Гипсли тупро+лар ва уларнинг мелиорацияси
Jadval 20 Skeletli tuproqlarning unumdorligi
Download 90 Kb.
|
1363443859 42305
Jadval 20
Skeletli tuproqlarning unumdorligi
O`zining ko`rinish shakllariga ko`ra toshloq tuproqlar konturlari konus yoyilmalarining bosh qismidan cho`zinchoq ko`rinishdagi polosa (yo`lka) larni eslatadi. Bu polosalar o`z navbatida qator tilchalarga bo`linib, bu tilchalar ham bir joydan tarqalgan bo`lishi mumkin. Toshloq tuproqlar konturlari shakllarining bunday xarakteri, ularning toshli materiallarini sel oqimlari bilan olib kelinganligidan dalolat beradi. Sel oqimlarining yo`nalishi, kuchi va harakati davriyligi har doim bir xil bo`lmaganligi bois tuproqlarning toshloqlik darajasi hamda toshli gorizontlarni tuproq profilida joylashishi turli xil ko`rinishga ega bo`ladi. Odatda yuqori toshloqlik darajasi konus yoyilmalarining yuqori qismida kamroq darajasi esa relyefning pastki qismida kuzatiladi. Ayrim hollarda bunday qonuniyatlardan chekinish hollari ham sodir bo`ladi. Tuproqning bir xil ayirmalarida toshloqlik ularning ularning faqat yuqorigi gorizontlari uchun xos bo`lsa, boshqa ayirmalarida tosh materiallari tuproq profilining o`rta qismiga tegishli bo`ladi. Yana ayrim holatlarda toshloqlik tuproqning pastki tuproq hosil qiluvchi jinslarda tushalgan bo`lib, ustki qatlamlar mayda zarrachali tuproqlardan iborat bo`ladi. Va nihoyat tuproqning shunday ayirmalari borki, unda butun tuproq profili toshlardan iborat (I.Aliyev. 1969; jadval25). Ayrim tuproqlardagi toshli materiallar fraksion tarkibining og`irlik va hajmiy aniqlanishlari ularning katta-kichikligi bir necha millimetrdan bir metr va undan ortiq bo`lishini ko`rsatadi. Tuproqning ko`pchilik ayirmalari uchun turli o`lchamdagi zarrachalarning bo`lishida muayyan bir qonuniyatlar xarakterlidir. Toshloqligi kam darajadagi tuproqlarda (bundan toshlar bilan ifloslangan tuproqlar mustasno) yirik tosh fraksiyali uchramaydi, ya`ni ularning toshloqligi skeleti fraksiyalardan tashkil topgan. Toshloqlik darajasi yuqori tuproqlarda kam toshloqlangan tuproqlarda uchraydigan fraksiyalar miqdori ortadi, bunda ko`pchilikni eng yirik o`lchamlardagi emas, balki o`rtacha o`lchamlardagilar tashkil etadi. Tekislangan yerlarda, ayniqsa chetki qismlari tekislangan tuproqlarda tosh materiallarini fraksion tarkibi bir muncha boshqacharoq - bu sharoitda eng yirik tosh fraksiyalari ko`pchilikni tashkil etadi. Tosh materiallarning tahminan shunday miqdorlari yirik valunli birikmalarda ham uchraydi. Bir xil darajada toshloqlangan tuproqlarda tosh materiallarining granulometrik tarkibi deyarli bir xil. Tuproq profilida toshloq gorizontlarning turlicha joylashishi, toshloqlilik darajasi, toshloq tuproqlardagi skelet-toshloq materiallarini granulometrik va petrografik tarkibi, ular ayirmalarining har xilligidan guvohlik beradi. Xuddi shunday tuproq ayirmalari yuqori qatlamlarda 15-20 sm li tosh bo`laklarini ushlagan taqdirda qishloq xo`jalik mashinalari bilan ishlov berishga imkoniyat bermaydi. Toshloq tuproqlarning melioratsiyasi quydagi yo`llar bilan amalga oshirilishi mumkin: toshlarni terib tashlash va kolmatajlash. Melliorativ ishlar hajmi bu tuproqlarni xaydalma yaroqli qilishga intilishga qaratilgan bo`lishi kerak. Melioratsiya qilingan tuproqlarning haydalma qatlamlarida 15-20 sm li toshlar yo`qotilganda maqsadga erishildi deb hisoblash mumkin. Bunday tuproqlarni keyinchalik yaxshilanib borishi qishloq xo`jaligida foydalanish jarayonlarida amalga oshiriladi. I.Aliyev (1969) toshloq tuproqlarni rang-barangligiga qarab 4 ta meliorativ guruxga ajratadi: 1. Yirik-volunli dalalar. Yuqori gorizontlarning toshloqligi 70% dan ortiqroqni, shu jumladan 50 sm dan yirik xarsanglar 45-50% ni tashkil etadi. 2. Xarsang-galechnikli yerlar - toshloqlik 70% gacha boradi, 15% atrofida 10-30 sm razmerdagi valunlar va kam holatlarda yirik bo`laklardan tashkil topgan. 3. Mayda chag`ir toshli yerlar. Toshloqlik 25-50 og`irlik foizni tashkil etadi. Toshloqlikning yuqori darajasida volunlar uchraydi. 4. Toshli-mayda chag`ir toshlar yerlar bilan. To`rtinchi kategoriyadagi yerlarda toshloq haydalma osti qatlami bo`lmagan hollarda toshlarni kamaytirishga qaratilgan ishlarni o`tkazmasdan ularni tekislash va haydash mumkin. Mayda chag`ir-toshli dalalar, - 3-kategoriyali yerlar yirik toshlar va mayda valunlardan tozalashni talab etadi. 2-kategoriyadagi yerlar ham toshlardan albatta tozalashni talab etadi. 1-kategoriyadagi yerlar iqtisodiy nuqtai nazardan o`zlashtirishga yaroqsiz hisoblanadi. Tuproq profilining o`rta va pastki qismidagi toshloq tuproq ayirmalarini mumkin qadar tekislamaslik lozim, chunki toshloq qatlamlarning tuproqli qatlamlar bilan aralashib ketishi oqibatida ular unumdorligini yo`qotish mumkin. Bunday yerlardan yomg`irlatib sug`orishda foydalanilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Jadval 21 10> Download 90 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling