Gidrotexnika inshootlarining


Download 153.11 Kb.
bet1/4
Sana06.11.2023
Hajmi153.11 Kb.
#1751789
  1   2   3   4
Bog'liq
9-15 (1)





AADT - bu gidrotexnika inshootlarining fazoviy holati to‘g‘risida avtomatlashtirilgan geodeziya asboblari va inshootlarga o‘rnatilgan geotexnik datchiklar orqali maʼlumot olish uchun mo‘ljallangan apparat-dasturiy kompleksdir. Geodezik o‘lchovlar AADT va ADTning ajralmas qismidir. Ular ADTda alohida avtomatlashtirilgan qurilmalar (elektron taxeometrlar, electron nivelirlar, GNSS priyomniklari) tomonidan ham, AADTning bir qismi sifatida ham amalga oshirilishi mumkin. Deformatsiyalarni aniqlash uchun olingan maʼlumotlarning (geodezik o‘lchovlar) ishonchliligi birinchi navbatda ularning aniqligi bilan taʼminlanadi. Geodezik asboblarda o‘lchash aniqligi o‘rtacha kvadratik xatolar qiymatlari bilan normallashtiriladi. Inshootlarni gorizontal siljishi va vertikal cho‘kishlarini (deformatsiyalarini) o‘rtacha kvadrat o‘lchash xatolari (O‘KO‘X) asosan inshootlar turiga va deformatsiyalarning chegara qiymatlariga bog‘liq. Inshootni ishlash davri uchun bashorat qilingan geometrik parametrning qiymatlari diapazoni bilan bog‘liq bo‘lgan mutlaq o‘lchash xatosi qabul qilingan o‘lchash texnikasi bilan belgilangan nisbiy xatolikning normallashtirilgan qiymatidan oshmasligi kerakligi [3] da ko‘rsatilgan. Biroq, mavjud prognoz modellari GTI ning texnik holatiga barcha omillarning taʼsirini to‘liq hisobga olmaydi [4].
Avtomatlashtirilgan geodeziya asboblaridan foydalanish tajribasini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, doimiy monitoring bilan kerakli o‘lchov aniqligiga erishish har doim ham mumkin emas. Bu, ayniqsa, optik-elektron qurilmalar uchun to‘g‘ri keladi. Maʼlumki, ularda o‘lchashning aniqligi noqulay ob-havo sharoitlariga bog‘liq [7]. Shuning uchun, o‘lchovlarni amalga oshirayotganda, gidrotexnika inshootidagi siljishlarni o‘lchashning haqiqiy aniqligini nazorat qilish imkonini beruvchi texnikani qo‘llash kerak.
Fan, texnika va ishlab chiqarishning rivojlanishi, vazifalarning murakkablik darajasining oshishi geodezik o‘lchovlarning bajarilishi, binolar va muhandislik inshootlarining barqarorligini taʼminlash, xavfsiz ishlashini taʼminlash uchun talablarning kuchayishi elektron taxeometrlar yordamida o‘lchovlarning aniqligi va avtomatlashtirish darajasini oshirish zaruriyatini keltirib chiqardi [2].
Quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan elektron taxeometrlar yuqori aniq hisoblanadi: gorizontal va vertikal burchaklarni o‘lchashning o‘rtacha kvadrat xatosi 0,5-1”; masofalarni o‘lchash uchun - 1 mm + (1 x 10-6D) mm, bu yerda D - o‘lchangan masofa. Bugungi kunda gorizontal va vertikal burchaklarni 0,5" aniqlikda, masofa o‘lchashlar 0,6 mm + (1 x 10-6 D) mm va taxeometrning maxsus rejimida bu parametrlar mos ravishda 0,2" - 0,3" va 0,10 mm + 0,07 mm ( 550 m masofada) o‘lchashga imkon beradigan modifikatsiyalari ishlab chiqarilmoqda.
Yuqori aniqlikdagi electron taxeometrlar turli xil modifikatsiyalarda ishlab
chiqariladi:

  1. Servo drayverlar bilan taʼminlangan matorli taxeometrlar;

  2. Nur qaytargichga avtomatik yo‘naltiruvchi;

  3. Nur qaytargichni avtomatik topuvchi va harakatlanuvchi prizmani kuzatish;

  4. O‘rnatilganda keng burchakli kamera yordamida vizir o‘qini, toppish, kuzatish va unga nuri yo‘naltirishi;

  5. Lazer nishon ko‘rsatkichi bilan jihozlangan.

1-4 bandlarda ko‘rsatilgan elektron taxeometrlar “robotlashtirilgan” deb ham ataladi. Yuqori aniqlikdagi elektron taxeometrlarning bunday modifikatsiyalari bugungi kunda o‘lchovlar va o‘lchov maʼlumotlarini qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish uchun har xil turdagi binolar va muhandislik inshootlarining deformatsiyalarini kuzatish bo‘yicha ishlarni bajarishda keng qo‘llaniladi [4].
Hozrgi kunda Gidrotexnik inshootlarning deformatsiyasini geodezik kuzatishda qo‘llanilayotgan elektron taxeometrlardan biri bo‘lgan Leica TS09 Plus (1.rasm) ning texnik ko‘rsatkichlari quyidagicha:

Qabullar usulida burchak o‘lchashning o‘rta kvadratik xatosi, sek

1

Masofa o‘lchas: nur qaytargich orqali

h -3500m

Standart rejimida masofa o‘lchash aniqligi

1,0mm+1,5pp

Maʼlumotlarni saqlash

ichki xotirada




Download 153.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling