Gimnastika mashg’ulotlarida shikaslanishni oldini olish va xavfsizlik qoidalari


Download 345.5 Kb.
bet1/4
Sana14.12.2022
Hajmi345.5 Kb.
#1006555
  1   2   3   4
Bog'liq
Gimnastika mashg’ulotlarida shikaslanishni oldini olish va xavfs

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Mavzu

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
Jismoniy Madaniyat” fakulteti -----guruh talabasi
Boymurodov Abrorning
Gimnastika va uni o'qitish metodikasi” fanidan





Mavzu: Gimnastika mashg'ulotlarida shikastlanishning oldini olish.


Bajardi:


Qabul qildi:

Termiz-2022




Mauzu: Gimnastika mashg'ulotlarida shikastlanishning oldini olish.


Reja:



  1. Shikastlanishning sabablari.

  2. Harakatli o’yinlarning turlari va mazmuni.

  3. Shimoya qilish va yordam ko`rsatish usullarini o`rgatish

  4. Vrach nazorati va o`z o`zini nazorat qilish. shikastlanishning Oldini olish tadbiri sifatida ekanligi.

Jismoniy tarbiya fanining vositasi sifatida gimnastika uzoq vaqt mobaynida rivojlanib kelgan. Uning qaror topishi ijtimoiy tuzum o‘zgarishi bilan, inson haqidagi fanning rivojlanishi bilan, shuningdek, urush olib borish usullarining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bular gimnastikaning mazmunan o‘zgarishiga, uning o‘qitish uslubiyati va hatto, mashqlarni bajarish texnikasining tubdan o‘zgarishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatgan.
XV—XIX asrdagi gimnastika tizimiga kirgan ayrim mashqlar Qadimgi Rimda hamda bir qancha G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida esa o‘rta asrlar davridayoq harbiy-jismoniy tayyorgarlik ko‘rishda qo‘llanilgan edi. Yog‘och otda, narvon va raqib qal’alariga hujum qilishni o‘rgatishda qo‘llanadigan boshqa jihozlardagi mashqlar shular jumlasiga kiradi. Akrobatik mashqlar va arqon ustidagi mashqlarni sayyor yurgan dorbozlar namoyish qilishgan.
Uyg‘onish davri gumanistlari yoshlami har tomonlama tarbiya- lashga katta ahamiyat bera boshlashdi. Gimnastika mashg‘ulotlarini ular inson sog‘lig‘ini mustahkamlash va jismoniy kuchini rivoj- lantirishda eng yaxshi vositasi, deb bilishardi. XVI asrda jismoniy tarbiyaga oid bir qancha asarlar paydo bo‘ladi. Bulardan eng mashhuri I. Merkurialisning gimnastika san’ati haqidagi asari. Muallif gimnastikani: harbiy gimnastika, davolash gimnastikasi va atletik gimnastikadan iborat uch turga ajratdi. Sog‘lomlashtirish gimnas- tikasini, ya’ni raqibdan ustun chiqish hissi bilan bog‘liq bo‘lmagan gimnastikani, u asosiy jismoniy tarbiya vositasi, deb hisoblagan.
Ayni vaqtda gimnastikada boshqa yo‘nalish ham rivojlangan bo‘lib, uning asosini shug‘ullanuvchilarning chaqqonligi tashkil etgan. Fransuz gumanist-yozuvchisi Fransua Rablening (1494— 1553-yillar atrofida) «Gargantyua va Pantagryuel» asarida tarbiya- lanuvchilar turli mashqlar bilan, shu jumladan, yakkacho‘pda, yog‘och otda mashq qilishgani, arqonga tirmashib chiqqanligi, akrobatik mashqlar bajarishgani haqida ma’lumot berilgan. Shu sababli, XV asrdayoq zodagon yoshlar maktablarda ayrim gimnastika jihozlari va mashqlaridan foydalanilgan. Ular keyinchalik sport gimnastikasiga asos bo‘lgan, deb hisoblash o‘rinli.

Gimnastika mashg`ulotlarida nishoyatda xilma-xil mashqlar, shu jumladan, turmush va meshnat tajribasida kamdan-kam uchraydigan mashqlar sham qo`laniladi. ular murakkab sharakat faoliyatidan iborat bo`lib, ularni ijro etish esa o`ziga xos sharoitlar bilan bog`liq, bu sharoitlarni belgilaydigan omilardan eng mushimi quyidagilardir:



  1. snaryadlarda, maxsus qurilmalarda ijro etiladigan shaklan va mazmunan xilma-xil bo`lgan ko`p miqdordagi sharakatlarni mavjudligi.

  2. gavdaning fazodagi sholati doimo o`zgarib turiladigan aylanma sharakatning ko`pligi.

  3. uchib tushayotganda va erga tushish chog`ida sharakatlarni boshqara bilish.

Gimnastika mashg`ulotlarida shikastlanishga yo`l


qo`ymaslik uchun xavfsizlik texnikasiga rioya qilishga qaratilgan butun choralar ko`rilishi kerak.
Quyidagi shikastlanishning asosiy sabablari bo`lishi mumkin.

  1. mashg`ulot tashkil qilish qoidalariga va mashg`ulot uslubiyatiga rioya qilmaslik.

  2. jishozlar va inventarlarni vaqtida tekshirib turmaslik.

  3. sanitariya-gigiena shartlarini buzish.

  4. varaya nazorati yo`qligi yoki muntazam ravishda o`tkazilib turmasligi.

  5. shug`ullanuvchilar o`rtasida tarbiyaviy ishlarning etarli olib borilmasligi.

Shikastlanishning oldini olish maqsadida mashg`ulotda


va musobaqalar o`tkazishdan ilgari quyidagilar amalga oshirilishi kerak.

  1. o`quv shujjatlarni (rejalar va shokazolar) tayyorlab qo`yish.

  2. mashg`ulot joylarining sanitariya-gigiena talablariga qanchalar mosligini, shuningdek jisho va inventarlar buzuq emasligini shug`ullanuvchilardan shar birining sport kiyimi va poyabzali xavfsizlik va gigiena talablariga qanchalik muvofiqligini tekshirib ko`rish.

  3. gimnastikachining sog`ligi yomonlashishi oqibatida yoki biror boshqa sabablar bilan sodir bo`ladigan oradagi o`zilishdan keyin mashg`ulotga, shuningdek musobaqalarda qatnashishga ruxsat berilgani shaqida vrachning ruxsatnomasi bor-yo`qligini tekshirib ko`rish.

Mashg`ulot o`tkaziladigan vaqtida quyidagilar


bajarilishi kerak:

  1. mashg`ulot uyushtirishning vrach qoidalariga rioya qilish.

  2. mashg`ulot oldidan shar-bir snaryadning mashkamlanadigan joylarni mustashkamligi, tushaklarning snaryadlar oldiga qanday qo`yilganligini, magneziya va kanifolning sifatini tekshirish.

  3. zamonaviy usullardan foydalanish, moxirlik bilan ko`maklashishi va shimoya qilish.

Yuqorida qayd etilganidek, mashg`ulotlarning yomon


tashkil etilishi shikastlanishga asosiy sabablardan shisoblanadi.
shu jishatdan o`qituvchi va murabbiyga quyidagilar tavsiya etiladi:

  1. shar bir jadvalning mashg`ulot rejasiga qat`iy rioya qilish.

  2. shug`ullanuvchilarda ongli intizomliylikni tarbiyalash ulardan shamma ko`rsatmalar bajarilishini talab qilish.

  3. shar bir shug`ullanuvchining xatti-sharakatlarini muntzam nazorat qilishni ta`minlash, ularga ko`p kurashning bir turidan ikkinchisiga o`zbilarmonlik bilan o`tishga ruxsat bermaslik.

  4. shug`ullanuvchilarning snaryadlar, depsinish va erga turish joylarni yaxshi ko`rinib turadigan joylarga quyish, snaryadlarni shug`ullanuvchilar bir-biriga tegib ketmaydigan qilib o`rnatish.

Gimnastika mashg`ulotlarida shimoya qilish va yordam


ko`rsatish gimnastika mashqlarni texnikasini bilib olish vazifasini muvaffaqiyatli shal etishgagina emas, balki shikastlanish ro`y berishga ham yo`l quymaslik imkonini beradi.
Maxsus ishlab chiqilgan harakat shakllari gimnastika vositalari (mashqlari) hisoblanadi. Ular yordamida insonning hayotiy muhim harakatlantiruvchi jismoniy sifatlari tarbiyalanadi va rivojlantiriladi. Ko‘pgina mashqlar odamning mehnat, harbiy va turmush faoliyati (yurish, yugurish, tirmashib chiqish, sakrash, emaklash, muvoza- nat saqlash, uloqtirish, to‘siqlardan oshib o‘tish, yuk tashish va shu kabilar)dan olingan.
Jismoniy madaniyat va sport amaliyoti fanining rivoj topishi bilan butun bir harakatlantiruvchi faoliyatdan ajratib olingan harakatlardan iborat mashqlar paydo bo‘la boshladi. Bu mashqlar, asosan, harakat asoslarini o‘rgatish uchun, jismoniy sifatlarni rivoj- lantirish, turli pedagogik maqsad va vazifalarni yechish uchun qo‘llaniladi. Gavdaning ayrim a’zolariga mo‘ljallangan hamda turli gimnastika jihozlarida bajarilgan mashqlar shular qatoriga kiradi.
Gimnastika mashqlari bilan shug‘ullanuvchilarning tayyorgar- ligiga va pedagogik vazifalarni yechish uchun ulardan foydalanishda orttirilgan tajribalarni nazarda tutib guruhlanadi. Mashqlar an’ana- viy ravishda quyidagi gimnastika vositalariga ajratiladi:

  1. Saf mashqlari.

  1. Umumrivojlantiruvchi mashqlar (URM).

  1. Ko‘makchi mashqlar (прикладные упражнения).

  2. Erkin mashqlar.

  3. Badiiy gimnastika mashqlari.

  4. Akrobatik mashqlar.

  5. Sakrashlar.

  6. Sport jihozlarida bajariladigan mashqlar.

Ushbu tarzda gimnastika vositalarining guruhlarga taqsimlanishi:
1. Saf mashqlari — murakkab bo‘lmagan harakatda shug‘ul- lanuvchilar uchun mo‘ljallangan mashq bajarish jarayoni. Sanash va musiqa jo‘rligida yurish, yugurish, qad-qomatni to‘g‘ri tutish, rit- mik harakatlarga oid ko‘nikma hosil qilishda muhim ahamiyatga ega.
Saf mashqlari, bir tomondan, jismoniy harakat mashg‘ulotlari (mashg‘ulotning jamoa shakllari)ni uyushtirish usuli sifatida foyda- lanilsa, ikkinchi tomondan esa undan inson tana a’zolarini shakl- lantiradigan va rivojlantiradigan, uyushgan xatti-harakat ko‘nikma va malakalarni tarbiyalaydigan muayyan harakatlantiruvchi faoliyat sifatida foydalaniladi.


  1. Download 345.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling