Gidrotermal konlar


Download 57.79 Kb.
bet3/7
Sana24.04.2023
Hajmi57.79 Kb.
#1395576
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
GIDROTERMAL KONLAR

tabiatda ko‘p uchramaydi.
O‘rta haroratli konlar (300–200 °С) yuqori haroratli konlarga nisbatan bir necha marta ko‘p uchraydi. Bu ularning faqat nordongina emas, balki har qanday (nordon, ishqoriy asosli, o‘ta asosli) tarkibdagi jinslar bilan ham inoqliklari bilan belgilanadi. Bu konlardan hozirda Au, Ag, Cu, Bl, Pb, Zn va boshqalar olinmoqda. Bulardagi asosiy minerallar sifatida oltin, kumush, elektrum, xalkopirit, bornit (Cu5FeS4), kuprit (Cu2O), sfalerit, galenit, nikelin (N1As), millerit (N1S), kobaltin (SoAsS), shmaltin [(Co, Nl)As3-x], gematit, siderit, pirit, arsenopirit, kassiterit, stanin (Cu2FeSnS4), molibdenit, uraninit kabilarni keltirish mumkin. Bundan tashqari qator nometall ma’dan minerallari ham shu sharoitda hosil bo‘ladi. Talk, magnezit (MgCO3), xrizotil-asbest, tog‘ billuri, kvars, flyuorit, barit, karbonatlar shular jumlasidandir.
Bu konlarning hosil bo‘lishi jarayonida yondosh jinslar ham turli gidrotermal o‘zgarishlarga uchraydi. O‘zgarishlar birlamchi jins tarki- bi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, masalan granit, granodiorit, ada- mellit, diorit kabi nordon va o‘rta jinslar berezitlanadi.
Berezitlanish deb birlamchi jinsdagi dala shpatlarining kvars va seritsitga aylanishi hamda biotit, shox aldamchisi kabi qoramtir mine- rallarning temir bilan bog‘lanib pirit hosil qilishi hisobiga ikkilamchi
berezit jinsiga aylanib qolishiga aytiladi. Qoramtir minerallari kam
bo‘lgan birlamchi jinslar (masalan, aplit, alyaskit, ikki slyudali granit kabilar) yoki ba’zi cho‘kma jinslar seritsitlashishi mumkin. Seritsit – muskovitning mayda mikroskopik turidir. Qora minerallarga boy o‘rta va asosli jinslar xloritlanadi. Bundagi xlorit birlamchi jinslar ichidagi temir hisobiga hosil bo‘ladi. Shuningdek, ko‘p konlarda birlamchi karbonat jinslar hisobiga karbonatlashish hodisasi ro‘y beradi. Birlam- chi kremnezemli jinslar ichida kvarslashish, O‘ta asosli jinslarda serpentinlashish (ulardagi magnezial silikatlar hisobiga) yoki listvenit-

Download 57.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling