Seysmik va fizik-mexanik xossalar
Tog’ jinslarning seysmik xossalari asosan bo’ylama va ko’ndalang to’lqinlar tarqalish tezliklari. Yung moduli, Puasson koeffitsiyenti, siljish moduli va deformatsiya moduli bilan ta’riflanadi. To’lqinlar bo’ylama p (siqilish to’lqinlar) va ko’ndalang S (siljish to’lqinlar)ga ajraladi. Bo’ylama to’lqin tarqalganda muxitning zarrachalari to’lqin tarqalish yo’nalishi bo’yicha siljiydi, ya’ni nur bo’yicha siljiydi. Ko’ndalang to’lqin tarqalganda muxitning zarrachalari nurga normal (perpendikulyar) bo’lgan tekislikda siljiydi. Boshqa so’z bilan aytganda, bo’ylama to’lqinlar muxitni elementar xajmlarini o’zgartirib, ko’ndalang to’lqinlar - ularning shaklini o’zgartirib tarqaladi. Bo’ylama va ko’ndalang to’lqinlarning tarqalish tezligi tog’ jinslarning elastiklik parametrlari va zichlik bilan aniqlanadi.
Ko’p tog’ jinslarda bo’ylama to’lqinlar tezligi (Vp) ko’ndalang to’lqinlar tezligidan (Vs) 1,7 marta katta, ya’ni Vp~1,7 Vs. Seysmik to’lqinlar tezligi m/с yoki km/с da o’lchanadi.
Tabiiy radioaktivlik
Tog’ jinslarning tabiiy radioaktivligi barqaror bo’lmagan atomlar yadrolari o’z-o’zidan parchalanish natijasida alfa (a)-beta (в) - zarralar va gamma (y) -
nurlanishlar xosil etganda kuzatiladi.
Namunalar chiziqli tayanch kesmalar (profillar) bo’yicha olinadi. Tayanch profillarni o’rganish joyini tanlash uchun rayondagi geofizik kuzatuv xaritalar dalillari xisobga olinadi: profillar asosiy magniy, gravitatsion va radioaktivli anomaliyalarni kesib o’tishi lozim. Namunalar olish nuqtalari anomal va normal uchastkalarda mo’ljallanadi.
Namunalar yoki tabiiy xolatda yotgan jinslar bo’yicha asosiy fizik xossalari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |