Gimnastika darslarida tirmashib chiqishlarni o'rgatish usullari reja: Kirish
Download 349.03 Kb.
|
GIMNASTIKA DARSLARIDA TIRMASHIB CHIQISHLARNI O\'RGATISH USULLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
GIMNASTIKA DARSLARIDA TIRMASHIB CHIQISHLARNI O'RGATISH USULLARI Reja: Kirish. Gimnastika to’garaklarida mashqlarga o’rgatish usullari va ularni mustahkamlash. Tirmashib chiqish mashqlari O‘rgatish usullari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Vatanimizda jismoniy madaniyat va sportning jadal rivojlanishi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bilan chambarchas bog’liq. Bu sohada, ayniqsa, jismoniy tarbiya kollejlari uchun tegishli soha bo’yicha davlat tilida chop etilgan o’quv adabiyotlari yetarli emas. Shu sababli mazkur o‘quv qo’llanma muallifi yuqoridagi zaruratni hisobga olib, shuningdek, ushbu yo’nalish yangi o’quv dasturlarini yaratgani tufayli shu dasturlarga mos o‘quv qo’llanma yaratish kabi mas’uliyatli vazifani o’z bo’yniga oldi. Mazkur o‘quv qo’llanma jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bakalavri va magistrlariga hamda jismoniy madaniyat kollejlari talabalari uchun mo’ljallangan. Ushbu yangi o‘quv qo’llanma faqat yuqorida keltirilgan mutaxassislik uchungina emas, balki undan tashqari biologiya, pedagogika va tibbiyot yo’nalishlarida bakalavr va magistrlar tayyorlashda ham zaruriy o’quv adabiyoti sifatida ishlatilishi mumkin. Mazkur o‘quv qo’llanma ushbu yo’nalish sohasida erishilgan barcha zamonaviy ma’lumotlarni o’z ichiga olish bilan birga, u mazkur fanning turli sohalari haqida ham chuqur ma’lumot beradi. Misol uchun ishda jismoniy mashqlarning fiziologik asoslari, harakat sifatlarini rivojlantiruvchi va o’zgartiruvchi irsiy va muhitiy omillar hamda jismoniy layoqatlik va uning ta’rifi kabi masalalar haqida so’z yuritiladi. Bundan tashqari, qo’llanmada jismoniy madaniyat va salomatlik holati, sportga tanlashning fiziologik muammolari hamda tezlik va tezlashuvchi – kuchlilik jismoniy mashqlarining fiziologik asoslari keltirilgan. Shunday qilib, mazkur o‘quv qo’llanma muallifining ko’p yillik tajribalari asosida yozilgan bo’lib, bu sohaning bo’lajak mutaxassislari uchun birinchi marta davlat tilida nashr etilayotgani tufayli ba’zi juz’iy xatolardan xoli emas. Shuning uchun muallif kitobxonlarning o‘quv qo’llanma haqidagi fikr va mulohazalarini mamnuniyat bilan qabul qiladi va ularga oldindan minnatdorchilik izhor qiladi. Download 349.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling