G’ilaylik
Amalda ikki xil gilaylik mavjud: a) hamkorlikdagi va b) falajlik (paralitik)
Download 319.9 Kb.
|
G’ILAYLIK
Amalda ikki xil gilaylik mavjud: a) hamkorlikdagi va b) falajlik (paralitik).
Hamkorlikdagi g‘ilaylikda ikki ko‘zning ko‘rish o‘tkirligida katta farq bo‘lsa yoki bir ko‘zda ko‘rish keskin past bo‘lsa (ambliopiya), baravar ko‘rishga imkon bo‘lmaydi. Ayrim paytlarda ikki ko‘zning ko‘rish o‘tkirligi yaxshi bo‘lishi mumkin. Kasallikning asosiy sababi — binokulyar ko‘rishning yo‘qligi. Narsalarning ikkita ko‘rinmasligining sababi — g‘ilay ko‘zdagi tasvir aksining neytrallanishi (miyada bu aks o‘chi-riladi). Agar doim bitta ko‘z g‘ilaylashsa, bu — mono-lateral, galma-gal g‘ilaylashsa, bu — alternativ g‘ilaylik deb ataladi. Hamkorlikdagi g‘ilaylik yig‘uvchi (burun tomonga) va tarqaluvchi (chakka tomonga) bo‘ladi.
Yig‘uvchi g‘ilaylikda, ko‘pincha, ko‘zda yuqori darajali gipermetropiya bo‘ladi, akkomodatsiya va konvergensiya zo‘rayib ketadi. Tarqaluvchi g‘ilaylikda, ko‘pincha, yuqori darajali miopiya kuzatiladi, kattalarda esa afakiya, to‘r parda va ko‘ruv nervi distrofiyasi tufayli ko‘zning ko‘rishi keskin pasayadi, natijada ko‘z tashqariga ketib qoladi.
Download 319.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling