Gidrotransport jarayonida bosimli quvurlarning gidravlik hisobi va modifikatsiyalash usuli orqali energiya sarfini kamaytirish
Download 43.53 Kb.
|
To\'g\'rilangan GIDROTRANSPORT JARAYONIDA BOSIM OSTIDA ISHLOVCHI QUVURLARNING
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit soʻzlar
GIDROTRANSPORT JARAYONIDA BOSIMLI QUVURLARNING GIDRAVLIK HISOBI VA MODIFIKATSIYALASH USULI ORQALI ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISH Annotatsiya. Gidrotransport jarayoni bu – turli fizik-mexanik hususiyatlarga ega ikki undan ortiq fazali oqimlarni tashkil qiluvchi qattiq zarrachali gidroaralashmalarni bir joydan ikkinchi joyga tashish tushuniladi. Gidrotransport jarayoni asosiy ikki bosimli va bosimsiz turga bo‘linadi. Hozirgi kunda bosimli gidrotransport jarayonini oʻrganish dolzarb masala hisoblanadi. Maqolada bosimli gidrotransport jarayoning qo‘llanilish sohalari, bosimli quvurlarning gidravik hisoblari, bosimga bardoshli quvurlarning tasnifi oʻrganilgan. Qattiq dispers sistema yirikligining oqim tezligiga ta’siri, Reynolds sonini qarshilik koeffitsiyentiga ta’siri natijasida qarshilikning oʻzgarishi, dispers sistemali gidroaralashmalar oqimida ishqalanish, qarshilik kuchlari ta’siri natijasida quvurda kuzatiladigan ichki korroziya jarayoni, energiya sarfi “Olmaliq KMK” AJ misolida tahlil qilingan. Bosim ostida ishlovchi quvurlardan foydalanishda bosimni modifikatsiya usuli orqali kamaytirish boʻyicha tavsiyalar berilgan. Modifikatsiyalash uchun tanlangan modifikator – gossipol smolasining hususiyatlari keltirilgan. Kalit soʻzlar: Bosimli quvur, Reynolds soni, modifikator, ishqalanish kuchi, dispers sistema, gossipol smolasi, modifikatsiya, turbulentlik, gidrotransport, bosim, qarshilik, gidroaralashma. Kirish. Hozirgi, energiyadan oqilona foydalanish talab etilayotgan, ishlash samaradorligi eng yuqori boʻlgan texnologiyalardan foydalanish zaruriyati dolzarb boʻlgan davrda bosimli gidrotransportning mohiyatini, quyidagicha ifodalash mumkin, ya’ni uzoq masofaga, yuqori tezlikda uzluksiz holatda yetkazib berish jarayoni hisoblanadi. Tog‘ – kon sanoatida ruda, koʻmir, mineral xom ashyolarni qazib olish, qayta ishlash korxonalariga yetkazib berishda bosimli gidrotransport tizimlaridan foydalanish muhim hisoblanadi. Uzoq masofaga ruda, ko‘mir, konsentratlar, suv-ko‘mir gidroaralashmalari va boshqa maydalangan materiallarni, gidrotransport qilishda bosimli quvurdan foydalanish natijasida gidroaralashma oqimining uzluksizligi ta’minlanadi, tashish jarayonida qayta yuklash muammosi bo‘lmasligi va bu transport relyef tanlamasligi bilan ajralib turadi. Quvurlar turlicha ya’ni vertikal, qiya va gorizantal holatda gidroaralashmani o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lib, to‘lib oqishi natijasida ichki ishqalanish kuchlari ta’sirida bo‘ladi. Oqim davomida paydo bo‘ladigan qarshiliklar turini o‘rganish, qarshiliklarni modifikatsiya usuli yordamida kamaytirish orqali quvurlarning foydalanish muddatini uzaytirish, energiya sarfini kamaytirish, oqim tezligini oshirish maqolaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Gidroaralashma oqimiga ta’sir ko‘rsatuvchi qarshilik kuchlari, Bosimli oqim parametrlari, bosimli quvurlar bo‘yicha bir qancha olimlar tadqiqod olib borishgan [1, 6-8]. Download 43.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling