Giperbola va parabola tenglamalari, xossalari
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1.Ikkinchi tartibli egri chiziqlar haqida ma’lumot. Aylananing ba’zi koordinatalar sistemasidagi tenglamalari.
2.3. Ellipsning ba’zi koordinatalar sistemasidagi tenglamalari.
2.4. Giperbolaning ba’zi koordinatalar sistemasidagi tenglamalari.
2.5. Parabolaning ba’zi koordinatalar sistemasidagi tenglamalari.
III.Xulosa va takliflar.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
V.Ilovalar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Geometriya fani qadimiy fanlardan bo`lib, unga oid dastlabki tushunchalar bundan 3500 – 4000 yil avval Misr, Bobil va O`rta Osiyoda vujudga kela boshlagan. Qadimda yer maydonlarini o`lchash, idishlar, savatlar va don omborlarini hajmini topish bilan shug`ullanganlar. Geometrik ma’lumotlar va dalillar ham yuza va hajmlarni topish usullaridan iborat bo`lgan.
Kurs ishi obyekti va predmeti. Malaka ishida geometriyadagi ikki o’lchovli fazolardagi chiziqlarni xususiyatlarini o’rganilgan.
Ikkinchi tartibli chiziqlarni atroflicha oʻrganish hayotdagi ko’plab jarayonlarda katta rol oʻynaydi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Tadqiqot ishimizda geometriyaning planimetriya bo’limidagi ikki o’lchovli chiziqlar ya’ni ikkinchi tartibli chiziqlarga mansub bo’lgan giperbola va parabola xossalari va hayotda qaysi sohalarda qo‘llanilishini ko‘rsatib berish
Kurs ishining metodologik va nazariy asoslari. Tadqiqot mavzusi borasida ilgari ham koʻplab ilmiy ishlar olib borilgan. Miloddan avvalgi VII asrda geometrik ma’lumotlar bilan shug`ullanish Yunonistonga ko`chdi. Yunon faylasuflari yangi dalillar topdilar va geometrik bilimlarni izchil sistemaga soldilar. Yunonlarning bu harakatlari miloddan avvalgi III asrda Yevklid tomonidan yaratilgan “Negizlar” nomli asari bilan yakunlandi. Bu asar 13 tomdan iborat bo`lib, uning geometriyaga bag`ishlangan tomlari hozirgi davrda o`rta maktablardagi geometriya kursiga yaqin. Shuning uchun maktab geometriyasini Yevklid geometriyasi deb ham yuritiladi.
Aytib oʻtilgan adabiyotlar ikkinchi tartibli chiziqlarga eng birinchi bo’lib yozligan asarlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |