Giroskop (giro va skop) aylanish o qi fazoda o z yo nalishini o zgartira oladigan tez aylanuvchi
Download 48.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Физика мав жавоб
Giroskop (giro... va ...skop) — aylanish o qi fazoda o z yo nalishini o zgartira oladigan tez aylanuvchi qattiq jism. Aylanish o qi fazoda erkin aylana olishi uchun G.ni kardanli osmaga mahkamlab qo yish kerak (qarang Kardanli mexanizm). Osma markaziga nisba- tan G. istalgan yo nalishda burilishi, uning aylanish o qi doiraviy konussimon sirt yasab harakatlanishi (qarang Presessiya) mumkin. Keyingi xususiyati navi- gatsiya asboblari — girokompas, girovertikal va b.ga asbob qilib olingan. G.ning har qanday holda ham fazoda o z o qi yo nalishini o zgarishsiz saqlay olishi xossasi- dan samolyot, raketa, dengiz kemalari, torpedolar va b. harakatini avtomatik tarzda saqlash uchun fo- ydalaniladi (mas, avtopilot). Kemalarda matroslar- ning osma to rkrovatlari G. xossasiga asoslangan (ke- ma qanchalik chayqalmasin matroslar bemalol uxlab ketishaveradi). Samolyotning kursdan og ganligini aniqlaydigan asbob yo nalish G.i, ya ni giropolukompas deb ataladi. U avtopilotlarda qo llaniladi.[1] Giroskop. Giroskop (qadimgi yunoncha: γ ο — „halqa“, qa- dimgi yunoncha: κοπ — „kuzataman“), deb impuls momenti prinsiplariga asosan mo ljal olish uchun xizmat qiluvchi qurilmaga aytiladi.[2] Mexanik ji- hatdan, giroskop o qi erkin harakatlanuvchi ayla- nuvchi g ildirak yoki diskdan iborat. Ushbu mo ljal o zgarmas bo lmasa-da, u katta aylanish tezligi va inersiya momenti tufayli tashqi kuch momenti ta siridan deyarli o zgarmaydi. Tashqi kuch momenti- ni yanada kamaytirish uchun giroskop muvozanat xalqasiga o rnatiladi, natijada unga o zi joylashgan platforma harakati ta sir qilmaydi. Boshqacha prinsiplarga asoslangan giroskoplar ham mavjud, masalan, elektron giroskop, lazerli gi- roskop, optik tolali giroskop, va o ta sezgir kvant gi- roskopi. Giroskoplar inersiyali navigatsiyada, ayniqsa kompas ishlamaydigan sohalarda qo llaniladi. Bularga qit alararo ballistik raketalar, fazoviy kemalar par- vozlari, yerosti tunnel kavlash va boshqalar kiradi. Download 48.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling