Gidrotexnika inshootlarining mexanik jihozlari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar


Download 229 Kb.
bet2/3
Sana05.05.2023
Hajmi229 Kb.
#1428883
1   2   3
Bog'liq
Gidrotexnika inshootlarida sharnirli bog’lanishlar konstruksiyalar

Mexanik jihozlar tarkibiga quyidagilar kiradi: zatvorlar harakatlanuvchi konstruksiya bo‘lib, uning yordamida tirqishlar yopiladi va sarflar, sathlar orasidagi farq, inshoot byeflardagi hajm boshqariladi. Qo‘yilma qismlar – harakatlanmaydigan konstruksiya bo‘lib, u inshoot tanasiga o‘rnatiladi va quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Mexanik jihozlar tarkibiga quyidagilar kiradi: zatvorlar harakatlanuvchi konstruksiya bo‘lib, uning yordamida tirqishlar yopiladi va sarflar, sathlar orasidagi farq, inshoot byeflardagi hajm boshqariladi. Qo‘yilma qismlar – harakatlanmaydigan konstruksiya bo‘lib, u inshoot tanasiga o‘rnatiladi va quyidagi vazifalarni bajaradi:
  • 1) zatvorlar va panjaralar harakatini yo‘naltiradi yoki ularning holatini belgilaydi;
  • 2) zatvorning inshoot bilan tutashgan joyida suv o‘tkazmaslikni ta’minlaydi;
  • 3) tutashgan joylarni qizitish va qirralari hamda beton sirtlarni buzilishdan himoyalaydi.
  • Tayanch harkatlanuvchi qismlar – zatvorlardan tushadigan bosimni qo‘yilma qismlarga va ular orqali inshootga o‘tazuvchi va zatvor holatini belgilaydigan konstruksiya va ularga quyidagilar kiradi:
  • 1) suzgichlarni ushlovchi panjara va boshqa to‘siqlar;
  • 2) zatvorlar panjaralar va boshqalarni ko‘tarib-tushuruvchi mexanizmlar hamda ustidan ushlab turuvchi to‘sinlar;
  • 3) zatvorlar va panjaralarni harakat qildiruvchi qurilmalar va tizimlar;
  • 4) panjaralarni tozalaydigan suzgichlarni chiqarib tashlaydigan moslamalar, panjara tozalaydigan mashinalar.
  • Mexanik jihozlar ishlashini bir qator yordamchi doimiy va vaqtinchilik qurilmalar (qurilish ko‘priklari, estakadalar), kran osti to‘sinlari hamda kran yo‘llari, tayanch ustunlari, xizmat ko‘priklari, mexanik va gidravlik ko‘targichlar hamda ularning uzatmalari va boshqalar ta’minlaydi.

2. Zatvorlar tasnifi.

  • Ekspluatatsiya qilish vaqtidagi vazifasiga ko‘ra zatvorlar asosiy, avariya, avariya-ta’mirlash, qurilish turlariga bo‘linadi.
  • Asosiy zatvorlar suv sarfini o‘tkazish, byeflardagi suv sathini berilgan belgida ushlab turish, suvni proporsional bo‘lish, cho‘kindilardan himoyalash uchun mo‘ljallanadi. Bu zatvorlar ekspluatatsiya qilish davrida ishchi holatda bo‘lishi kerak va har qanday bosimda oqayotgan suvda ko‘tarib-tushirilishini ta’minlashi lozim. Avariya zatvorlari asosiy zatvorlar yoki gidromashinalar turbinalari, nasoslar avariya bo‘lganda suv o‘tkazish oralig‘idan suv o‘tishini to‘xtatish uchun mo‘ljallanadi. Ular inshootga har qanday bosim ta’sir etganda ham oqayotgan suvda oraliqni yopishi kerak. Ta’mirlash zatvorlari asosiy zatvor yoki inshoot elementini ta’mirlanish vaqtida suv o‘tkazish oralig‘ini vaqtinchalik yopish uchun o‘rnatiladi.
  • Avariya - ta’mirlash zatvorlari avariya va ta’mirlash zatvorlari belgilari hamda vazifalarini birlashtiradi. Zatvorlar vazifalarini birlashtirish hozirgi vaqtda ko‘p uchraydi, chunki u katta texnik-iqtisodiy foyda beradi. Qurilish zatvorlari suv o‘tkazish oraliqlarini inshoot qurilish davrida (qurulish sarflarini o‘tkazish davrida) yopish uchun xizmat qiladi. Ayrim hollarda zatvorlar xizmat vazifalari birlashtiriladi (umumlashtiriladi) va bunda avariya zatvorlarini avariya-ta’mirlash hamda asosiy zatvorlarni ta’mirlash-qurilish zatvorlar sifatida foydalaniladi.

Download 229 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling