Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakulteti
Download 0.55 Mb.
|
Durdona BMI TOZa
- Bu sahifa navigatsiya:
- «GOSSIPOL SMOLASI,TALK KAOLIN TIZIMI ASOSIDA GIDROIZOLYATSION BITUM LAR OLISHNING LABARATORIYA REGLAMENTINI YARATISH »
- O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI KIMYO VIY TEXNOLOGIYALAR
- RATORIYA REGLAMENTINI YARATISH»
- «Gossipol smolasi, talk, kaolin tizimida gidro-izolyatsion bitumlar olishning labaratoriya tajriba reglamentini yaratish»
- Bitruv malakaviy ishini bajarish jadvali
- Kafedra mudiri
- Mavzuning dolzarbligi
- Bitiruv malakaviy ishimning maqsadi Gossipol smolasi, talk, kaolin tizimi asosida gidroizolyatsion bitum olishning labaratoriya reglamentini
- Bitiruv malakaviy ish rahbari: Jumaniyazov M.J. 2019 yil « » iyun
- Gossipol smolasi, talk, kaolin tizimida gidroizolyatsion bitum olishning labaratoriya tajriba reglamentini yaratish
- Gossipol smolasi, talk, kaolin tizimida gidroizolyatsion bitumlar olishning laborotoriya tajriba reglamentini yaratish
- Bitiruv malakaviy ishni DAK tomonidan baholash mezonlari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI 5522400 – Kimyoviy texnologiyasi ( ishlab chiqarish turlari bo’yicha) bakalavr darajasini olish uchun BEKBERGANOVA DURDONA DAVRONBEK QIZINING «GOSSIPOL SMOLASI,TALK KAOLIN TIZIMI ASOSIDA GIDROIZOLYATSION BITUMLAR OLISHNING LABARATORIYA REGLAMENTINI YARATISH » Mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi Ilmiy rahbari: Jumaniyazov M.J. Urganch 2019 yil 1-ilova. Bitiruv malakaviy ishining titul varag’i O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR fakulteti «KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR» kafedrasi «GOSSIPOL SMOLASI,TALK,KAOLIN TIZIMI ASOSIDA GIDROIZOLYATSION BITUMLAR OLISHNING LABORATORIYA REGLAMENTINI YARATISH» Bajaruvchi: Bekberganova D.D Rahbar: Jumaniyazov M.J. Urganch 2019 yil 2-ilova URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR fakultet KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR (kafedra nomi) BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISH BO’YICHA TOPSHIRIQLAR REJASI: Talaba Bekberganova Durdona Davronbek qizi Universitet rektorining 2018 yil 19 noyabr 135 T-§ 6- sonli buyrug’i bilan bitiruv malakaviy ish bajarish uchun «Gossipol smolasi, talk, kaolin tizimida gidro-izolyatsion bitumlar olishning labaratoriya tajriba reglamentini yaratish» mavzusi tasdiqlangan. 2. Kafedra majlisining qaroriga binoan Jumaniyazov M.J bitiruv malakaviy ishini bajarishga rahbar qilib tayinlangan. 3.Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilmasi: kirish, tanlangan mavzu buyicha adabiyotlar sharxi, tadqiqot o’bekti va xom ashyo va tayyor maxsulotlarni analiz qilish usullari, tadqiqot qismi, iqtisod qism, xulosa va foydalangan adabiyotlardan iborat: 1.Курамбаев Ш.Р., Жуманиязов М.Ж., Жабберганов Ж.С. Чиқиндилардан қурилиш битуми олишнинг такомиллашган технологии // Табиий фанларнинг долзарб муаммолари И: Илмий мақолалар тўплами. - Хива, УзР ФА Хоразм Маъмун академияси, 2008.- Б.33-35
4. Bitiruv malakaviy ish uchun ma’lumotlar. Maxsus ilmiy adabiyotlar, metodik va amaliy qo’llanmalar, Internet ma’lumotlari, mavzuga oid darslik va o`quv qo`llanmalardan ilmiy ishlar, monografiyalardan foydalaniladi. 5. Bitiruv malakaviy ishga texnologik sxema,tannarx kaogulyatsiyasi, prezentatsiyasi ilova qilinadi.
Bitiruv malakaviy ish rahbari : Jumaniyazov M.J. Bajaruvchi talaba: Bekberganova D.D. 2018 yil «25» oktabr Topshiriqlar rejasi va jadvali kafedra majlisida noyabr 2018 yil tasdiqlandi (№ - 3 sonli bayonnoma) Kafedra mudiri: prof. Babayev Z.K. 3-ilova BITIRUV MALAKAVIY ISH BO’YICHA RAHBARINING MULOHAZALARI Talaba: Bekberganova Durdona Davronbek qizi Bitiruv malakaviy ish mavzusi: Gossipol smolasi, talk, kaolin tizimida gidroizolyatsion bitum olishning labaratoriya reglamentini yaratish mavzusi tasdiqlangan
Tushuntirish qismi: 75 sahifadan iborat Ilovalar soni: bitta texnologik sxema va 9 ta chizmadan iborat
Ushbu bitiruv malakaviy ish doirasida yechilishi lozim bo‘lgan masala- gossipol smolasi asosida jahon standartlariga to‘la mos keladigan, gidroizolyatsion bitumlari olishning mukammal texnologiyasini yaratish va keng amaliyotga tadbiq qilishdir. Gossipol smolasi yog‘-moy kombinatlarining ko‘p ming tonnalik chiqindisi bo‘lib, uni keng doirada ishlatish ishlari bugungacha ozmi ko’pmi hal qilingan. Bitiruv malakaviy ish doirasida gossipol smolasi tarkibining asosini tashkil etuvchilar- aromatik birikmalar va tarkibdagi fenol, gidroksil, karbonil, karboksil kabi guruhlarni modifikatsiyalab, standart tarkibli bitumlar olishning texnologiyasi nazariy, ilmiy va amaliy jihatdan to‘lik isbotlanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, noan-anaviy gidroizolyatsion bitum mahalliy xom-ashyolar va sanoat chiqindilari asosida olishning fizik kimyoviy va texnalogik asoslari yaratilishi bugungi kunning dolzarb masalasidir. Texnik yechim asosi qilib, gidroizolyatsion bitum materiallar tannarxini kamaytirishga qimmat baho neft bitumlari o’rniga yog’-moy kambinatlari chiqindisi bo’lgan gossipol smolasi ishlatib fizik mehanik ko’rsatkichlari yaxshilangan gidroizolyatsion bitumolishga qaratilgan. Bitiruv malakaviy ishimning maqsadi Gossipol smolasi, talk, kaolin tizimi asosida gidroizolyatsion bitum olishning labaratoriya reglamentini yaratishdan iborat, ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagilar vazifa qilib belgilanadi: kerakli ilmiy adabiyotlar, reaktivlar, uskunalarni yig’ish, Gossipol smolasini olib kelish, talk, kaolin, kaltsiy oksidi xom ashyolarni topish turli yog’-moy kambinatsiyalarining manbaalaridan olingan gossipol smolasini suvsizlantirish jarayonini o’rganish; obyekt va uslub tanlash; tadqiqot o’bekti va xom ashyo va tayyor maxsulotlarni analiz qilish usullarini belgilash; texnologik sxema tanlash va uning tavsifini keltirish; gidroizolyatsion bitum tayyorlashning laboratoriya tajriba reglamentini yaratish; Iqtisodiy samarodorlikni aniqlash xulosa yozishdan iborat. Tadqiqot natijasida gidroizolyatsion bitum olishga yaroqli bo’lgan bitumlarning optimal tarkiblarini olish, ushbu tarkibga dalomit, CaO, talk, kaolin, ta’sirini o’rganish va tegishli xulosalar qilishda yog’-moy kambinatlari ko’p tonnali chqindisi Gossipol smolasi asosidagi bitumlarni qo’llab yangi turdagi gidroizolyatsion bitumni fizik mehanik xossalarini aniqlash. Bitiruv malakaviy ish rahbari: Jumaniyazov M.J. 2019 yil « » iyun 4-ilova Urganch davlat universiteti Kimyo texnologiyalar fakulteti kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishi bo’yicha bitiruvchisi Bekberganova Durdona Davronbek qizi «Gossipol smolasi, talk, kaolin tizimida gidroizolyatsion bitum olishning labaratoriya tajriba reglamentini yaratish» mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga T A Q R I Z Malakaviy ishning hajmi 18 449 so’zdan iborat a) tushuntirish qismi varaqlar soni: 98 sahifadan iborat Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va berilgan topshiriqqa mosligi: Yer usti va yer ostida, xatto suv ostida barcha inshootlarini, qurilish konstruksiyalarni, fundamentlar va magistral quvurlarni tashqi agressiv ta’sirlariga qarshi kurash usullaridan eng samaralisi gidroizolyatsiya qilishdir. Talaba Bekberganova Durdona Davronbek qizi bitiruv malakaviy ishida Gossipol smolasi, talk, kaolin tizimida gidroizolyatsion bitum olishning laborotoriya tajriba reglamentini yaratgan. Butun dunyo formatida olib borilayotgan qurilish ishlari analiz qilinsa bu sohada bitumning o‘rni beqiyos. U tengsiz izolyatsion material bo‘lib, yer usti va yer ostida, xatto suv ostida barcha inshoatlarini, qurilish konstruksiyalarni, fundamentlar va magistral quvurlarni va gidroizolyatsiya qilishda, korroziya va erroziyadan himoya qilishda ishlatiladi. Shu bilan birga tom yopish materiallari va asfalt ishlab chiqarishning asosiy komponentidir. Hozirgi kunda ishlatilib kelinayotgan bitumlarning asosiy fizik-mexanik xossalari zamon talablariga javob bermay qolmoqda, bitumning muddatidan oldin chirishi kuzatilmoqda. Ushbu bitiruv malakaviy ish doirasida yechilishi lozim bo‘lgan masala- gossipol smolasi asosida jahon standartlariga to‘la mos keladigan, gidroizolyatsion bitumlari olishning mukammal texnologiyasini yaratish va keng amaliyotga tadbiq qilishdir. Gossipol smolasi yog‘-moy kombinatlarining ko‘p ming tonnalik chiqindisi bo‘lib, uni keng doirada ishlatish ishlari bugungacha hal qilinmagan. Loyiha doirasida gossipol smolasi tarkibining asosini tashkil etuvchilar- aromatik birikmalar va tarkibdagi fenol, gidroksil, karbonil, karboksil kabi guruhlarni modifikatsiyalab, standart tarkibli bitumlar olishning texnologiyasi nazariy, ilmiy va amaliy jihatdan to‘lik isbotlanadi. Keng masshtabli ishlab chiqarish chiqarish tashkil etishga zamin yaratiladi. Respublikamiz uy-joy qurilishi uchun zarur bo‘lgan gidroizolyatsion bitum asosan valyuta hisobiga chetdan keltirilishini hisobga olsak, mavzuning dolzarbligi yanada oshishidan dalolat beradi. Bitiruv malakaviy ishning «Kirish» qismida mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, ilmiy maqolalar va patentlarning tahlili keltirilgan. Malakaviy ishda ilmiy manbalardan tashqari fan-texnikaning innovatsiya yutuqlari natijalaridan foydalanilgan. ishda 28 ta ilmiy manbalar, shuningdek foydalanilgan internet manbalari ham keltirilgan. Bitiruv malakaviy ish hajmi 98 sahifadan iborat. Tushuntirish qismi: 75 sahifani tashkil etadi. Ishda texnologik sxemadan tashqari 9 ta chizma keltirilgan, shu bilan birga 4 ta grafiklar mavjud. Ilova qilingan materiallarning tarkibi va bajarilish sifati: ishning «Kirish»dan tortib, barcha keltirilgan ma’lumotlar bitiruv malakaviy ishlarga qo’yiladigan talablar asosida bajarilgan. Bekberganova Durdona Davronbek qizi bitiruv malakaviy ishida fan va texnikaning innovatsion yutuqlaridan, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan. Bitiruv malakaviy ishning ilmiy-uslubiy va texnik iqtisodiy jihatdan asoslanganligi talablar darajasida. Bitiruv malakaviy ishning ijobiy tomonlari. Berilgan tavsiyalarni ishlab chiqarishda va ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish imkoniyatlari: Bitiruv malakaviy ishda Gossipol smolasi, talk, kaolin tizimida gidroizolyatsion bitumlar olishning laboratoriya tajriba reglamenti yaratilgan bo’lib, ushbu reglamentni ishlab chiqarishda va ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish imkoniyatlari mavjud. Ijobiy tomonlaridan yana bittasi, birinchi bor maxalliy xom ashyolardan gidroizolyatsion bitum olish borasida ilmiy izlanishlar qilingan. Bitiruv malakaviy ishda texnologik jarayonlarning kompyuter dasturida tayyorlangan xarakatdagi dasturi ishlangan. Bitiruv malakaviy ishidagi kamchiliklar: Ishda ayrim orfografik va imloviy kamchiliklar mavjud. Bekberganova Durdona Davronbek qizining «Gossipol smolasi, talk, kaolin tizimida gidroizolyatsion bitumlar olishning laborotoriya tajriba reglamentini yaratish» mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi hajmi, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati jixatidan, bitiruv malakaviy ishlariga qo’yiladigan talablarga javob beradi va u muvaffaqiyatli himoyaga tavsiya qilaman.
«Xorazm Antikorr invest» bosh texnologi
2019 yil «_6_» __iyun 5-ilova Bitiruv malakaviy ishni DAK tomonidan baholash mezonlari
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling