G’ilaylik
Download 319.9 Kb.
|
G’ILAYLIK
G’ILAYLIKHar bir ko’zda 6 ta ko’zni harakatlantiruvchi muskul bor. Tashqi muskullarning birgalikda, o’zaro kelishib, mutanosib ishlashi ko’zlarning ko’rish vazifasini yaxshi bajarishiga imkon beradi. Normada ko’zlar ko’z kosasi va qovoqlarga nisbatan qoq o’rtada joylashgancha turadi. Shox pardaning markazi ham ko’z tirqishining o’rtasida bo’ladi va ikkala ko’zning ko’rish o’qi parallel yotib, uzoqqa nishon oladi. Binokulyar korish bo’lsa (hamkorlikda, ikkala ko’z bilan baravar ko’rish) g’ilaylik bo’lmaydi. Binokulyar ko’rish uchun har bir ko’zning ko’rish o’tkirligi 0,3 dan past bo’lmasligi kerak va ko’zni harakatlantiruvchi muskullar hamda ularni jonlanti-ruvchi nervlar sog’ bo’lishi shart.
G’ilaylik bu ko’z soqqasining noto’g’ri joylashishi, ko’zning burun yoki chakka tomonga qiyshayib ketishi (juda kam holda tepaga yoki pastga)dir. Bunda bir ko’z ko’rilayotgan narsaga tikilgan, ikkinchisi esa o’sha narsadan burun yoki chakka tomonga og’gan bo’ladi. Bazan ikkala ko’z bir vaqtda burun yoki chakka tomonga og’adi.
Download 319.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling