Гипсли тупро+лар ва уларнинг мелиорацияси


Toshloq tuproqlar va ularni melioratsiyalash


Download 90 Kb.
bet3/5
Sana19.04.2023
Hajmi90 Kb.
#1366319
1   2   3   4   5
Bog'liq
1363443859 42305

2. Toshloq tuproqlar va ularni melioratsiyalash. Melioratsiyaga muhtoj tuproqlar ichida hoh u o`zlashtirish davrida, hoh qishloq xo`jaligida foydalanilayotgan bo`lmasin toshloq tuproqlar alohida o`rin egallaydi.
Ayrim, to`la rivojlanmagan tuproqlarning unumdorligiga o`z tarkibida 1mm dan yirik mexanik elementlarni mujassam etgan tuproq-skeletlari (toshloqligi) yetarlicha ta`sir ko`rsatadi.
Kachinskiy klassifikatsiyasiga ko`ra kattaligi 1-3 mm bo`lgan shag`al va 3 mm dan katta bo`lgan mexanik elementlari toshlarga ajratiladi. Tuproq skeleti (har xil tosh-shag`al) o`zlarining kelib chiqishlariga qarab turlicha: ohakli, mergelli,granitli, slanetsli, kvarsli bo`lishlari mumkin. Tuproqda ko`p miqdordagi skelet materiallarining bo`lishi, uning fizik xossalarini yomonlashishiga, namlikning keskin kamayishiga va tuproqning oziq moddalari bilan ta`minlashishining kamayishiga, tuproqqa mexanik ishlov berishda ishlov beruvchi qurollarning ko`proq yemirilishi tufayli, sarf-xarajatlarning ortishiga olib keladi.
Qirrali shag`al miqdoriga qarab tuproqlar quydagi guruxga bo`linadilar: mayda zarrachali -skelet miqdori 10% dan kam, kam chag`ir mayda tosh-10-30%,o`rtacha chag`ir mayda tosh 30-50% va kuchli xryashli-50% dan ortiq.
Toshloqlik bo`yicha N.A.Kachinskiy tomonidan quyidagi klassifikatsiya tavsiya qilingan: toshloq bo`lmagan-toshlar miqdori 0.5% dan kam, oz toshloqli - 0.5-5.0%. o`rtacha toshloqli - 5-10% kuchli toshloqli - 10% dan ortiq. Tuproq skeleti qismining xarakteriga qarab toshloqlik tiplari belgilanadi: valunli, toshli, shag`alli.
Tuproq skeleti miqdorining ortishi ko`pgina ekinlarni hosilini kamayishiga olib keladi. Ayrim o`simliklarda, masalan, toklarda bu jarayon juda kam seziladi (jadval24).
O`zbekistonda toshloq tuproqlar konus yoyilmalarining yuqorigi qismi daryo va uning irmoqlarining quyi terrasalarida uchraydi. Bulardan tashqari tuproqlarning bir qismi irrigatsion va fuqaro qurilishlari natijasida toshlar bilan ifloslangan. Daryo konus yoyilmalarida taraqqiy etgan tuproqlar ko`proq xo`jalik ahamiyatiga ega

Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling