Gidrotermal konlar


Download 57.79 Kb.
bet1/7
Sana24.04.2023
Hajmi57.79 Kb.
#1395576
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
GIDROTERMAL KONLAR











GIDROTERMAL KONLAR
«Gidrotermal» tushunchasi ikki grekcha so‘zdan (gidro – suv; termos – harakat; harorat) olingan bo‘lib, «issiq suv» ma’nosiga ega bo‘lganiga qaramay, geologiyada «issiq kimyoviy eritmalar» tushun- chasini beradi. Ma’lumki, postmagmatik suyuqliklar avvaliga magma- tik o‘choqlaridan ajralgan paytlarida gaz holatiga ega bo‘ladilar va ularning harorati tabiiy, baland bo‘ladi. So‘ngra ular nisbatan sovuq bo‘lgan tog‘ jinslaridagi buzilish zonalari va kovaklari orasida siljishi natijasida o‘z haroratlarini pasaytira boradilar. 400 °С chegarasidan o‘tayotganlarida, gaz holatlarini yo‘qotib eritma holatiga o‘tadilar va o‘z harakatlarini davom ettiradilar. Ana shunday suyuqliklar gidroter- mal eritmalar deb ataladi. Ular murakkab tarkibga ega bo‘lib, asosini tashkil etuvchi suvdan tashqari, ma’danli komponentlarga boy bo‘ladilar. Gidrotermal eritmalarga yuqori harorat va katta bosimdan tashqari, kimyoviy faollik xosdir. Bu eritmalar o‘z yo‘llarida turli tog‘ jinslari bilan kimyoviy reaksiyalarga kirishib, o‘z xususiyatlarini va tarkiblarini o‘zgartira boradilar. Bu hodisalar gidrotermal eritmalar- ning 400° dan 50 °С gacha bo‘lgan oralig‘ida yuz beradi. Ushbu erit- malar o‘tgan tog‘ jinslari orasida turli ma’dan to‘planishi va foydali qazilma konlari tashkil topishi mumkin.
Gidrotermal konlar tabiatda eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, juda katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Ulardan hozirgi vaqtda qora va maxsus (Fe, Mn, Co, Ni, W, Mo), rangli (Cu, Pb, Zn, Sn, As, Bi, Hg, Sb), asl (Au, Ag), radioaktiv (U) metallar, siyrak elementlar (selen, tellur va boshqalar) va nometall foydali qazilmalar – flyuorit, barit, optik kvars, magnezit, asbest kabilar qazib olinmoqda.
Gidrotermal konlarn beruvchi eritmalar turli chuqurliklardagi magma va undan kristallanayotgan magmatik konlar bilan bog‘liq bo‘lganlari uchun, gidrotermal konlar ikki guruhga bo‘linadi: 1 km

Download 57.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling