Gimnastika mashqlarini o’rgatish metodikasi. Reja
Download 209.78 Kb.
|
Gimnastika mashqlarini
Gimnastika mashqlarini o’rgatish metodikasi. Reja O’rgatishning maqsadi, vazifasi va bosqichlari Gimnastika mashqlarini o’zlashtirish shartlari O’rgatish usuilari Mashqlarning bajarilish usullari Gimnastika mashqlarini o’rgatishdan maqsad, har qanday pedagogik jarayon singari, harakat ko’nikmalarini, malakalarini shakllantirish va maxsus bilim olishlari uchun talabalarning o’qituvchilar rahbarligidagi rejali faoliyatini uyushtirishdir. Talabalarning umumiy harakat va sport tayyorgarligi uchun: ahamiyatli bo’lgan harakat ko’nikmalarini shakllantirish; kuch, tezkorlik, egiluvchanlik, epchillik, chidamlilik singari jismoniy sifatlarni tarbiyalash; pedagogik-kasbiy ko’nikmalarni (maxsus ta’lim o’quv mas- kanlari talabalarida) shakllantirish lozim. Gimnastika mashqlarini o’rgatish jarayonida hal etiladigan alohida vazifalar har bir aniq holda harakat tarkibini, uni bajarish sharoitining xususiyatlarini va o’quvchilarning tayyorgarlik darajasini baholash asosida belgilanadi. Aniq bir gimnastika mashqini o’rgatishni shartli sur’atda o’zaro bog’liq bo’lgan uch bosqichga bo’lish mumkin. Birinchi bosqich - harakat haqida umumiy dastlabki tasawur hosil qilishdan (boshlang’ich ma’lumotdan) iborat bo’lib, bunday tasawur har bir harakat faoliyatini ongli o’zlashtirish zaminida yotadi. Yangi harakat to’g’risidagi (uning shaldi, ko’lami, ta’sir yo’nalishi, ayrim holatlari va h.k.) dastlabki ma’lumotlar va talaba xotirasida to’plangan harakat tajribasi natijasida bo’lajak harakat faoliyatining dastlabki dasturi tuzilishini ta’minlovchi umumiy bog’lanishlar hosil bo’ladi. Ikkinchi bosqich - bevosita harakat texnikasi asoslarini egallash (mashqni juda puxta o’rganish). Bu bosqichda o’qituvchi bilan talabaning birgalikda faol ishiashi natijasi o’laroq, mashq haqidagi tasawur aniqlanadi, xatolarga yo’l qo’yilmaydi; mashqlarni nazorat ostida mustaqil bajarishi ta’minlanadi. Uchinchi bosqich - harakat texnikasini mustahkamlash va takomillashtirish. Bu harakatni boshqarish darajasini, albatta, avtomatlashtirilgan ko’nikma darajasiga yetkazib, shu tufayli shug’ullanuvchi mashqlarni turli sharoitda (musobaqalar va boshqa chiqishlarda) uzoq vaqt davomida bajara oladi. Mashqni o’rgatish jarayoni tugagandan keyin butun faoliyat o’zlashtirib olingan mashq variantlarini bajarishga, oldingi mashqqa o’xshash elementlari bor, texnikasi murakkab mashqlarni bajarishga, bajarish sharoitini o’zgartirishga, masalan, boshqa mashqlar bilan qo’shib bajarishga qaratilishi mumkin. Download 209.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling