Gipoteza (qadimgi yunoncha: ὑπόθεσις hypothesis asos, taxmin)


Download 88.99 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.02.2023
Hajmi88.99 Kb.
#1148859
Bog'liq
Gipoteza - Vikipediya



Gipoteza
Gipoteza (qadimgi yunoncha: ὑπόθεσις -
hypothesis — asos, taxmin) —
hodisalarning qonuniy (sababli)
bogʻlanishi toʻgʻrisidagi taxminan
mulohaza, faraz. Gipoteza ilmiy bilishni
rivojlantirish uchun asos boʻladi.
Gipotezaning mantiqiy jihatdan tahlil
qilish (taqqoslash, analiz va sintez,
mavhumlashtirish va umumiylashtirish)
asosida bevosita bilimga oʻtish, sababiy
bogʻlanish asosida qonuniyatlarni ochish


kabi bosqichlari bor. Umumiy gipoteza bir
guruh hodisalar, jarayonlar xususiyati va
sababi toʻgʻrisidagi, xususiy gipoteza
alohida, yakka hodisalar, jarayonlar
sababi toʻgʻrisidagi taxmindir. Har qanday
gipoteza tekshirishni talab qiladi.
Natijada uning ehtimolligi ortadi yoki
kamayadi, haqiqatligi isbotlanadi yoki rad
etiladi. Yangi faktlarni eski nazariyalar
bilan izohlash mumkin boʻlmaganda,
cheklangan miqdordagi faktlar va
kuzatishlarni izohlashda gipotezaga
ehtiyoj tugʻiladi. U keyingi bilimlarga,
tekshirishlarga yoʻl ochadi, yangi
nazariyalar esa yana boshqa gipotezani
tugʻdiradi. Gipoteza bilish jarayonining


ajralmas qismi sifatida muhim
ahamiyatga egadir.
Aksioma
Teorema
Mantiq
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title
=Gipoteza&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Yana qarang
Adabiyotlar


Bu sahifa oxirgi marta 25-Dekabr 2022, 19:45 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Gipoteza&oldid=3520150" 
dan olindi

Download 88.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling