Gidrotexnika inshootlari


Download 17.77 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi17.77 Kb.
#1581208
Bog'liq
Gidrotexnika inshootlari


Gidrotexnika inshootlari
Gidrotexnika inshootlari — suv resurslaridan foydalanish yoki suvning yemirish taʼsiriga qarshi kurash uchun quriladigan inshootlar. G. i. vazifasi boʻyicha 2 guruhga —umumiy ahamiyatga ega boʻlgan va maxsus inshootlarga boʻlinadi.Umumiy ahamiyatga ega boʻlgan G. i. tarkibigasuv damlagich, suv olgich, suv tashlama va suv rostlagich inshootlari kiradi. Suv damlagichlar (toʻgʻon, damba) inshootning oldi va orqasida suv bosimi yoki suv sathida farqlar hosil qiladi. Suv olgich (suv qabul qilgich) inshootlar suvni manba (daryo, koʻl, suv ombori va sh. k.)dan kanallarga oqizish uchun xizmat qiladi. Suv oʻtkazgich (vodovod) suvni tegishli joylar (kanal, nov, akveduk, dyuker, quvurlar, gidrotexnika tunellari)ga yoʻnaltirish maqsadida quriladi; tutashtiruvchi inshootlar (suv tushirgich, tezoqar, shovva, kanal rostlagichlari) G. i. turli qismlarining ravon birlashishini taʼminlaydi. Suv tashlama inshootlar suv omborlari, kanallar, bosimli havzalardan ortiqcha suvni chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Chiqarib (tashlab) yuboriladigan suv miqdorini rostlash uchun suv tashlama inshootlarga zulfinlar oʻrnatiladi. Rostlagich (yoʻnaltirgich) inshootlar suv oqimi tabiiy sharoitlarini oʻzgartirish va yaxshilashga, oʻzan va qirgʻoqlarni yuvilib ketishdan, oqiziqlarning toʻplanib qolishidan, muz taʼsiri va b.dan himoya qilishga moʻljallangan. Maxsus G. i. gidroenergetika (gidroelektr stansiya binolari, bosimli havzalar va sh. k.), suv transporti (kema kutargich shlyuzlar, pristanlar va b.) inshootlari, meliorativ (magistral va taqsimlovchi kanallar, suvni kerakli balandlikka koʻtarish uchun nasos stansiyasi, kollektor-drenaj tarmogi, tindirgich, suv taqsimlagichlar, suv oʻlchash qurilmalari va b.) inshootlar, suv taʼminoti hamda kanalizatsiya inshootlari va b. kiradi.
G.i. vazifasiga koʻra asosiy (toʻgʻonlar, bosimli devorlar, suv tashlama, rostlash inshootlari, tunnellar va b.) va yordamchi inshootlar (muzdan himoya inshootlari, ajratish devorlari va b.)ga boʻlinadi. G.i. kapitalligi boʻyicha 4 darajaga (4darajaga yordamchi inshootlar kiradi) boʻlinadi. Qabul qilingan kapitallik darajasiga muvofiq G. i.ning mustahkamlik darajasi, yaʼni chidamlilik va barqarorlilik darajasi aniqpanadi, hisobiy maksimal suv sarfi (l/s yoki m’/s), qurilish materiallariga talablar belgilanadi. G.i. boshqa muhandislik inshootlardan doimiy ravishda oqib yoki tinch turgan suv taʼsiri ostida boʻlishi bilan farqlanadi. Suv G.i.ga mexanik (statistik va dinamik yuk, suvning zilzila paytidagi bosimi, filtratsiya bosimi, muz bosimi, oqiziqlarning yemirish taʼsiri va b.), fizik va kimyoviy (materiallarning zanglashi, gruntdagi tuzlar erishi, katta tezlik va vakuum paydo boʻladigan kvitatsiya va b.), biologik (oʻt oʻsishi va b.) taʼsir oʻtkazadi. Shu sababli G.i. qurishda maxsus gidrotexnik beton, temir-beton va b. pishiq materiallar qoʻllaniladi. G.i.dan foydalanishda zamonaviy avtomatika va telemexanika vositalari qoʻllaniladi.
Gidrotexnika (gidro... va texnika) — texnikaning suv resurslari (daryo, koʻl, dengiz, okean, yer osti va atmosfera, suvlari)dan xalq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish va suv keltiradigan zararlarga qarshi kurashish hamda shu maqsadlar uchun ishlatiladigan gidrotexnika inshootlarini loyihalash va qurish masalalari bilan shugʻullanadigan sohasi. G. fan sifatida gidrologiya, gidrogeologiya, gidravlika, gidromexanika, tuproq mexanikasi, qurilish mexanikasi, muxandislik geologiyasi va b.ga tayanadi. G. suv oqimlarining gidrotexnika inshootlari va oʻzanlarga taʼsirini, suvning oʻpiruvchi, yemiruvchi taʼsirlaridan himoyalash usullarini oʻrganadi; daryolar oqimini rostlash usullarini ishlab chiqadi; gidrotexnika inshootlari va asoslarining chidamlilik nazariyasini ishlab chiqadi va b. G. sohasidagi nazariy izlanishlar gidrotexnika inshootlarini lab.larda modellarini yasab, sinovdan oʻtkazib, ularni hisoblash va qurish usullarini yaratishga imkon beradi. G. amaliyotda suv energiyasidan foydalanish (qarang Gidroenergetika), qishloq xoʻjaligi yerlarini melioratsiyalash, sanoat va b. obʼyektlarni suv bilan taʼminlash, aholi yashaydigan punktlar va korxonalarning hududlaridan ortiqcha, oqova va ifloslangan suvlarni chiqarib yuborish (qarang Kanalizatsiya), aholi yashaydigan punktlar, korxonalar, inshootlar va qishloq xoʻjaligi yerlarini toshqinlardan saklash bilan shugʻullanadi.
G. qadim zamonlarda paydo boʻlgan. Oʻzbekistonda ham qadimdan korizlar, sardobalar, toʻgʻonlar, qaynamalar, akveduklar, kanallar qurilgan, yerning shoʻri yuvilgan, Sirdaryo va Amudaryo vodiylarida gidrotexnika inshootlari barpo qilingan. Sirdaryoning togʻ va togʻ etagi qismlarida katta-kichik soy (Chortoqsoy, Kosonsoy, Isfaramsoy, Shohimardonsoy) va daryolar (Isfara, Chirchiq, Ohangaron)da koʻpgina kanallar qurilib, dehqonchilik qilishgan. Sirdaryo havzasidagi bir qancha soy (Shahrixonsoy, Margʻilonsoy, Andijonsoy) va kanal (Zax, Iskandar, Boʻzsuv, Salor, Xon va b.)lar, Surxondaryo, Qashqadaryo va Zarafshon vodiylarida, Janubiy Xorazm hamda Qoraqalpogʻistonda qurilgan bir qancha kanal va inshootlar bizgacha saqlanib kelgan.
Sharqning ulugʻ allomasi Axmad alFargʻoniy Nil daryosiga suv sathini oʻlchaydigan G. inshootini qurgan. Oʻrtaosiyolik Muhammad Latif oʻgʻli Hasan 18— 19-asrlarda Samarqandda Obirahmat arigʻini, Zarafshonda Mingdona arigʻini qazdirgan va 445 ga yerga suv chiqargan. Gʻuzordagi dasht yerlarga koriz qazdirib, 800 tanob yerni oʻzlashtirgan. Xorazm, Turkmaniston, Zarafshon vodiysi va b. joylarda muhandislik yechimi nihoyatda mukammal boʻlgan qadimiy toʻgʻonlar, kanallar va gidrotexnika inshootlari barpo etilgan.
Download 17.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling