Gipovolemik shok shok: turlari, kechishi va davosi
Download 35.62 Kb.
|
SHOKLAR
Travmatik shok deyilganda kuchli shikastlanish natijasida ro’yobga keluvchi tananing umumiy reaksiyasi tushunilib, unda organizm hayotiy a’zolarining faoliyati qisqa muddat ichida buziladi. Bu faza bilan kechuvchi patologik jarayon hisoblanadi.
Travmatik shokning tasnifi. U ikki fazadan iborat: erektil va torpid. Ba’zi mualliflar uchinchi terminal fazani ham qo’shadilar. Erektil faza shok reaksiyasining boshlanishida paydo bo’ladi. Bu faza odatda qisqa bo’lsada, unda travmatik shokda ro’y beruvchi o’zgarishlar namoyon bo’ladi. Uning klinik belgilari keng yoritilgan, ya’ni bunda bemorning nutqi va harakat qo’zg’alishi kuchli namoyon bo’lib, emotsional belgilarga boydir. Bemor hushini yo’qotmagan bo‘lsa-da, atrof-muhitni anglay olmaydi. Teri sathi oqargan, sovuq terga botgan bo’ladi. Qorachig’i o’rtacha kattalashgan, pay va mushak tonuslari kuchaygan, qon bosimi normada yoki oshganligi kuzatiladi. Shuningdek, tomir urishi 100-110, nafas olishi tezlashgan bo’ladi. Erektil fazasi qanchalik kuchli bo’lsa, torpid faza shunchalik og’ir o’tadi. Torpid fazada ham ma’lum barqarorlik kuzatiladi. Unda uch davrni farq qilsa bo’ladi: boshlang’ich, harqcirorlashgan davr va oxirgi davr. Bu davrlar patologik jarayonni belgilab, organizmning turli funksional holatiga mosdir. Bu faza umumiy reaksiyaning keskin pasayishi, loqaydlik, sustlik, teri sathining oqarishi, og‘riq, termik sezgirlikning pasayishi va pay reflekslarining namoyon boiishi bilan kechadi. Arterial va venoz bosimning kamayishi, pulsning tezlashishi va behollik, nafas olishning tezlashib, uning yuzaki bo’lishi bilan ifodalanadi. Modda almashinuvi keskin buziladi. Torpid fazani Pirogov yaxshi tasvirlagan: murdasimon yotgan bemorning jarohatidan chiqib turgan nerv tolasini biror narsa bilan shikastiantirsa, qo‘l-oyoq mushaklarini qisqarishi bilan javob berib, tirikligini bildiradi. Klinik belgilarining og‘irligiga qarab shok 4 bosqichga bo‘linadi: Shokning I bosqichi (yengil). Bemorning umumiy ahvoli nisbatan yomon emas. Tomir urishi 90-100, qon bosimi 100-95/60-55 mm simob ustuni hisobida, yengil mushak titrashi seziladi. Shokka qarshi qilingan harakat o‘z foydasini beradi. Shokning II bosqichi (o‘rtacha og’irlikda), teri va ko‘rinib turgan shilliq qavatlar o‘ta oqargan, nafas olish yuzaki, minutiga 30-32 marta, puls 110- 120 marta. Buzilgan a’zolar faoliyatini o’z holiga keltirish uchun shokka qarshi qunt bilan davolash o’tkazish kerak. Shokning III bosqichi (og’ir formasi), teri sathi va ko’rinib turadigan shilliq qavatlar oqargan yoki oqish – ko’karganda bemor qora terga botgan, nafasi 30-40 marta, qon bosimi 70-50 mm (40-30 mm) simob ustuni hisobida bo’ladi. Bemor o’ta sust, harorati pasayganligi kuzatiladi. Tananing hamma funksional belgilari juda notekis, reanimatsion tadbirlarni talab qiladi. Shokning IV bosqichi (agonal oldi va agonal holatlar). Nafas olish juda siyrak, periferik tomirlar urishi va qon bosimi aniqlanmaydi. Bu holatni tiklash og’irroq. Shokning patofiziologiyctsi. Shokning asosiy beJgilaridan biri ichki a’zolarining, asosan parenximatoz organlarning kapillyarlarida nomos- noadekvat perfuziyadir. Shikastlanishning xususiyati va joyiga qarab organizmda mahalliy va umumiy o’zgarishlar kuzatiladi. Mahalliy o’zgarishlar shikastlovchi agent ta’siriga – uning kuchi, davriga bog’liq bo’lib, bunda organizmning reaktivligi katta ahamiyatga ega. Umumiy o’zgarishlar esa asab sistemasining, qon aylanishining, nafas olishning, jigar, buyrak sistemasining, endokrin modda almashinuvining buzilishi bilan xarakterlanadi. Asab sistemasining buzilishi o’ta darajada yaqqol bo’lib, asosiy somatik reaksiyalarning travma ga qarshi yuzaga kelishi bilan kechadi. Agonal holat miya qobig’ining bioelektrik aktivligiga xosdir va u miyaning retikulyar formatsiyasi hamda gipotalamus yadrosi faoliyatining so’nishigacha saqlanib turadi. Qon aylanishi sistemasining buzilishi ATQ hajmining pasayishi bilan kechadi, shuningdek qon massasi bilan kengayayotgan tomir oqimi hajmining nomosligi bilan xarakterlanadi. Kapillyarlarda qon oqimining to’xtashi, uning shaklli elementlari agregatsiyaga uchrashi natijasida inikrotsirkulyatsiyaning buzilishi ro‘y beradi. Bunday holda tornirga aktiv moddalar – kinin, adenin, gistanun, atsetilxolinlar o‘z ta’sirini ko’rsata boshlaydi. Tashqi nafas olishning o‘zgarishi minutlik nafas olish hajmini oshiradi, bu esa alveolyar hajmni pasaytirib, o‘pka funksional hajmini kamaytiradi, natijada o‘pkada qonning shuntlanishi ko‘payadi, Bu hoi paydo bo’lishida nafas olish yo’llarining obturatsiyasi, o‘pka tomirlarining yog‘li emboliyasi, o‘pka kichik venoz o’ramalarining mikrootrombozi, laktat atsidozi, aspiratsion sindrom alohida rol o‘ynaydi. Shokda ro’y beruvchi jigar va portal sistemada qon aylanishining buzilishi jigar faoliyatini yomoniashtiradi. Ishemiyaga uchragan jigar to’qimasi shokning og’ir bosqichida gipotoniyaga olib keluvchi, vazopressor modda – ferritin ishlab chiqaradi. Regionar qon aylanishining buzilishi buyraklar ishiga putur yetkazadi, diurez kamayib, anuriya paydo qiladi. Shokda endogen sistema ham buziladi. Gipofizdan adrenokortikotrop gormoni ko‘p ishlab chiqariladi. Modda almashinuvining buzilishi bosimning oshishi, glikogenning va oqsilning parchalanishi bilan namoyon bo’ladi. Gipoproteinemiya ro‘yobga keladi. Oksidlanish jarayonlari buzilishi va oksidlanmagan moddalarning organizmda ko‘payishi atsidozga olib keladi, suv-elektrolit, qon ivish xususiyatlarida keskin o’zgarishlar ro’y beradi. Shok rivojlanishida unga olib keluvchi bir qancha sabablarni aytib o’tish lozim. Asabiy ta’sirotlar, qon ketishi, sovuqqotish, issiqlab ketish, charchash, och qolish, somatik kasalliklar va boshqalar shular qatoriga kiradi. Nurlanish travmatik shokning kechishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Xulosa qilib aytganda, og’riq, toksemiya, qon у o’qolish va keyinchalik tananing sovushi shokning patogenezida asosiy ahamiyatga ega bo’ladi degan taxminga kelish mumkin. Birinchi navbatda bemorning hushini, nafas olish sifatini, nafas yo’llarining tozaligini, tomir urishi, qon bosimi, ichki yoki tashqi qon ketishini aniqlash zarur. Shu holatlar to’g’risida ma’lum fikr paydo bo’lgach og’ir shikastlarni aniqlash uchun suyak-mushak sistemasi obdon tekshiriladi. Ko’pincha ichki organlarning shikasti diagnostikada muammo bo’ladi. Rentgenologik tekshirish qon bosimi simob ustuni hisobida 80-90 mm bo’lgandagina bajariladi. Yumshoq to’qimalarning chuqur shikastlarini jarroh faqatgina birinchi xirurgik ishlashda aniqlashi mumkin. Shokning og’irligi va darajasini bilish, davoiash muolajasining ta’sirini aniqlash uchun gemodinamika, metaboiizm ko’rsatkichlarini, biokimyoviy jarayonlarni, mikrokulyatsiya buzilishini aniqlash zarur. Shokning aniq fazasini va bosqichini aniqlash uchun markaziy vena bosimini tekshirish, ATQ hajmini va uning komponentlarini aniqlash, qonning ivish va suyulish omillarini, yurakning minutlik hajmini, chekka tomirlar qarshiligini, mikrotsirkulyatsiyani bilish zarur. Shuningdek, metabolik o‘zgarishlar (kislota-asos, suv-elektrolit tengligi, kislorodni so‘rish miqdori va b.) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham kerak bo’ladi. Shokning og’irligini bosish uchun Algover taklif qilgan tenglamadan foydalanish mumkin. U quyidagicha ifodalanadi: 60\120, ya’ni suratda tomir urishi, maxrajda esa sistolik bosim ko’rsatgichi. Sog‘ odamda bu indeks 0,5 ni tashkil etadi. Shokning yengil formasida indeks 1 ga teng, ya’ni 100\100. Uning og‘ir formasida (120/80) indeks 1,5 dan oshib ketadi. Shokning aniqlash indeksiga asoslanib, qon ketishning og’irligini aniqlasa bo’ladi. Indeks birni tashkil qilsa yo’qotilgan qon hajmi 20-30 foizni, 1,5 dan ortiq bo’lganda 30-50 foizni tashkil qilgan deb hisob qilinadi. Hozirgi kunda bemorning ahvolini aniqlashda ball sistemasidan (BABS) foydalaniladi. Shokning asosiy prognostik belgilaridan biri bo’lib Glazgo koisatkichi hisoblanadi. Shikastlanish shokda birinchi yordam berish: — qon ketishni to’xtatish; — og’riqni qoldirish; — advokat o’pka ventilyatsiyasi; — plazma o’rnini bosuvchi eritmalar yuborish; — shikastlangan sohaga aseptik boylam qo’yish; — singan suyakni taxtakachlash; — adekvat ehtiyot aravakashlash. Shokni davolash kompleks holda olib borilishi kerak, davolash muolajasi shokni keltirib chiqargan sabablarni yo’qotish va organizmning buzilgan faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan bo’lishi kerak. Davolashning asosiy prinsiplari: Samarali og’riqsizlantirish. 2. Nafas va yurak-tomirlar yetish- movchiligiga qarshi kurashish. 3. Modda almashinuvi buzilishining oldini olish. 4. Ichki a’zolar tomonidan bo’lishi mumkin bo’lgan har xil asoratlarning oldini olish va ularni davolash (jigar, buyrak, septik va b.). Davolash shokning xususiyatiga bog‘liq boiadi: Og’riqni qoldirish, osoyishtalikni saqiash, zarur boisa bemorni isitish, og‘riq qoldiruvchi moddalar kiritish, novokain blokadasi, umumiy og‘riqsizlantirish, suyaklar singanda immobilizatsiya, ehtiyotkorlik bilan bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish (transportirovka). Yurak-tomirlar faoliyatini o’z holiga keltirish: qon ketishini to’xtatish, yo’qotilgan qon o’rnini to’ldirish (qon quyish, plazma, albumin, gemokorrektorlar bilan – poliglyukin, reopoliglyukin, jelatinol va b.). Tomir tonusini kuchaytirish uchun vazopressorlar ishlatiladi. Vazopressorlarni KAX ni to’ldirgach qilinsa yaxshi natija beradi. Antigistamin moddalar (dimedrol, suprastin) tavsiya qilinadi. Nafas yetishmovchiligini yaxshilash: nafas olish yoilarini tozalash, namlantirilgan kisiorod berish, o’pka dimiqishi va shish, atelektaziga qarshi kurashish, traxeobronxial shoxini sanatsiya qilish lozim. Modda almashinuvi buzilishini yaxshilash: kislota-ishqor muvozanatini o’z holiga qaytarish lozim. Bunda 3-5 foiz 300-500 ml natriy gidrokarbonat, trisamin buferi (300-5000 ml), natriy laktat ishlatiladi. Shuningdek, suv-elektrolit balansini polglyukin+novokain, glyukoza + novokain aralashmalari bilan glyukozaning gipertonik eritmaiari insulin bilan, bir molyarli eritmalar (natriy xloridning 0,85 foizli eritmasi, kaliy xlorid 7,45 foiz), kalsiy xlorid eritmaiari ishlatiladi. Buyrak funksiyasini yaxshilash uchun 200-300 ml 10 foiz mannit eritmasi qoilaniladi. Buyrak usti bezi faoliyatini yaxshilash uchun glyukokortikoidlaridan (gidrokortizon, prednizolon) 100-200 ml dan 2-3 kun tavsiya qilinadi. Glyukokortikoidlarning endogen hosil bo’lishi askorbin kislota, В vitaminlarini berish bilan kuchaytiriladi. Operativ davolash qon ketayotganda, ichki organlarning butunligi buzilganda, asfiksiyada bajarilib, u shokka qarshi muolajalar bilan paralell olib boriladi. Download 35.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling