Gidrozarbiy mufta ikkitagina ishchi g‘ildirak-nasosli va turbinali g‘ildiraklar (parrakchalar) dan tashkil topgan bo‘lib, oxirgi g‘ildirak nasosli g‘ildirak bilan birikkan g‘ilof bilan o‘ralgan


Download 0.95 Mb.
bet2/2
Sana23.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1044951
1   2
Bog'liq
2-amaliy Gidrоmuftаlаr vа gidrоtrаsfоrmаtоrlаr

Gidrotransformatorlar. Gidromexanik transmissiya aylanma harakat momentini hosil qiluvchi gidrotranformatordan va mexanik uzatma qutisidan tashkil topgan bo‘ladi. Gidrotransformatorlar GT pog‘onasiz va mavjud vallarning yuklamasidan kelib chiqqan xolda dvigatel momentini avtomatik ravishda o‘zgartirish xususiyatiga ega. Bu erda dvigatel momenti transmissiya orqali avtomobilning yurituvchi g‘ildiraklariga uzatiladi. Bir vaqtning o‘zida vallarning aylanish chastotalari xam o‘zgartiriladi. Gidromexanik transmissiya dinamik yuklamalarni dempfirlashi hisobiga dvigatel va transmissiya o‘rtasidagi aloqa bikir bo‘lmaydi, bu holat avtomobil va dvigatel’ning ishonchliligini oshiradi

Gidrotransformatorda bir biriga yaqin joylashgan (1mm yaqinlikda) nasosli, turbinali, reaktorli parrakli g‘ildiraklardan iborat. G‘ildiraklarning ichidagi bo‘shliq suyuqlik bilan to‘ldirilgan. Nasosli g‘ildirak dvigatelinng harakatiga bog‘liq bo‘lmagan xolda harakatga keltiriladi. Turbinali g‘ildirak chiquvchi val bilan bog‘langan bo‘ladi, reaktor esa qo‘zg‘almas xolda o‘rnatiladi. Suyuqlik, nasosli g‘ildirak aylanayotgan vaqtda uning aylanishidan hosil bo‘lgan bo‘shliq bo‘ylab harakatlanadi. Markazga intilma kuch natijasida nasosli g‘ildiraklardan chiqqan suyuqlik katta tezliklarda turbinali g‘ildiraklarga uriladi. Suyuqlikning dinamik bosimi turbinali g‘ildirakni harakatga keltiradi.
Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling