Mavzu: O’rganilayotgan qatlam tog’
jinslarining fizik xossalari
Reja:
l .Tog’ jinslarining asosiy fizik xossalari.
2.Tog’ jinslarining asosiy
muxandislik-geologik ta’riflari.
Geofizikada asosan quyidagi fizik xossalar ishlatiladi: zichlik, g’ovaklik, singdiruvchanlik, solishtirma elektrik qarshilik, qutblanish, dielektrik singdiruvchanlik, magnitlanganlik, magnit qabul qiluvchanlik, elastik to’lqinlarining tarqalish tezligi, tabiiy radioaktivlik, issiqlik o’tkazuvchanlik.
Geofizikada turli fizik maydonlar o’rganiladi. Fizik maydonlarning keskinligi tog’ jinslarining turli fizik xossalari bir biridan farq qilishiga bog’lik. Shuning uchun jinslarning fizik xossalari ta’sirida xosil bo’lgan turli fizik maydonlarni o’rganishda turli geofizik usullari qo’llaniladi.
Tog’ jinslar va ma’danlarni fizik xossalarini o’rganishda majmuali geologik-geofizik ishlar olib borish vaqtida rayondagi jinslarni tasniflash, jinslarning fizik xossalari va turli geolog-petrografik omillari orasidagi qonunli aloqalarni aniqlash, petrografik kesimlar va xaritalar tuzish maqsadida namunalar yig’ib olinadi. Bundan tashqari, rayonning geologik tuzilishini o’rganishda quduqdan olingan kern ishlatiladi.
Tog’ jinslarining asosiy muxandislik-geologik ta’riflari.
Tog’ jinslarning muxandislik-geologik ta’riflariga zichlik, g’ovaklik va singdiruvchanlik kiradi. Zichlik (p)-jinsning massasi egallagan xajmiga nisbati p=m/v kg/m3 yoki g/sm3 da o’lchanadi. Zichlikning turlari:
1 ) Tabiiy namlik bilan tog’ jinsning zichligi;
2 ) Gaz-suvga to’yingan yoki gazneftga to’yingan jinsning zichligi;
3 ) Gazga to’yingan jinsning zichligi;
4 ) Mineralogik zichlik (jins qattik skeletining yoki qattik fazasining zichligi).
Singdiruvchanlik (g’ovaklik) koeffitsentini topish formulasi
G’ovaklikni katta - kichikligini ifodalash maqsadida tog’ jinsining umumiy hajmidan qancha qismi govaklardan iborat ekanligini ko’rsatuvchi g’ovaklik koeffitsiyentidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |