Gilamchilik sanoati
Download 119.03 Kb.
|
gilamchilik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- GILAM TO’QISH SAN’ATI, TARIXI VA USLUBLARI
Gilam to'qish san'atiGilam toʼqish sanʼati ham xalq amaliy bezak sanʼatining keng tarqalgan turlari hisoblanib, u koʼp asrlik milliy anʼana va uzoq tarixga ega. Uning tarixiy ahamiyatini dunyo xalqlari muzeylarida saqlanuvchi gilamdoʼzlik yodgorliklari, turli kollektsiyalar, badiiy fondlar, shuningdek tarixiy qoʼlyozmalar ham tasdiqlab turadi. Barcha xalqlarda gilamdoʼzlik sanʼati qadim zamonlardan beri rivoj topganligini arxeologik topilmalar ham tasdiqlab turadi. Gilamdoʼzlik yurtimizda qadimdan rivojlanib kelgan hunarlardan hisoblanadi. Jahonning turli mamlakatlaridagi qadimiy shaxristonlar, arxeologik yodgorliklardan zaminimizda yaratilgan gilamlarning namunalari topilgani, koʼplab davlatlarning yetakchi muzeylarida oʼzbek gilamdoʼzligining noyob namunalari saqlanayotgani milliy hunarmandchilikning ushbu turiga dunyo miqiyosida eʼtibor va qiziqish katta ekanidan dalolatdir. Gilamlar naqsh bezaklari, toʼqilish uslubi, boʼyalish texnikasi va sifat darajasiga qarab bir-biridan farqlanib turadi. Gilamlarning toʼqima, tikma va bosma xillari mavjud. Gilamlar kalta patli 3-7 mm va uzun patli 8-17 mm qilib toʼqiladi. Gilamlar toʼqilgan joyi yoki toʼqilgan korxonaning nomi bilan yuritiladi. Turkman gilamlari yovmut, tekin, beshir gilamlar deb yuritiladi. Eron gilamlari oʼziga xos boʼlib, gul, oʼsimlik, qush, hayvon tasvirlangan doirasimon shakllarda ishlanadi. Xitoy gilamlari dunyoga mashhur boʼlib, patlarining naqshi har-xil meʼѐrda qirqilib, relʼf hosil qilingan, tasvir zamini esa qisqaroq patli qilib ishlanadi. Oq enli va qizgilam Oq jundan to‘qilib, usti kashtalangan bo‘laklarning o‘zaro almashinib kelishi natijasida hosil bo‘ladigan bezakdor oq enli (oqen, oqli) va sakkiz qirrali medalon shaklidagi “qalqonnusxa” naqshlar bilan bezatilgan oygilam (xongilam, qizgilam)deb yuritiladigan gilamlar qo‘ng‘irot gilamchiligida alohida o‘rin tutadi. Oq enli gilami bezak kompozisiyasi o‘zida o‘zbek urug‘lariga xos an’analarni aks ettirsa, oygilam tipidagi gilamlar bezagida turkiy xalqlar – o‘g‘uz va Dashtiqipchoq qabilalari gilamchilik san’atining o‘zaro uyg‘unligi va ta’sirini kuzatish mumkin.To‘qish texnikasidan kelib chiqqan holda, bo‘rtma kashtaga o‘xshash bezakdan foydalaniladigan besh kashtadan farqli oq enli gilamlarida qo‘l kashtasi qo‘llanadi. To‘qima naqsh usulidagi bu farq naqshlar talqinida ham yaqqol ko‘rinadi. To‘qilgan (beshkashta) variantlarida u aniq geometrik shaklda bo‘ladi va unda o‘tkir burchakli unsurlar asosiy o‘rin tutadi. Kashta tikish usulida esa (oqenli) ravon, bezak burchaklari silliqlashtiriladi. Oq enli bezak tizimida zoomorf va solyar (osmon jismlari) motivlari ustunlik qiladi. XX asr ikkinchi yarmidan keyin oqenli bezaklari bir qolipga tushib qolgani tufayli o‘zining qadimiy qatlamlarini yo‘qota boshlagan. Natijada, oqenli bezaklarida to‘qima va tikilgan kashta naqshlari yiriklashgan. XX asr oxiri – XXI asr boshiga kelib, avvalgi ranglar uyg‘unligi va bezaklar talqinidagi nafislik o‘rnini primitiv, oddiynaqshlar egallaydi. Bu, ayniqsa, Surxondaryoning Boysun tumani qo‘ng‘irot gilamchilari yaratgan oqenli gilamlaridagi o‘simliksimon bezaklarda yaqqol bilinadi.Aralash texnika(to‘qimachilik va kashtado‘zlik) da tayyorlangan qo‘ng‘irot gilamlarining kam o‘rganilgan turlaridan biri oygilamning ko‘pgina nusxalari Afg‘oniston shimoli va Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida mavjudligi aniqlangan. Surxondaryo viloyati, xususan, Boysun tumanida esa hozircha ushbu turdagi gilamlar bor ekanligi qayd etilmagan. Biroq ayrim keksa qo‘ng‘irot ayollarining ta’kidlashicha, ilgari ularda ham xuddi shunday gilam turi to‘qilgan. Yaratilish joyi, naqshlari tuzilishi, tayyorlash texnologiyasi va vazifasiga ko‘ra medalon ko‘rinishidagi kompozisiyali gilamlar turlicha atalgan. Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani qo‘ng‘irot gilamchilari ushbu gilamni oygilam deyishadi. Xorij to‘plamlari va galereyalarida saqlanayotgan qo‘ng‘irot yoki laqaylarga tegishli oygilam namunalari ko‘pincha “o‘zbek gilami” yoki umumlashtirib “o‘zbek tekstili” deb qayd qilinadi. Oygilam tipidagi gilamlar haqidagi ma’lumotlarda “qizgilam” atamasi ham qo‘llangan. Bu mazkur buyumning kelin sarposi sifatida ishlatilishi va an’anaviy marosimlarda ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.Oygilam yuzasi asosiy bezak kompozisiyasini turkiy xalqlar gilamchiligidagi universal motiv – sakkiz qirrali nishon shaklidagi diagonal oynusxa bezagi tashkil etadi. Ushbu bezakning paydo bo‘lishi turkman gilamchiligida o‘z aksini topgan o‘g‘uz qabilasi gilamchiligi an’analari bilan aloqador. Turkmanlarning ushbu motivi gyol (ko‘l yoki gul), turunj (to‘pbarggul yoki sitrus meva) yoki qalqon nusxadeb yuritiladi. Oygilamlarda Markaziy Osiyodagi turkiy xalqlar gilamchiligining ikki asosiy oqimi yoki yo‘nalishiga xos an’analarning o‘zaro ta’siri va uyg‘unlashgan ramzlari o‘z aksini topgan. Bir tarafdan markazida o‘ziga xos medalonli kompozisiya o‘g‘iz gilamlarida uchrasa, boshqa tarafdan oygilamda dashtqipchoq o‘zbek qabilalarining gilamchilik an’analari aks etgan bo‘lib, bu bezak kompozisiyasidagi hoshiya va jiyaklarda qo‘llanilgan unsurlarda namoyon bo‘ladi. Umuman, qo‘ng‘irot gilamchiligi uslubiy xususiyatlarini aniqlash masalalari Markaziy Osiyo xalqlari bilan bog‘liq etnik madaniyat xarakterini aniqlashda muhim ilmiy ahamiyatga ega bo‘lib, keyinchalik yanada chuqurroq o‘rganishni taqozo etadi. Qo‘ng‘irotlarning o‘ziga xos madaniyati va san’atini saqlab qolish, targ‘ib qilish va uni o‘rganish maqsadida gilamchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq unutilgan texnologiyalar va dekorativ uslublarni qayta tiklash; jundan tayyorlangan iplarga rang berishda tabiiy bo‘yoqlardan foydalanishni ko‘zda tutuvchi eski texnologiya va usullarni qayta tiklash; XX asr boshidagi qo‘ng‘irot to‘qimachiligi buyumlariga xos an’anaviy motivlar va naqsh bezaklarni qayta tiklash ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq. GILAM TO’QISH SAN’ATI, TARIXI VA USLUBLARIReja: Download 119.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling