Gimnastika darslarida tirmashib chiqishlarni o'rgatish usullari reja: Kirish


Download 349.03 Kb.
bet3/5
Sana23.02.2023
Hajmi349.03 Kb.
#1224044
1   2   3   4   5
Bog'liq
GIMNASTIKA DARSLARIDA TIRMASHIB CHIQISHLARNI O\'RGATISH USULLARI

Tirmashib chiqish mashqlari

Tirmashib chiqish mashqlari chaqqonlik va dadillikni oshiradi, shug‘ullanuvchilarda o‘z kuchiga ishonch hosil qildiradi, koordinatsiya qobiliyatini takomillashtiradi. Tirmashib chiqish aralash osilishda va faqat qo‘llarda osilish holatlarida bajariladi, qo‘llarda osilib chiqayotganda ehtiyot bo‘lish zarur, chunki unda asosiy yuklama qo‘l va yelka kamari muskullariga tushadi. Shuni hisobga olgan holda mashg‘ulotlarda faqat qo‘llarda osilib chiqish mashqlarini aralash osilishda tirmashib chiqish mashqlari bilan navbatlantirib turish kerak. Aralash osilish yordamida tirmashib chiqish qo‘l va yelka kamari muskullariga tushadigan yuklama ancha kamayadi, biroq ishda oyoq va gavda muskullari qatnashadi, shu bilan nafas olish uchun yaxshi sharoti yaratiladi. Aralash osilish va aralash tayanishga tirmashib chiqish. Gimnastika devoriga tirmashib chiqish mashqlari: a) oyoq va qo‘llami navbatma-navbat almashtirib yuqoriga tirmashib chiqish, pastga tushish va yon tomonlarga yurish; b) shuning o‘zi, lekin ikki qo‘l bilan barovariga ushlab tirmashib chiqish; d) sakrab yuqoriga, pastga va yon tomonlarga sakrash (bu mashq bajarilayotganda ehtiyotlash juda zarur); e) devorga orqa bilan turib tirmashib chiqish. Arqonga tirmashib chiqish. Vertikal arqonda aralash osilib tirmashib chiqishning uch usuli mavjud; bukilgan qo‘llarda tirmashib chiqish, uch va ikki harakat usulida tirmashib chiqish. Uch harakat usulida tirmashib chiqish. Xotin-qizlar va o‘rta maktab yoshdagi bolalaming mashg‘ulotlarida qo‘llaniladi. Chunki yuklama faqatgina qo‘l va yelka kamari muskullariga tushmasdan, oyoq muskullariga ham tushadi. Arqonning qattiqligini va yo‘g‘onligiga qarab, arqon oyoqlar bilan birma-bir oyoqning ta’qimi va ikkinchi oyoqning tovoni bilan yoki «sirtmoq» qilib ushlanadi (1 -rasm). Bunda arqon bir oyoq soni va boldiming tashqarisidan o‘tadi va oyoq kafti ichki tomoni bilan qisib ushlanadi. Ikki harakat usulida tirmashib chiqish. Ikki harakat usulida tirmashib chiqishning ikki varianti mavjud. Birinchi varianti ko‘rsatilgan.

Ikkinchi varianti. Dastlabki holat. Qo‘llami to‘g‘ri tutib osilish. Birinchi usul. Qo‘llami to‘g‘rilab (depsinib) qo‘llami almashtirib arqonning yuqorisidan ushlanadi, ya’ni to‘g‘ri qo‘llarga osilish holatiga o‘tiladi. Tirmashib chiqishning bu usuli harakat muvofiqligi bo‘yicha uncha murakkab emas. Biroq unda qo‘l va yelka kamariga yuklama ortiqroq tushadi. Yetarli darajada jismoniy kuchga ega bo‘lganlar. Tirmashib chiqishning bu usulini bir- oz shug‘ullanganlaridayoq o‘zlashtirib oladilar. Bu ikki asosiy usuldan tashqari oyoqlar bilan devorga tayanib arqonga tirmashib chiqishni, ikki arqonga qo‘llar bilan bir arqonda, oyoqlar bilan ikkinchi arqonda tirmashib chiqish yoki bir qo‘l bilan arqonni, ikkinchisi bilan arqonni ushlab, oyoqlar bilan esa bir arqonni yoki ikki arqonni birdaniga ushlab tirmashib chiqishni qo‘llash mumkin. Oddiy osilib chiqish. Bu mashq gimnastika devoriga qarab turib, qiyalab qo‘yilgan narvonda, arqon yoki langar cho‘pda qo‘llami navbatma-navbat yoki almashtirib ushlab bajariladi. To‘xtab-to‘xtab tirmashib chiqish. To‘xtash bu tirmashib chiqish snaryadidagi shunday holatki, bunda shug‘ullanuvchi ma’lum bir qo‘lni yoki ikki qo‘lni qo‘yib yubora oladi. Langar cho‘p, narvon va arqonda to‘xtash mumkin. Vertikal arqonda eng muvofiq to‘xtash chirmashib olishdir. Tik turganda chirmashib. Dastlabki holat. To‘g‘ri qo‘llarda osilib, arqon o‘ng tomonda bo‘ladi. Oyoqni oldindan orqaga qarab doirasimon harakat qildirib arqon o‘ng oyoqqa o‘rab olinadi va chap oyoq taqimi bilan pastdan arqonni ilib olib, oyoqlar juftlashtirilib va arqon o‘ng oyoqqa mahkam qisib olinadi. Keyin arqonni chap qo‘l ostiga o‘tkazib qo‘llar yonga ko‘tariladi. Shuning o‘zini boshqa tomonga bajarish mumkin. Sondan sirtmoq solish. Dastlabki holat. To‘g‘ri qo‘llarga osilib, arqon oyoqlar oldinga ko‘tarib va ular orasida arqonni qisib olib bir qo‘lda osilgancha, ikkinchi iyak baravariga yetganda birlashtiriladi. Shundan keyin bir qo‘l bilan arqonni pastroqdan ushlab olib uni yuqoriga ko‘tarib qo‘l bo‘shatiladi. Shunday sirtmoq solishni arqonni ikki oyoq tagidan o‘tkazib bajarsa ham bo‘ladi. Sakkiz qilib o‘rash. Dastlabki holat. 0 ‘rashning boshlanishini sondan sirtmoq solish kabi bo‘ladi, lekin sonni o‘rab olgan arqonning bo‘sh uchi oyoqlar orasida pastga tushiriladi. Keyin qo‘llar holatini almashtirib, arqon yana ko‘tariladi, lekin endi boshqa tomondan va yana oyoqlar orasidan tushiriladi (169 -rasm). Natijada ikki oyoqda ham sirtmoq hosil boiadi. Bir qoini qo‘yib yuborish mumkin.

Guruh bo‘lib tirmashib chiqish. Guruh boiib tirmashib chiqish - bu tirmashib chiqishning eng murakkab turi boiib, yaxshi jismoniy tayyorgarlikni va ishonarli mustahkam jihozlami talab qiladi. U vertikal va qiya gimnastika narvon, arqon va langar cho‘pda oshib o‘tishlar bilan qo‘shib bajariladi. Narvonda va arqonda sheri gini opichib yoki yelkaga o‘tkazib tirmashib chiqishlarini o‘tkazish mumkin (170,171,172-rasmlar). Arqonga tirmashib chiqayotganda shergining yelkasiga o‘tirib olib, oyoq uchlari bilan arqondan qisib ushlab olishni va sherigiga qo‘llari bilan tortilib yordam ko‘rsatish kerak. Oshib o‘tish. Oshib o‘tish osilgan holatda masalan, arqondanarqonga, narvondan-narvonga, tayanish holatidan va osilgan holatdan tayangan holda va teskari bajariladi. Masalan: qiya yoki gorizontal narvonda yuqorigi qismidan pastki qismiga va aksincha; oyoqlar bilan oldinga, bosh bilan oldinga, to‘ntarilib tayanish holatiga, kuch bilan ko‘tarilib, tayanish holatidan oldinga tushib va boshqa oshib o‘tish. Mashqlaming shu gumhiga balandligi 1,5 - 3m keladigan devorga tirmashib chiqish va uning ustidan oshib o‘tishlar ham kiradi. Bu mashqlar, odatda, ochiq joyda o‘tkaziladi. Gimnastika zalida devordan oshib o‘tish uchun tayyorgarlik mashqi sifatida qo‘shpoyalar, xoda(yakkacho‘p) yoki baland qilib o‘matilgan sakrash snaryadlaridan foydalanish mumkin. 0 ‘rgatish uslubiyati. Tirmashib chiqishga o‘rgatishda turli uslublar qo‘llaniladi: 1.Yaxlit o‘rgatish usuli - oson mashqlami o‘rgatishda (gimnastika o‘rindig‘i va devorida aralash tayanish va osilish holatida tirmashib chiqishlami o‘rgatishda) qo‘llaniladi. 2. Qismlarga ajratib o‘rgatish uslubi - uch harakat usulida tirmashib chiqishning o‘rgatish qo‘llaniladi. Arqonda tirmashib chiqish usullarini o‘zlashtirish osonlashtirish uchun quyidagi mashqlami tavsya qilish mumkin. 3.Arqonga to‘g‘ri qo‘llarda osilgan holatda chayqalish (oyoqlar bilan depsinib yoki yugurib kelib osilib bajariladi). 4 .0 ‘rindiqda o‘tirib, oyoqlar bilan ushlashni o‘rganish. 5.To‘g‘ri qo‘llarda osilgan hollarda, arqonni oyoqlar bilan ushlab olish. 6.0yoqlami kerib o‘tirib, osilgan holatda tortilib va tovonlar bilan polga tayanib, qo‘llami bukib yotib tayanishga o‘tish. Shu mashqlar o‘zlashtirilgandan keyingina uch harakat usulida tirmashib chiqish oson bo‘ladi. 7.Yordamchi mashqlar uslubi - tirmashib chiqish usullarini avval osonroq sharoitda, keyin murakkabroq sharoitda o‘rganishdan iborat. Misol - oyoqlar bilan gimnastika devoriga tayanib arqonga tirmashib chiqish yoki oyoqlar bilan tayanish uchun tugunlari bor arqonga tirmashib chiqish keyin esa odatdagi sharoitda tirmashib chiqish. 8. Algoritmik topshiriqlar berish. Oddiy osilishda tirmashib chiqishning nafas olish a’zolariga katta yuklama berishini hisobga olib, ayniqsa bolalar mashg‘ulotlarida, bu mashqlarga juda ehtiyotlik bilan o‘tish zarur; aralash osilish va tayanishlarda tirmashib chiqish usullaridan keng foydalanish kerak, chunki ulami o‘tganda fiziologik yuklamani boshqarish ancha oson bo‘ladi. Bu mashqlar juda qiziqarlidir. Ulami o‘yin va musobaqa shaklida o‘tish tavsiya etiladi, bu esa ularga bo‘lgan qiziqishni yanada orttiradi. Odatda, tirmashib chiqish mashqlari gimnastika darsning asosiy qismida o‘tiladi. Bunda ayniqsa tirmashib chiqish mashqlaming juda ham balandlikda bajaradigan vaqtda ehtiyotlash va yordam qilish ayniqsa zarur. Barcha bevosita amaliy mashqlar kabi, tirmashib chiqish mashqlarini ham ko‘proq ochiq joylarda o‘tganligi ma’lum.


  1. Download 349.03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling