8-Rasm. Kaolin miqdorining igna botish chuqurligiga ta’siri
Rasmda va jadvalda ko’rinib turganidek 4,0 %li kaolin qo’shganimda igna botish chuqurligi 22 mm, 5,0 % kaolin solganda igna botish chuqurligi 18 mm, 8,0% kaolin qo’shganimda igna botish chuqurligi 15 mm, 10 % kaolin qo’shganimda igna botish chuqurligi 12 mm, 11% kaolin qo’shganimda igna botish chuqurligi 10 mm, 15 % kaolin qo’shganimda igna botish chuqurligi 8 mm, 18 % kaolin qo’shganimda igna botish chuqurligi 8 mm.Meni tajriba natijalarim shuni ko’rsatdiki 15 % kaolin qo’shganimda optimal natijaga erishdik shuning uchun shu foizli kaolinni solishimiz maqsadga muvofiq deb hisobladik.
Texnologik sxema tanlash va uning tavsifi
Jaxon olimlarining ilmiy ishlari natijalari keltirilgan adabiyotlar tahlili ko‘rsatishicha gossipol smolasi asosidagi bitumlarni ishlatgan holda gidroizolyat-sion matneriallarning yangi avlodini yaratish va texnologik sxema tanlash masala-lariga jiddiy yondashilmgan.
Tadqiqodlarimiz natijalariga ko‘ra olingan ma’lumotlarga asoslanib, dunyo formatida birinchi bor gossipol smolasi, kalsiy oksida, talk, va kaolin tutgan bitumlar asosida raqobatbardosh, fizik-kimyoviy xossalari yaxshilangan Gidroizolyatsion bitum olishning prinsipial texnologik sxemasini quyida keltiramiz.
Texnalogik jarayonlar quyidagi bosqichlardan iborat:
Gossipol smolasini suvsizlantirish;
Gossipol smolasi va Ca asosida reaksion mahsulot;
Hosil bo‘lgan massaga talk qo‘shib, aralashtirish;
Bitumsimon mahsulotga kaolin qo‘shish jarayonini amalga oshirish;
Hosil bo‘lgan, gidroizolyatsion bitum olishga yaroqli bo‘lgan bitum materialini olish va massani sovitish.
- Olingan mahsulotni gidroizolyatsion bitum olish uskunasiga uzatish va yangi avlod gidroizolyatsion bitumni ishlab chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |