Gips blok tarkibi va ishlab chiqarish uchun xomashyolar
Ekologik tahdid tushunchasi, rivojlanish tarixi va tasnifi
Download 70.86 Kb.
|
Ekologik tahdid tushunchasi va ularni vujudga keltiruvchi omillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- XXI asrdagi ekologik tahdidlar va ularning oqibatlari
Ekologik tahdid tushunchasi, rivojlanish tarixi va tasnifi
Ekologik tangliklar o’z navbatida avj olib, sayyoramizning ba’zi mintaqalarida ekologik halokatlarni keltirib chiqaradi. Ekologik tanglikning tinmay kuchayib borishi ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Ekologik muammolar o’z vaqtida hal qilinmasa muayyan hududga ekologik halokat хavfini olib keladi. Bu jarayonlarning ortib borishi keyinchalik dunyo hamjamiyatiga qimmatga tushishi mumkin.Yani yer yuzidagi tabiy jarayonlar va muxit tubdan o'zgarishi hamda yer yuzida yashash imkoniyatlarining kamayib ketishi muqarrar bo'lib qoladi. Ekologik tahdid (muammo) deganda insonning tabiatga ta’siri bilan bog’liq holda tabiatning ham insoniyatga aks ta’siri tushuniladi. Yani tabiatdagi tabiy qaytarilish yoki tabiy jarayonlarning sodir bolishiga inson omili natijasida zarar yetkazilishi shuningdek bu jarayonning tiklab bo'lmas darajaga keltirilishi natijasida tabiat tomonidan insonlarga salbiy tasir qiluvchi xodisa va jarayonlarning yuz berishini tushinish lozimdir. Odamzod nasli XX asrning ikkinchi yarmida shunday muammolar domiga tortildiki, endilikda ularning iskanjasidan qutulib ketish yoki ketmaslik bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylandi. Agar XX asrning birinchi yarmi oxirlarida insoniyat qarshisida asosan bitta umubashariy muammo-yadro xalokatining oldini olish ko'ndalang bo'lib turgan bo'lsa, II jahon urushidan keyin ahvol o'zgardi. Aholi tabiiy o'sishining yuqori darajasi saqlanib qolishi, fan va texnika yutuqlaridan tor manfaatlar yo'lida foydalanishga ruju qilinishi va bir qator mintaqalarda murakkab ekologik vaziyatning vujudga kelishi masalani chigallashtirib yubordi. Ana shunday sharoitda har bir aql zakovatli odam «Bunday yo'lda qanday muammolar, qiyinchiliklar, sinovlarga duch kelishimiz mumkinligini yetarli darajada aniq tasavvur qilmayapmizmi» — degan savolni o'z oldiga ko'ndalang qo'yishi va unga javob topishi zarur bo'lib qoldi. Bu savollarni butun jahon xalqlarining ishtirokisiz xal etib bo'lmaydi. XXI asrdagi ekologik tahdidlar va ularning oqibatlari Tabiatga kishilarning zug'umi kuchaya borgan sari tabiiy muvozanatning buzilishi oqibatida kishilarning yashash tarzi, sog'lig'i, ijtimoiy muhitga bo'lgan aks ta'siri tobora xalokatli tus ola boshladi. Insoniyat bunday tahlikali holatdan faqatgina, har qanday siyosiy, mintaqaviy, irqiy, milliy, diniy va boshqa manfaatlarini keyinga surib, mushtarak umuminsoniy manfaatlar tevaragida jipslashish, zudlik bilan ta'sirli choralar qo'llash orqaligina qutulishi mumkin. «Butun dunyo yagona va o'zaro bog'liqdir. Bizning mushtarak burchimiz yer yuzini bolalarimiz va nabiralarimizga obod va baxtiyor yashashlari uchun munosib qilib qoldirishdir». XXI asrdagi ekologik tahdidlar va ularni bartaraf etishning huquqiy chora-tadbirlari mavzusida olib borildi. Unda ekoligik tahdidlarning vujudga kelishi va tarixi, hamda ularning jahon mamlakatlariga va jamiyatimizga ta'siri va oqibatlari imkon qadar o'rganildi. Bundan tashqari mamlakatimizdagi ekologik hotat va uni bartaraf etishning huquqiy jihatlari o'rganishga harakat qilindi. Ayniqsa ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarga milliy va xalqaro javobgarlik masalalari qiyosiy tahlil qilindi. Shu sababli tabiatni muhofaza qilishda huquq alohida ahamiyatga ega bo'lib, u yuridik va jismoniy shaxslarga tabiatdan oqilona foydalanish hamda muhofaza etish tartib qoidalarini belgilab beradi. XULOSA Download 70.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling