Gidrotransport jarayonida bosimli quvurlarning gidravlik hisobi va modifikatsiyalash usuli orqali energiya sarfini kamaytirish


-diagramma. Reynold sonining qarshilik koeffitsiyentiga ta’siri


Download 43.53 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi43.53 Kb.
#1056033
1   2   3   4
Bog'liq
To\'g\'rilangan GIDROTRANSPORT JARAYONIDA BOSIM OSTIDA ISHLOVCHI QUVURLARNING

1-diagramma. Reynold sonining qarshilik koeffitsiyentiga ta’siri
Tadqiqod natijasida aytish mumkinki bosimli quvurdan foydalanish muddati ortgan sari quvurning ichki gʻadir-budurlik koeffitsiyenti ortadi va bu Reynolds sonining ortishiga olib keladi.
Reynolds sonining ortishi orqali oqimning turbulent rejimda harakat qilishi, tezligining betartibligiga va qarshilik koeffitsiyentining ortishiga olib kelishi aniqlandi.
Quvur uzunligi boʻyicha bosim yoʻqotilishini ishqalanish koeffitsiyentiga nisbatan bogʻliqligini (4) formula orqali hisoblasak quyidagi diagramma hosil boʻladi.

2-diagramma. Ishqalanish koeffitsiyentining bosim yoʻqotilishiga ta’siri.
Tadqiqod natijasiga koʻra λ ning qiymati ortgan sari bosim yoʻqotilishi va energiya sarfi ortishi ma’lum boʻldi, gidroaralashma tarkibidagi qattiq dispers zarrachalarni modifikatsiyalash orqali bu qiymatni kamaytirish mumkin, modifikator sifatida gossipol smolasi tanlandi chunki bu organik modda kam yogʻli ishlab chiqarishning ikkilamchi xom ashyosi hisoblanadi. Gossipol smolasi tarkibida polifenollar, yog‘ kislotalari, uglevodorodlar, azot va fosfor oʻz ichiga olgan birikmalar, shuningdek, gossipolga aylantiruvchi mahsulotlar mavjud. Uning tashqi koʻrinishi yopishqoq-suyuqlik massasi, rangi - to‘q jigarrangdan qora ranggacha, KOH kislota soni - 50-100 mg, kul miqdori 1,0-1,2 og‘irlik %, namlik va uchuvchi moddalar 4 – 6% gacha, asetonda eruvchanligi 70–80 %, solishtirma ogʻirligi 0,98 – 0,99 g/sm, KOH sovunlanish soni 80–130 mg [2].
Dispers sistemali gidroaralashmaga gossipol smolasini bilan 0,01% nisbatda qoʻshish va modifikatsiya qilish orqali oqim tezligi oshishiga erishildi, tezlik oshishi Re sonining (10) ortishiga olib keldi, quvurda oqim harakati yuqori turbulent rejimda harakatlanganligi tufayli qattiq dispers sistemalarning quvur ichki devoridan uzoqlashish kuzatildi, natijada gidravlik qarshilik koeffitsiyenti - λ ning qiymati kamayishiga erishildi (3-diagramma).

3-diagramma. Modifikatsiyalashdan keyingi Re sonining λ ga ta’siri.
Dispers sistemali gidroaralashmalarni modifikatsiyalash orqali bosim va energiya sarfini kamaytirishda gidravlik ishqalanish koeffitsiyenti λ ning qiymatlari orqali samaradorlik hisoblab topiladi.
(11)
Bu yeda: - gidravlik ishqalanish koeffitsiyentlari, mos ravishda, dispers sistemali gidroaralasha va gossipol smolasi qo‘shimchalari qo‘shilgan holatda [4].
Xulosa. Tadqiqod obyektida rudalarning dispers sistemali gidroaralashmalarini gidrotransport qilishda bosimli temir-beton quvurlardan foydalaniladi. Bu quvurlardan foydalanish muddati oshgan sari samaradorlik kamayib borishi keltirilgan diagrammalar orqali koʻrsatib oʻtildi. Dispers sistemali gidroaralashmalarni quvurlar orqali gidrotransport qilishda ishqalanish kuchi ta’sirida ichki gʻadir-budurlik ortishini buning natijasida oqim yuqori turbulent rejimda harakatlanishi aniqlandi, natijada bosim va energiya yo‘qotilishini kamaytirish, ish unumdorligi va samaradorligini oshirish, foydalanish muddatini uzaytirish asosiy muammolar hisobalandi. Modifikatsiya jarayonida temperaturaning cheklangan oralig‘ida bosim va energiya yo‘qotilishi, qo‘shimcha faktorlar ya’ni modifikatorning tarqalish tezligi va uning konsentratsiyasi, quvurning turi va absolyut ichki g‘adir-budurlik koeffitsiyentlari ham hisobga olingan holda qarshilik koeffitsiyentini aniqlash (9) va modifikatsiyalashdan keyingi samaradorlikni topish formulasi (11) keltirib oʻtildi. Bundan tashqari modifikatorning ekologik ta’sirini o‘rganish ham talab etiladi. Modifikatsiya qilish gidrotransport jarayonining samaradorligi yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilish bilan asoslanadi.



Download 43.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling