G’ilofli issiqlik almashinish qurilmasi


Download 81.6 Kb.
Sana22.04.2020
Hajmi81.6 Kb.
#100755
Bog'liq
dokument microsoft word 2


G’ilofli issiqlik almashinish qurilmasi.
Ish unumdorligi kichik, davriy ishlaydigan korxonalarda qovushqoqligi katta bo`lgan suyuqliklarni isitish uchun asosan g’ilofli issiqlik almashinish qurilmalari ishlatiladi. Bu qurilmalarning ish hajmi asosan sferik taglikka ega bo`lgan silindr shaklida bo`lib, u tashqi tomondan g’ilof bilan qoplangan. G’ilofga berilgan suv bug’i silindr tashqi devorida kondensatsiyalanib, issiqlik devor orqali qurilmada isitilayotgan suyuqlikka yuboriladi. Issiqlik o`tkazish koeffitsientining qiymatini oshirish maqsadida bu qurilmalar ko’p hollarda aralashtirgich bilan ta`minlangan bo`ladi. G’ilofli issiqlik almashinish qurilmasi 14 - rasmda keltirilgan bo`lib, qurilma korpus 1, bug’ qobigi 2 va flanets 3 dan iborat (a-past bosimlar uchun; b-yuqori bosimlar uchun).

Agar issiqlik tashuvchilardan birining issiqlik berish koeffitsienti ikkinchisinikidan ancha kichik bo`lsa, u holda ning qiymati kichik bo`lgan tomondagi issiqlik almashinish yuzasi kattalashtiriladi.


G’ilofli isitkich:

a) past bosimlar uchun; b) yuqori bosimlar uchun.

Neftni dastlabki haydash texnologik tizimi yozuvi

Jarayonni amalga oshirishdan maqsad. Neftni uchuvchanlik darajasiga mos holda turli fraktsiyalarga ajratish. Bunda olingan fraktsiyalarning ba`zisi qayta ishlov berishga uzatilsa, ba`zilari esa tayyor tovar sifatida ishlatiladi. Neftni dastlabki haydash jarayoni atmosfera sharoitida ishlaydigan trubali va atmosfera-vakuum trubali qurilmalarda amalga oshirilishi mumkin. Ushbu qurilmalar asosan neftni tuzsizlantirish yoki ikkilamchi haydash qurilmalari bilan kombinatsiyalashgan holatda ishlatiladi.

Jarayonga beriladigan xom ashyo va olinadigan mahsulotlar. Bu tizimda xom ashyo sifatida tuzsizlantirilgan neft ishlatilib, quyidagi mahsulotlar ishlab chiqariladi:

1.Uglevodorod gazi - suyuqlik holida ajratib olinadi va gazni fraktsiyalarga ajratish qurilmalariga uzatiladi yoki neft zavodlarida yoqilg’i sifatida ishlatiladi.

2.Benzin fraktsiyasi - qaynash temperaturasi 50-180 0С bo`lgan fraktsiya bo`lib, avtomobillarda qo`llaniladigan benzinning komponenti, katalitik reforming va piroliz hamda ikkilamchi haydash jarayonlari uchun xom ashyo sifatida qo`llanilishi mumkin.

3.Kerosin fraktsiyasi - 120-315 0С da qaynaydigan fraktsiyabo`lib, reaktiv hamda karbyuratorli traktor dvigatellari uchun yoqilg’i sifatida yoki gidrotozalagich qurilmalari uchun qullanilishi mumkin;

4.Dizel fraktsiyasi - 180-3600С da qaynaydigan fraktsiya bo`lib, dizel dvigatellar uchun yoqilg’i yoki gidrotozalagich qurilmalar uchun xom ashyo sifatida qo`llaniladi;

5.Mazut - neftni atmosfera sharoitida haydash jarayonida olingan qoldiq bo`lib, 3500С dan yuqori temperaturada qaynaydi. U bug’ ishlab chiqarish qurilmasida yoqilg’i sifatida, hamda gidrotozalash va termik kreking qurilmalarida xom ashyo sifatida qo`llaniladi;

6.Vakuum sharoitida olingan distillyatlar 350-5000С da qaynaydigan fraktsiya bo`lib, katalitik kreking va gidrokreking jarayonlari uchun xom ashyo sifatida qo`llaniladi. Neftni qayta ishlash zavodlarida bir necha turdagi vakuumdistillyatlar olinadi;

7.Gudron neftni atmosferno vakuum sharoitida haydash jarayonida olingan qoldiq bo`lib, 500 0С dan yuqori temperaturada kaynaydi. U termik kreking va kokslash jarayonlari uchun, hamda bitum va turli texnik moylar ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida qullaniladi.




Download 81.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling