Gigienik kompleks, ekologik, iqtisodiy, gigienik, ekskursiya, pedagogika
Download 18.86 Kb.
|
1 2
Bog'liq4 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1. Geografiyani o‘qitishda o‘quvchilarni ma’naviy, axloqiy, aqliy, vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy, jinsiy, gigienik, mehnat va baynalminal tarbiyalash masalalari.
4-MAVZU. BOSHLANG’ICH MAKTAB GEOGRAFIYA FANINING TA’LIMIY VA TARBIYAVIY VAZIFALARI Tayanch tushunchalar: Vatanparvaplik, insonparvarlik, gigienik kompleks, ekologik, iqtisodiy, gigienik, ekskursiya, pedagogika. Adabiyotlar. 1. D. Sharipova, D.P. Xodiyeva, M. K. Shirinov Tabiatshunoslik va uni o`qitish metodik asi Toshkent, “Barkamol fayz media” nashriyoti, 2018-yil. 2. M.Nuriddinova. Tabiatshunoslik o`qitish metodikasi” Toshkent, O`qituvchi 2005y 3. A.Baxronov, Tabiatshunoslik 3-sinf umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun darslik. T; Cho`lpon NMIU 2012 y. 4. A.Baxronov Tabiatshunoslik 4-sinf umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun darslik. T; Sharq NMIU 2011 y. 5. P. G`ulomov, Mirzaaxmatova Sh. Atrofimizdagi olam 2-sinf uchun darslik. T; Cho`lpon NMIU 2012 y. 6. A.G. Grigoryans, Atrofimizdagi olam 1-sinf uchun darslik. T; Cho`lpon NMIU 2012 y. 4.1. Geografiyani o‘qitishda o‘quvchilarni ma’naviy, axloqiy, aqliy, vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy, jinsiy, gigienik, mehnat va baynalminal tarbiyalash masalalari. Ta’lim bilan birgalikda har tomonlama tarbiyalash ham vujudga keladi. Har tomonlama tarbiyalashning vazifalariga: maktab o‘quvchilariga mehnat madaniyatini singdirish, odamlar mehnatiga hurmat uyg’otish, turli kasblar bilan tanishtirish va boshqalar kiradi. Geografiya bo‘yicha barcha mavzular kompleks tarbiya masalalarini aks ettiradi. Sanitar-gigienik tarbiya maktabda 1-sinfdan boshlanadi. “Bizning uy” mavzusini o‘rganishda o‘qituvchi bolalarni kun tartibi, shaxsiy gigiena qoidalari, ovqatlanish tartibi, uy va xona tozaligi haqida suhbat olib boradi. 2-sinfda bu bilimlar kengayib, chuqurlashadi. 3-sinfda o‘quvchilar tana qismlarini va sog’liqni saqlash bilan tanishadilar. 4-sinfda bolalar sog’liqni muhofaza qilish bilan “Odam va tabiat”, “Tabiatni turli xilligi” mavzular orqali tanishadilar. Geografiyani o‘qitish jarayonida dunyoni ilmiy tushunish asoslarini shakllantirish uchun tabiatga insonparvarlik, munosabatini, vatanparvarlikni va go‘zallikni tushunishini tarbiyalash kerak. O‘lka tabiati, daryolar, o‘rmon massivlari to‘g’risidagi matnlarni o‘rgata borib o‘qituvchi jumxo‘riyatning halq xo‘jaligi uchun ularning ahamiyatini ta’kidlab o‘tadi. Bu vatanparvarlik hissini tarbiyalaydi. Shuning bilan birgalikda geografiya darslari-mehnat tarbiyasi maktabi hamdir. Odam mehnati-uning jismoniy va ma’naviy sihatligining manbai ekanligiga ishontirib, o‘qituvchi mehnatiga muhabbatni, astoydil mehnat qilishi istagini, mehnat ahliga hurmatini tarbiyalaydi. Bu 1-sinfda "Maktab xodimlari mehnatiga hurmat", "Maktab oldi maydonchasidagi ishlarda qatnashish", "Ishlab chiqarishda band odamlarning kasblari". 2-sinfda "Kun tartibidagi mehnatning turlari", "Maktab mulkiga ehtiyotlik munosabati", "Xona o‘simliklarini parvarish qilish", "Qurilishda ishlovchi odamlarning kasblari", "Mavsumlar bo‘yicha maktab oldi maydonchasidagi ishlar". 3-sinfda "Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish bo‘yicha odamlar mehnati", "Mehnat va dam olish "tartibi" "Dalada, bog’da, polizda odamlar mehnati", "Maktab oldi maydonchasida odamlar mehnati", "Foydali qazilmalarni olish". 4-sinfda "Cho‘llarda, dashtlarda, o‘rmonda, tog’larda, odamlar mehnati", "Yer osti boyliklari suv, havo, o‘simliklar, hayvonlar muhofazasi bo‘yicha odamlar mehnati" mavzularidir. Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarning kompleks tarbiyasida katta o‘rin egallaydi. Geografiyani o‘qitish o‘qituvchiga o‘quvchilar tafakkurini, ijodiy va bilish faolligini rivojlantirish uchun boy material beradi. Geografiya bo‘yicha mashg’ulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar ochiq havodagi o‘yinlar, o‘lkashunoslik ekskursiyalar bilan chambarchas bog’lamoq zarur. Bu o‘quvchilarning yaxshi bilim olishgagina emas, shaxsni shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Boshlang’ich sinfda geografiyani o‘qitishning maqsadi botanika, zoologiya, ekologiya, anatomiya, fiziologiya, gigiena, fanlarining elementar asoslarini berishdir. Geografiyani o‘rgana boshlashdanoq o‘quvchilarda o‘simlik va hayvonot dunyosi to‘g’risida moddiy tushunchalarni shakillantirib borish, amaliy ishlarni bajarish, tajribalar, kuzatishlar, ekskursiyalar o‘tkazish jarayonida olingan tushunchalar ilmiy nuqtai nazaridan tasdiqini berish kerak. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun eng aniq, k0`zga tashlanadigan aloqalargina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun 1-2 sinf o‘quvchilari tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlarni kuzatib, kuzdagi va qishdagi hodisalar sovish, bahordagilar esa ilish bilan bog’liqligini payqaydilar. 3-4 sinflarda kuzatishlar natijasida endi tabiatning ayrim elementlari o‘rtasida oddiy bog’lanishlar borligini aniqlaydilar. Nima uchun havo haroratining o‘zgarishini, nima uchun kun bilan tun almashishini bilib oladilar. Tabiatni muhofaza qilish va uning boyliklaridan tejab-tergab foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu masalani muhokama qilishda iqtisodiy va ilmiy-texnik omillar bilan birga uning axloqiy tarbiyaviy tomonlari ham muhim ahamiyatga egadir. Etti yoshli o‘quvchilarni jonajon o‘lka tabiati namunasida axloqiy tarbiyalashda Atrof tabiat bilan tanishtirishning imkoniyatlari juda kattadir. Dars mashg’ulotlari orqali bolalarni axloqiy tarbiyalashda quydagilar asosiy vazifa qilib qo‘yiladi: 1. Jonajon o‘lka tabiati bilan tanishtirish orqali o‘quvchilarda unga nisbatan muhabbat va faxrlanish hissini uyg’otish. 2. Tabiat boyliklarini saqlash, ko‘paytirishga o‘rgatish asosida ijtimoiy mulkni tejab asrash malakasini hosil qilish. 3. Tabiatga nisbatan mehr-muhabbat uyg’otib, ijobiy munosabatlarda bo‘lishga odatlantirish, shu yo‘l bilan o‘quvchilarda insoniylik, o‘zaro hurmat hissini o‘stirish. Jonajon o‘lka tabiatini 2-mashg’ulot "Maktab yer maydonchasiga ekskursiya"dan boshlash. Mashg’ulotda o‘quvchilarni maktab oldi maydonchasi va unda o‘sayotgan o‘simliklar bilan tanishtirish, tabiatga nisbatan muhabbatni tarbiyalash, uni avaylab asrashga o‘rgatish asosiy maqsad qilib qo‘yiladi. Amaliy ishlarni maktab yer maydonchasida olib boriladi. Dastlab o‘quvchilarni maktab yer maydonchasi, undagi o‘simliklar, poliz ekinlari, tashqi ko‘rinishlari bilan tanishtiradi. Mevali va manzarali daraxtlar, rang-barang ochilib turgan gullar, etilib pishgan poliz ekinlari kishilar mehnatining natijasi ekanligi bolalarga tushuntiriladi. 2. Paxtachilik bilan tanishtirish orqali bolalarga o‘z respublikasiga, uning mehnatkash xalqiga nisbatan hurmat hissi tarbiyalanadi. SHu maqsadda mashg’ulot davomida o‘quvchilar yer maydonchasidagi paxtazorlarga olib borilib, ular bilan suhbat o‘tkaziladi. O‘quvchi yoshlarga ekologik bilimlar berish davr talabidir. Ekologik bilimlar yuzasida bolalarga puxta bilim, o‘quv va malakalar hosil qilishlari va o‘quvchildarda mustaqillik ko‘nikmalari o‘stirishga yordam beradi. Ekologik bilim va tarbiyaning asosiy yo‘nalishlari qo‘yidagi natijalarni beradi: birinchidan o‘quvchilarga zamonaviy ekologik tafakkur shakllanadi; ikkinchidan, bolalarda mamlakatning haqiyqiy egallik qilish hissini tarbiyalab, yuksak ekologik madaniyatni tarkib toptiradi; uchinchidan, yoshlarda psixologik, axloqiy sifatlarni o‘stirib, ularni intizomlilikka va tejamkorlikka o‘rgatadi. Shu o‘rinda o‘quvchilar bilan go‘zal tabiat haqida suhbatlar tashkil etish, uni asrash yuzasidan olib boriladigan ulkan nashrlar xususida fikr yuritish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarga yashil tabiat quchog’idagi borliqni sistemali ravishda o‘rgatib borish jarayonida ekologik bilim va tarbiyaning o‘ziga xos tomonlari singdiriladi; insonning mehnat faoliyati bilan tabiat o‘rtasidagi aloqalar tushuntirilib, tasavvur hosil qilinadi. Boshlang’ich ekologik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish orqali o‘quvchilarning bilish qobiliyatlari o‘stirilib ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmasi rivojlantiriladi. SHu kabi o‘qish ko‘nikma va malakani singdirish uchun o‘qituvchi o‘qitishning turli metod hamda metodik usullaridan foydalanadi. Pedagogika ta’lim va tarbiyaga tarbiyalovchi deb uning ikki tomonini ko‘rsatib beradi. Ta’limning tarbiyalovchilik xarakteri uning mazmuni bilan belgilanadi. Boshlang’ich maktabda geografiya fanining ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari o‘qitish jarayonida birgalikda echiladi. Geografiya o‘zining mazmuni va metodlari bilan o‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalash uchun cheksiz imkoniyatlarga ega. Uning asosiy maqsadi bilimlar yigindisini faqat esda qoldirish bo‘lib qolmasdan, ularni ishonchga aylantirish. Ishonch insonlarga, atrof olamga bo‘lgan munosabatda, odatlarda, ish tutishda, xulk-atvorda namoyon bo‘ladi. Bunda birinchi geografiyaning turmush bilan aloqasi ko‘rsatiladi. O‘quvchilarni hayotining bir me’yerda borishini xalq-xo‘jalik rejalari, davlat qarorlari tushunarli shaklda tanishtirib boriladi. Geografiya bo‘yicha mashg’ulotlarda o‘qituvchi o‘quvchilarni atrof olam bilan tanishtiradi, tabiatdagi jarayonlarning moddiyligini ochib beradi, inson tabiat to‘g’risidagi bilimlar bilan qurollanib, undan qanday foydalanayotganlarini ko‘rsatadi. Hikoya qilib ahamiyati to‘g’risida xulosa chiqarib, tabiatni muhofaza qilish tadbirlari ustida to‘xtab, mamlakatimizdagi tabiat boyliklariga alohida munosabatda bo‘lishni aytadi va tabiat muhofazasi davlat darajasidagi vazifa tushuntiradi. Download 18.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling