengiz suvi , shuningdek, davo maqsadida terini taʼsirlash uchun moddalar (turli ekstratlar va boshqa(lar)) qoʻshilgan suv ancha kuchli taʼsir koʻrsatadi.
Suv bilan davolash organizmni chiniktirish, shuningdek, baʼzi kasalliklarni davolashda yaxshi naf beradi. Masalan, sovuq suv bilan oʻtkaziladigan muolajalar nerv va yurak-tomir tizimi faoliyatining baʼzi buzilishlarida, moddalar almashinuvini oshirish maqsadida (masalan, yogʻ bosishda) buyuriladi. Issiq suv bilan davolash turli surunkali yalligʻlanish kasalliklarida qoʻllanadi.

Gidroterapiyaning jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar yosh turiga va nazalogiyasiga qarab qo‘llanish usullari:





    1. Bir qo‘l bir oyoq nazalogiyasi:

Bunday turdagi nazalogiyali insonlarga issiq vannali gidroterapiya, basseyn usullari tavsiya etiladi. Yosh ahamiyatga ega emas – Bunday usul tanlanishiga sabab aynan yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqam xolda issiq vanna ulardagi ulardagi nerv tolalarining yumshashiga va kasallik bo‘yicha biroz sog‘lomlashtiruvchi jarayon sifatida qabul qilinadi



    1. Qo‘l nazalogiyasi:

Bunday turdagi insonlar uchun ham issiq va sovuq suvdagi gidroterapiya, basseyn usulidan foydalanish tavsiya etiladi. Buning sababi aynan manashu usul ulardagi moddalar almashinuvi va qon aylanish tizumini yaxshilaydi. Buning natijasida esa shikastlangan a’zo bilan bog‘liq kasalliklar soni mutlaqo kamayadi yoki yo‘qoladi.



    1. Oyoq nazalogiyasi

Gidroterapiyaning oyoq nazalogiyasiga ta’siri: Gidroerapiyaning oyoqqa nisbatan qo‘llanilishi:

Basseynda suzish;


Illiq va sovuq xaroratli gidroterayali vanna, basseyn qabul qilish, Shikastlangan oyoq faoliyatini me’yorlashtiradi


Gidroterapiya tavsiya etilmaydigan xolatlar

Kuchli shamollash va yiring oqish jarayonida nazalogiyaga oid kuchli og‘riq sezilganida va boshqa yondosh og‘ir kasal bo‘lganida qo‘llanilmaydi Gidroterapiya bu sog‘lomlashtirish jarayonidir. Tana a’zosi kult bo‘lgan shaxslar uchun Gidroterapiya aynan mana shunday jarayondir. Gidroterapiya ularning organizimida xech narsani qayta tiklamaydi biroq sport turidan kelib chiqib ularning organism faoliyatini yaxshilaydi.


Gidroterapiya asosan shifokor yoki murabbiy ko‘rsatmasiga asosan mashg’ulotdan oldin yoki mashg’ulotdan keyin yoki mashg‘ulot xolatidan tashqari qo’llaniladi.



Download 20.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling