Gilamchilik sanoati


Download 119.03 Kb.
bet1/7
Sana18.02.2023
Hajmi119.03 Kb.
#1210274
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
gilamchilik (1)


GILAMCHILIK SANOATI — tabiiy (hayvon juni, oʻsimlik tolasi) va sunʼiy toladan turli xildagi gilamlar ishlab chiqaruvchi sanoat tarmogʻi. Gilamchilik badiiy hunarmandlik sohasi sifatida turli davlatlarda oʻziga xos shaklda rivojlanib kelgan (q. Gilamchilik). Sanoat tarmogʻi sifatida 20-a. da shakllandi. Bu davrga kelib gilam toʻqiydigan maxsus artellar paydo boʻldi, uni qoʻlda toʻqishdan asta-sekin mashinada toʻqishga oʻtila bordi. Oʻzbekistonda 1978-y. da Xiva gilam toʻqish k-ti tashkil etilishi bilan Gilamchilik sanoati mahalliy sanoatning muhim tarmogʻiga aylandi. Keyinchalik gilam toʻqiydigan korxonalar sonining ortib borishi natijasida Gilamchilik sanoati alohida sanoat tarmogʻi sifatida ajralib chiqdi. Gilam toʻqish ayniqsa mahalliy sanoatdagi eng rivojlangan tarmoqdardan biri hisoblanadi. Buxoro, Shahrisabz, Urgut, Nurota, Bulungʻur va b. shaharlardagi korxonalarda qoʻlda toʻqilgan gilam va paloslarda mahalliy uslub va badiiy usullar saqlanib kelmoqda. Oʻzbekiston mustaqillikni qoʻlga kiritgach, xalqaro aloqalarning mustahkamlanib borishi b-n G. s. korxonalariga chet mamlakatlar (Angliya, Polsha, Turkiya, Germaniya va b.) yirik firmalarining zamonaviy texnologiyalari va asbob-uskunalari keltirib oʻrnatildi, shuningdek, qoʻshma korxonalar tashkil etildi (mas, «Xiva gilami» aksiyadorlik jamiyati). Bu korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksportga chiqarilmoqda.
Gilam —badiiy toʻqimachilik buyumi; uy jihozi. Gilamchilik mahsuloti. Polga toʻshash, devorga osish, xonani bezash, isitish, tovushni pasaytirishga xizmat qiladi. Qoʻlda gorizontal yoki vertikal dastgoxlarda jun, ipak, kanop, paxta va b. iplardan toʻqiladi. Toʻqilishiga koʻra G.ning patli va patsiz (palos), bezagiga koʻra naqshli va mavzuli turlari farqlanadi. Naqshli G. mujassamoti handasiy yoki oʻsimliksimon bezaklar, turli xil belgi-ramzlardan iborat, ayniqsa, islimiy mujassamotlar nihoyatda goʻzal; mavzuli mujassamotlarda ov manzaralari, gullagan bogʻlar aks etadi. Yaratilishiga koʻra, toʻqima (guli toʻqiladigan), tikma (guli tikiladigan), bosma (guli boʻyab bosiladigan) turlari bor. Naqsh mujassamoti (handasiy, islimiy, girih va b.) va unda markaziy maydon bilan hoshiyasi orasidagi nisbat, sifati (patli yoki patsizligi, patining uzun-qisqaligi), boʻyogʻi, ranglar uygʻunligi, xom ashyosi, hajmi G.ning badiiy qimmatini belgilaydi.
Qoʻlda va korxonalarda mashinada toʻqiladigan Markaziy Osiyo, Moldova, Rossiya, Ruminiya va b. G.lari keng tarqalgan (qarang Gilamchilik sanoati). Ijro usuli, sifati va mujassamotining murakkabligi bilan qoʻlda toʻqilgan G.lar betakrordir.

Download 119.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling