Gimnastika mashg’ulotlarida shikaslanishni oldini olish va xavfsizlik qoidalari
Download 345.5 Kb.
|
Gimnastika mashg’ulotlarida shikaslanishni oldini olish va xavfs
Akrobatik (tramplin) mashqlar — jismoniy sifatlarni tarbiyalash va rivojlantirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Qomatni tik tutish, turli harakatlar bilan umbaloq oshish, fazo bo‘shlig‘ida qomatni to‘g‘ri tutishga diqqatni qaratadi. Akrobatika mashqlarini bajarish jarayonida ichki organlar mustahkamlanadi. Ularning funksional rivojlanishi ta’minlanadi. Akrobatik mashqlarning doimiy bajarilishi va ularni murakkablashtirib borish, ularning turli sport turlarini (umumiy, qo‘shimcha, maxsus jismoniy tayyor- garlik) takomillashtirish uchun qo‘llanishga imkon yaratadi. Akrobatik mashqlar o‘zining mazmuni va xarakteri bilan boshqa sport turlaridan ajralib turadi. Sakrash, muvozanat saqlash, yakka bajariladigan voltej1 elementlari, juftlikda, uchlik, to‘rtlik, erkaklar, erkak va ayollar bilan bajariladigan mashqlar ham shunga kiradi.
Guruh bo‘lib bajariladigan oddiy piramidalar ham akrobatik mashqlarga kiradi. Sakrashlar (tayanib va tayanmasdan) umumrivojlantiruvchi mashqlar sohasiga kiruvchi sakrash, tashlanish, qo‘l va oyoqlar bilan depsinish natijasida uchish fazasini hosil qilishdan farqlanadi. Harakatlarni bajarishning aniqligi (chaqqonlik, tezkorlik, kuch) irodaviy jismoniy sifatlarni rivojlantiradi. Sakrashlar mashg‘ulotlarda jismoniy tayyorgarlik, malaka va ko‘nikmalarning shakllanishida (to‘siqlardan sakrab o‘tish, qo‘nish, yuqoriga va yuqoridan pastga sakrashlar) qo‘llaniladi. Tayanib sakrashlar sport gimnastikasida ko‘pkurashning bir turi sifatida musobaqalar dasturidan o‘rin olgan. Jihozlarda bajariladigan mashqlar — o‘zining bajarilishi tayanch holati, gavda harakati xususiyati, sport jihozlari tuzilishi bilan ajralib turadi. Sport gimnastikasida erkaklar (ot, halqa, qo‘shpoya, yakkacho‘p) va ayollar (turli balandlikdagi qo‘shpoya, xoda) ko‘p kurashlarda ishtirok etib, turli jihozlar bilan ta’minlangan. Ushbu jihozlar ayrim mashqlarni bajarishda gimnastikaning sog‘lom- lashtirish yo‘nalishidagi o‘rnini mustahkamlaydi. Dastakli otda ko‘pgina umumrivojlantiruvchi mashqlar (gavdani ortga egish, tashlanishlar)dan foydalaniladi. Mashq bajarishda jihozlardan foydalanishda bunday yondashish turli yoshdagi, jinsdagi va tayyorgarligi har xil bo‘lgan shaxslar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazilganda qo‘l keladi. Sport jihozlari vositasida bajariladigan mashqlar shakli, murakkablik darajasi bo‘yicha ko‘p qirrali bo‘lib, shug‘ullanuvchilar organizmiga o‘ziga xos ta’sir etadi. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, mashg‘ulotlar jarayonida gimnastika sporti jihozlari bajariladigan mashqlarning harakat-tayanch apparatiga bo‘lgan ta’siri beqiyosdir. Bu mashqlar qo‘l, yelka-bo‘g‘in mushaklarini rivojlantiradi. Chunki bir talay mashqlar qo‘llarda tayanib yoki osilgan holatda bajariladi. Shuning uchun ham gimnastika sporti bilan shug‘ullanadiganlar o‘z qaddi-qomatining tuzilishi bilan boshqalardan ajralib turadi. Hozirgi paytda an’anaviy gimnastika jihozlaridan tashqari ko‘pgina umumrivojlantiruvchi mashqlar uchun foydalaniladigan yordamchi trenajorlar, qurilmalar paydo bo‘lmoqda. Bu trenajorlar ham gimnastika sportini rivojlantirishda mashqlar bajarish sifatini oshirishda katta foyda beryapti. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan gimnastika turlari mazkur sportning umumiy yo‘nalishi asosini o‘zida saqlab qoladi. Ammo nimaga mo‘ljallanganligi, mashqlarning o‘ziga xosligi va uslubiyati bilan bir-biridan farq qiladi. Gimnastikaning asosiy vositalarini mana shu tariqa ajratish, gimnastikaning biron turi uchun, turli xildagi pedagogik maqsad va vazifalarni yechish uchun mashqlar tanlashni osonlashtiradi. Muhim ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish, takomillash- tirish, mustahkamlash, shug‘ullanuvchilarning kayfiyatini ko‘tarish va mashg‘ulot jarayoniga ishtiyoqni oshirish maqsadida gimnastika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladi, ular qatorida har xil harakatli o‘yinlar ham qo‘llaniladi. Estafetalar o‘tkazganda o‘yinlarning musoba- qalashuv belgilariga ko‘proq e’tibor beriladi. Mashq bajaruvchi, mashq bajarayotib muvaffaqiyatsizlikka uchraganda o`qituvchi yoki gimnastikachi unga vaqtida yordam berishga tayyor turishini shimoya qilish deb tushunish kerak. Himoya qilishdan yordam ko`rsatishning farqi shundaki, yordam ko`rsatganda qo`llab yuborish turtki berib qo`yish, shug`illanuvchi bajarilayotgan sharakat, ketma-ketligi bo`ylab «surib borish» nazarda tutiladi. Himoya qilish va yordam ko`rsatish ayniqsa qaltisroq sharakatlar bajarayotganda anchagina psixologik ashamiyatga ega bo`ladi. Turli gimnastika mashqlarini texnikasini o`zlashtirayotganda jismoniy yordam ko`rsatishning shug`illanuvchilarda aniq sharakat tasavvurining shakllanishiga ko`maklashadi. Quyidagilar jismoniy yordam ko`rsatishning asosiy turlariga kiradi. a) sharakat bo`ylab «surib borish». b) sharakatning eng qiyin qismida ozgina ko`maklashib yuborish. v) shug`ullanuvchining statik sholatlarda qo`llab qo`vvatlash «surib borish» sharakatini bir butun sholda o`rganib olishni osonlashtiradi. «surib borish» foydalanilganda o`qituvchi o`quvchining faoliyatini bug`maydigan darajada jismoniy kuch sarflab yordam berishi lozim. ozgina yordamlashib (turtki berib) yuborish sharakatning aloshida fazalari bajarilayotganda qo`llaniladi, xalos. Shug`illanuvchi dastlabki, oraliq va pirovard sholatlarda bo`lganida, ayniqsa gimnastikachi kuchini shali etarlicha to`g`ri sarflay olmaydigan vaqtlarda murabbiy uni qo`llab-quvvatlab turadi. Qo`llab-quvatlash paytida gimnastikachining gavdasi snaryadga nisbatan to`g`ri sholatda (masalan, osilish, tayanish) bo`lishiga ko`maklashadi yoki kerakli vaqtda qo`llarni ko`chirib turishga imkon yaratib beriladi. chunonchi, oldinga siltanib turib orqaga aylanishni (bruslarda) o`rganayotganda o`qituvchi shug`illanuvchini oldinga siltanishdan eng yuqori nuqtasida tutib turadi. aylanishdan keyin u qo`llarini yog`ochlarga o`z vaqtida to`g`ri qo`yib olishga yordam beradi. Jismoniy yordamning turli xillaridan foydalanish natijasida gimnastikachida to`g`ri sharakat tasavvurlari shakllanadiki, bu tasavvurlar mashqlarni bajarish jarayonida mushim rol o`ynaydi. mashqlarni ijro etish texnikasi takomillasha borgan sari o`quvchilarga yordamlashishdan sarflanadigan kuch darajasi kamaya borib, keyinchalik mutlaqo to`xtaydi. Belgilarga kiradi: ayrim shollarda shug`ullanuvchilarni vrachga yuborish zarur: diqqat-e`tiborining kamayishi, lanjlik loqaydlik; mashqlarni bajarish sifatining yomonlashishi; sharakatlar muskullarining buzilishi; rang uchishi, oyoq-qo`l titrashi va shokazolar: qattiq charchashning oldini olish uchun quyidagilarni bajarish zarur: mashg`ulotlarda yuklamalarni to`g`ri tartibga solib borish. bir xildagi sharakatlari bor qaltis mashqlarni (aylanish, dumbaloq oshish, dumalanish, qattiq joyga tushadigan sharakatlar, sakrashlar va shokazolarni) bajaravermaslik. mashqlar ijro etilishini engillashtiradigan shart-sharoitlardan (yordam ko`rsatish shimoya qilish, texnika vositalar, yordamchi mashqlar va shokazolardan) foydalanish. umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalaridan oqilona foydalanib, jismoniy qobiliyatni muntazam ravishda takomillashtirib berish. Gimnastikada mashqlarni qat’iy bir me’yorda bajarish, talabalar faoliyatini aniq uyushtirish uslubiga xos bo‘lib, uning natijasida yangi- yangi malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun qulay sharoit yuzaga kelib, mehnat qobiliyatini oshirish borasida yuqori ko‘tarinki muhit yaratiladi. Gimnastikaning uslubiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi: Download 345.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling