Гигеядан мерос қоидалар
Download 41.5 Kb.
|
ГИГЕЯДАН МЕРОС ҚОИДАЛАР
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teri gigienasi
- Yuz gigienasi.
- Qo’l gigienasi.
- Soch gigienasi.
GIGEYADAN MEROS QOIDALARGigiena tibbiyotning bir bo’limi bo’lib, turmush sharoitlarining inson salomatligiga ta’sirini, kasalliklarning oldini olish va sog’likni mustahkamlash qoidalarini o’rganadi. Aslida «gigiena» so’zi yunonchadan olingan va «salomatlik» degan ma’noni bildiradi. Aytishlaricha, bu so’z mashhur yunon tabibi Asklepiyning qizi Gigeyaning ismidan kelib chiqqan ekan. Qadimgi Yunonistonda Gigiya salomatlik ma’budasi hisoblangan. Ozodalikka rioya qilish gigiena asoslaridan biri hisoblanadi. Ozodalikdan kishining kayfiyati ko’tariladi, qolaversa, uning salomatligiga tahdid soluvchi xavfli omillar bartaraf etilgan bo’ladi. Sog’ bo’lishni istagan odam birinchi navbatda o’z badanini ozoda tutishi lozim. Bu shaxsiy gigienaga kiradi. Teri gigienasi terini parvarish qilish, teri faoliyatini me’yorida saqlash va kasalliklardan muhofaza qilish uchun zarur. Badanimizni qoplab turgan teri organizmimizni tashqi zararli ta’sirlar – sovqotish, qizib ketish, namlik, mexanik va kimyoviy shikastlanishlardan himoya qiladi, modda almashinuvida faol ishtirok etadi. Odam terlaganda teri orqali ter bilan birga organizm uchun keraksiz va zararli moddalar chiqib ketadi. Terining yog’ bezlari orqali ajraladigan yog’ esa terini yumshatib, uni qurib qolish va shikastlanishdan saqlaydi. Quyosh yog’dusi ta’sirida teri sathida D vitamini sintezlanadi. Bu esa o’z navbatida kalьtsiy tuzlari almashinuvini yaxshilab, suyaklarning to’g’ri rivojlanishini ta’minlaydi. Terining kasallanishi butun organizmga ta’sir qilishini unutmaslik lozim. Shuningdek, asab, ichki bezlar, yurak-qon tomir va ovqat hazm qilish tizimlari faoliyatining buzilishi teri faoliyatiga ta’sir ko’rsatmay qolmaydi. Tashqi muhit, ya’ni iqlim sharoitlari, ovqatlanish ham terining ishiga katta ta’sir qiladi. Teri, ayniqsa, uning ochiq qismlari kun bo’yi ozmi-ko’pmi chang bilan qoplanadi. Bordi-yu, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilinmasa, changlar ter va yog’ bilan aralashib, ter va yog’ bezlarining kanalchalarini berkitib qo’yadi, natijada teri o’zining barcha muhim vazifalarini o’tay olmaydi. Odam doimo pokiza bo’lib, chiniqib yursa, terisi sog’lom bo’ladi. Tozalik teri gigienasining eng muhim shartidir. Terini ifloslanishdan saqlash uchun muntazam ravishda cho’milish kerak! Axir Sahroi Kabirda yashamayapmiz, suv yo’qligini bahona qilolmaysiz. Yuz gigienasi. Sog’lom teri bug’doy yoki pushti rangli, tabiiy ko’rinishda bo’ladi. U nozik, ajinsiz va mayin bo’ladi. Har bir odam yuz terisi ozoda, sog’lom, nozik, tiniq va ajinsiz bo’lishiga harakat qilishi kerak. Yuz terisi chiroyiga nuqsonlarni berkitib turuvchi va sun’iy husn beruvchi turli xil pardoz vositalaridan foydalanish bilan emas, balki yuz terisini muntazam ravishda gigienik parvarish qilish, shuningdek, ichki a’zolar va tashqi muhitning ta’sirlaridan asrash orqali erishish mumkin. To’g’ri ovqatlanish, me’da-ichaklarning holatini kuzatib borish, spirtli ichimliklar va har xil dorilarni bilib-bilmay iste’mol qilmaslik, sabzavot, mevalar va ko’katlarni ko’proq yeb turish kerak. Vaqtida ishlab, vaqtida dam olish ham yuz terisini sog’lomlashtirish va go’zalligini saqlashning asosiy shartlaridan hisoblanadi. Qo’l gigienasi. Bunda tirnoqlar ozodaligiga alohida e’tibor berish lozim. Tirnoqning asosiy vazifasi – barmoq uchini mexanik zararlanishdan saqlash. Tirnoqni tez-tez olib turish kerak. Tirnoq o’sib ketsa, iflos bo’lib, turli mikroblar saqlashidan tashqari, salga sinib, barmoq terisini shikastlantiradi. Soch gigienasi. Sochni erinmasdan har kuni tarash, haftada bir marta sovunlab yuvish kerak. Soch yuvilganda chang bilan birga mikroorganizmlar ham yuvilib ketadi. Bosh terisi juda quruqshab ketmasligi uchun haftada 1-2 marta yuvilsa, kifoya. Qadim zamonlardan beri Markaziy Osiyoda yashovchi mahalliy ayollar sochlarini qatiqda yuvishni odat qilganlar. Qatiq bilan yuvilgan sochning tabiiy rangi, mayinligi va o’sish tezligi o’zgarmaydi, lekin achigan qatiqni ishlatish hamda uni toza yuvmaslik natijasida sochdan noxush hid kelib turadi. Dimiqqan sochda parazitlarning rivojlanishiga imkon tug’iladi. Shu bois, bosh qatiqlab yuvilgach, shampun bilan iliq suvda hid qolmaguncha yuvish lozim. Oyoq terisini ham parvarish qilib turish shart. Tovon terisi ancha qalin va unda ter bezlari bo’ladi. Oyoq yaxshi parvarish qilinmasa, terlaydi, natijada yoqimsiz hid chiqadi va teri bichiladi. Barmoqlar orasi shilinmasligi va ozodalik uchun oyoqni yotishdan oldin sovunlab yoki iliq suvda yuvishga odatlanish kerak. Download 41.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling