Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi to'g'risidagi qonun Reja: Gidrotexnik inshootlar


-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi vakolatlari


Download 27.18 Kb.
bet3/7
Sana18.11.2023
Hajmi27.18 Kb.
#1786181
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi to\'g\'risidagi qonun

4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
davlat mulkida bo‘lgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini, shuningdek respublika va mintaqaviy energetika tizimiga kiruvchi korxonalar gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlaydi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazoratini tashkil etadi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni tashkil etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

5-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda qatnashadilar;
suv resurslaridan foydalanishda va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishda gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlaydilar;
gidrotexnika inshootlarini joylashtirish to‘g‘risida, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan hollarda ulardan foydalanishni cheklab qo‘yish haqida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladilar;
gidrotexnika inshootlarining avariyalari oqibatlarini tugatishda qatnashadilar;
gidrotexnika inshootlarining favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan avariyalari xavfi borligi to‘g‘risida aholini xabardor qiladilar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.


6-modda. Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazorati
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ hisoblanadi, u:
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi qoidalari va mezonlarini ishlab chiqadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda gidrotexnika inshootlari texnik holatining puxtaligini va ular ishining xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazadi;
gidrotexnika inshootlarini joylashtirish, gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish topshiriqlarini, ularni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishib olishda, gidrotexnika inshootlarining qurilishi sifatini nazorat qilishda, ularni foydalanishga qabul qilishda, shuningdek gidrotexnika inshootlaridan foydalanish qoidalarini kelishib olishda qatnashadi;
gidrotexnika inshootlarining holatini hamda ular holatining gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi deklaratsiyalariga muvofiqligini tekshirishni tashkil etadi;


Oldingi tahrirga qarang.
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi normalari va qoidalari qo‘pol ravishda buzilgan hollarda xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar jumlasiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish haqida takliflar kiritadi


(6-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
gidrotexnika inshootlari hududlaridan, daryolar o‘zanlari va to‘g‘onning ularga tutash bo‘lgan quyi hamda yuqori hududlaridan xo‘jalik faoliyati yoki boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishga (suvni muhofaza qilish zonalarida yer uchastkalari berish bundan mustasno) rozilik beradi;


Oldingi tahrirga qarang.
daryolarning o‘zanlarida va to‘g‘onning ularga tutash quyi va yuqori hududlarida suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishni amalga oshiruvchi yoxud xo‘jalik faoliyati yoki boshqa faoliyat yurituvchi tashkilotlarning faoliyatini, agar bunday faoliyat gidrotexnika inshootlarining xavfsizligiga yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, taqiqlaydi yoki cheklab qo‘yadi. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini taqiqlash va cheklash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash hollari mustasno;


(6-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
gidrotexnika inshootlarining muhofaza qilinishini tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
LexUZ sharhi


Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-apreldagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi) to‘g‘risida Nizom.
Maxsus vakolatli organning gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalari foydalanuvchi tashkilotlar ijro etishi uchun majburiydir.



Download 27.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling