Gipsli bog‘lovchi moddalar
Gipsli bog‘lovchi moddalar
Download 130.8 Kb.
|
gipsli ozgartilgan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilish gipsi
Gipsli bog‘lovchi moddalar
Gipsli bog‘lovchi moddalar kuydirilgan gips toshini mayda qilib tuyib olinadi. Gips toshi asosan, tarkibida ikki molekula suv bo‘lgan kalsiy sulfat CaSO42H2O dan iborat. Gips toshining pishirilish haroratiga va sharoitiga qarab qurilish gipsi, juda mustahkam gips hamda angidridli sement hosil bo‘ladi. Qurilish gipsi tarkibida ikki molekula suv bo‘lgan kalsiy sulfatli cho‘kindi tog‘ jinsi gipsni (CaSO42H2O) suvsiz gips deb ataluvchi angidrid toshni (SaSO4) va ayrim sanoat chiqindilarini pishirib olinadi. Davlat standartlarida ko‘rsatilishicha, 1-nav gips ishlab chiqarish uchun tarkibida CaSO42H2O ning miqdori 90 %, 2-nav uchun esa 65 %dan kam bo‘lmagan tabiiy gips toshi kerak bo‘ladi. Tabiiy gips toshi oq rangli, qattiqligi Moos shkalasi bo‘yicha 2, zichligi 2200–2400 kg/m3 bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinsidir. Uni mayda qilib tuyib 160– 170°C haroratda pishirilsa qurilish gipsi hosil bo‘ladi. Ikki molekula suv bo‘lgan kalsiy sulfatni 165°C da qizdirganda u o‘z xususiyatini o‘zgartiradi va tarkibidagi suv asta-sekin yo‘qolib, degidratatsiyalana boshlaydi. Bunda haroratning ortishi hisobiga gips toshi 1,5 molekula suvni yo‘qotib, 0,5 molekula suvli gipsga aylanadi, bu quyidagi reaksiya bilan ifodalanadi: CaSO42H2O = CaSO40,5H2O + 1,5H2O. Bunday bog‘lovchi alebastr deb ataladi.Gips aralashmasining zichligi. Tsement, gips va ohak asosidagi gips aralashmasi: tayyor quruq aralashmalar, tarkibi va nisbati. Silikon gips aralashmalari Barcha mavjud quruq qurilish aralashmalari orasida xaridor va quruvchilar orasida eng mashhuri gips aralashmasi bo'lib, uning narxi past va sifati yuqori. Bu uning xususiyatlari va xususiyatlari bilan bog'liq. Qaysi biri, biz keyingi bo'limlarda ko'rib chiqamiz. Shuningdek, biz sizni gips aralashmalarining turlari va ulardan foydalanish xususiyatlari bilan tanishtiramiz. Download 130.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling