Gipsli bog‘lovchi moddalar
Gipsning xarakteristikasi
Download 56,21 Kb.
|
MINERAL BOG\'LOVCHI MODDALAR YUQORI MUSTAXKAM KOMPAZITSION GIPSLI BOG\'LOVCHILARNI TAYYORLASH TARKIBLARI ,XOSSALARI VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI PPTX
Gipsning xarakteristikasi. O‘z kristall strukturasiga kura, gipsning quyidagi asosiy xillari bor: shakarsimon siniq mayda donali gips yoki bushliqda tartibsiz yunaladigan yirik donali Gips (alebastr); ipaksimon tovlanadigan, tug‘ri joylashgan, ipsimon kristallardan tarkib topgan tolali jins xamda qatlam strukturali yassi tiniq kristallar tarzida joylashgan plastinkasimon gips.
Tarkibida ikki molekula suv bo‘lgan gips monoklin singoniyaga mansub. Uning kristall to‘ri Са2Q ionlari xamda SO sulfat tetraedrlarini o‘z ichiga olgan suv molekulalaridan iborat qatlamlar bilan bo‘lingan qavatlardan tarkib topgan. Odatda, gips ustunsimon va tabletkasimon shakllarda kristallanib, ko‘pincha qaldirg‘och dumini eslatuvchi qo‘shayrilar hosil qiladi. Shuningdek, qirralari qiyshiq va yuzasi silliq yosmiqsimon kristallar ham gips uchun xos. Gips-toshning zichiligi undagi aralashmalarga bog‘liq bo‘lib.2200-2400kgg‘m3 ni tashkil qiladi. Gipsdan tayyorlangan shag‘alning hajmi massasi 1300…1600 kgg‘m3 dan iborat bo‘lib, namligi keskin ravishda 3-5% va undan ham ko‘proq chegarada o‘zgarib turadi.
- CaSO4∙0,5Н2О - CaSO4∙0,5Н2О;
gips suvsizlantirilganda, dastlab yarim gidratga aylanadi, so‘ngra qizish jarayonida suvsiz modifikatsiyalariga-angidridlarga aylanadi. va -modifikatsiyalarning hosil bo‘lishi issiqlik ta’sirida ishlov berish sharoitlariga bog‘liq. -yarimgidrat deb ataluvchi modifikatsiya digidratatsiya jarayonida suvning bug‘ holida chiqish sharoitida hosil bo‘lib, natijada bu modifikatsiya zarralari ichki yuzasi ancha rivojlangan struktura hosil qiladi. -yarimgidrat gipsga suvda yoki tuz va kislotalarning suvdagi eritmalarida issiqlik ta’sirida ishlov berilayotganda hosil bo‘ladi. Bunda suv suyuq tomchi holatida ajralib, -yarimgidratning zich kristallari hosil bo‘lishi uchun sharoit tug‘iladi. Natijada, -yarimgidrat zarrachalarining solishtirma sathi -yarimgidratnikiga nisbatan ancha (2,5-5 marta) yuqori bo‘ladi. Agar -va -yarimgidratlar teng hajmdagi suvda qorilsa, hosil bo‘ladigan gips –toshning mustahkamligi ham o‘zaro teng bo‘ladi. Download 56,21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling