Gistologiya javoblari
Download 154.37 Kb.
|
Gistologiya javoblari
Mikronaychalar elektron mikroskop ostida glyutaraldegid bilan fiksatsiya qilingan kesmalarda shu asrning 60-yillarida topilgan. Mikronaychalar asosan oqsildan tashkil topgan bo`lib membrana tuzilishiga ega emas.
Mikronaychalar aniq tuzilishga ega bo`lgani uchun ularni hujayraning boshqa komponentlaridan ajratish oson. U eukariotik hujayralarning hammasida bo`lib, bakteriyalar va boshqa prokariotik hujayralarda uchramaydi. Mikronaychalar sitoplazmaning muvaqqat tuzilmalarini (bo`linish dukini) hosil qilishi mumkin. Mikronaychalar - sentriola, bazal tanacha, xivchin va kiprikchalarning asosiy struktur birligi hisoblanadi. Mikronaycha (17-rasm a, b) to`g`ri, shoxlanmaydigan ichi bo`sh silindrdir. Uning tashqi diametri 24 nm, ichki diametri 15 nm bo`lib, devor qalinligi 5 nm ga teng. Mikronaychada devori zich joylashgan kattaligi 5 nm bo`lgan subbirliklardan tashkil topgan (17-rasm, a).. Elektron mikroskop ostida, ko`ndalang kesmalarda asosan 13 subbirlik farqlanadi. Turli hujayralardan (sodda hayvonlarning kiprikchalaridan, nerv to`qimasi hujayralaridan, bo`linish dukidan) ajratib olingan mikronaychalarning ximiyaviy tuzilishi bir xil. Mikronaychalar o`zi uchun xarakterli bo`lgan oqsil - tubulinlardan tuzilgan. Tubulinlar ba’zi bir alkaloidlar (kolxitsin, vinoplastin) bilan birikish qobiliyatiga ega. Tozalangan tubulinlar GTF (guanintrifosfat) va Mg++ bor muhitda mikronaychalar hosil qiladi. Kolxitsin esa mikronaychalar hosil bo`lishiga to`sqinlik qiladi yoki mikronaychalarni parchalab yuboradi. Mikrofilamentlar sitoplazmaning chetki yuzalarida tutamlar hosil qilib joylashadi. Ularni amyobalar psevdopodiylarida yoki harakatdagi fibroblastlarning o`siqlarida ko`rish mumkin. Oxirgi vaqtlarda mikrofilament tutamlarida mushak to`qimasining qisqaruvchi elementlaridagi singari aktin, miozin, tropomiozin, a-aktinin topilgan. Mikrofilamentlar qisqarish vazifasini bajarsa kerak. 21. Хроматиннинг структур-функционал тавсифи Xromatin yoki xromatin to`ri interfazadagi yadroning ipsimon cho`zilgan xromosomalaridan iborat (22, 23-rasmlarga q.). Interfazada xromatin bo`yoqni yaxshi qabul qilmaydi, oddiy (yorug`lik), mikroskop ostida nozik ipcha shaklida ko`rinadi. Xromatinning asosiy sitoximik belgisi unda DNK ning bo`lishidir. Interfazadagi yadro DNK si asosan DNK uchun xos bo`lgan Fyolgen reaktivi bilan bo`yalganda yaxshi bilinadi. Fyolgen reaksiyasining intensivligi DNK miqdoriga to`g`ri proportsional. Optik zichlikning o`zgarishini o`rganish orqali strukturadagi yutuvchi moddaning miqdorini aniqlash mumkin. Shunday qilib, hujayradagi ko`pgina ximiyaviy komponentlarni miqdoriy analiz qilish mumkin bo`lganday sitospektrofotometriya usuli orqali har bir hujayradagi DNK miqdorini aniqlash mumkin. Yadroning interfaza davrida ishqoriy bo`yoqlar bilan yaxshi bo`yaluvchi qismlari (spiralizatsiya natijasida), Geytts tomonidan 1928 yilda geteroxromatin bo`limlar deb nomlangan. Bu bo`limlar xromosomalarning boshqa qismlari, euxromatindan keskin farqlanib turadi (23-rasmga q.). Euxromatin qismlari interfazadagi yadro xromosomalarining despirilizatsiyasiga uchrab nozik to`r hosil qilgan bo`limlaridir. Xromosomalarning geteroxromatin bo`limlari yana xromotsentrlar deb nomlanib, ular yadrochaga birlashib ketganligi tufayli yadrocha xromatini deb ham etiladi. Olimlarning fikricha, xromosomalar qanchalik ko`proq despirilizatsiyaga uchrasa, ular shunchalik sintetik jarayonda aktivroq ishtirok etadi. Xromatinning geteroxromatin qismlari xromosomaning telomerlar, sentromerlar soxasiga to`g`ri keladi. Geteroxromatin qismlari aktiv bo`lmasa ham bu qismlar euxromatin qismlari funktsiyasiga kuchli ta’sir qiladi. Hozirgi vaqtda struktur va fakultativ geteroxromatin farqlanadi. Fakultativ geteroxromatin vaqtinchalik kondensatsiyaga uchragan xromatin bo`lib, struktur geteroxromatin esa doimo kondensatsiya holatida bo`ladi. Struktur geteroxromatin funktsiyasi hozircha noma’lum. 23. Экзокрин безларнинг секреция турлари. Ekzokrin bezlarda ishlanayotgan sekret shilliq, oqsil, aralash shilliq-oqsil yoki moy tabiatli bo`lishi mumkin. Oqsil ishlovchi bezlarda donador endoplazmatik to`r kuchli rivojlangan bo`ladi va u hujayrani bazal va markaziy o`rta qismlarini to`ldirib turishi mumkin. Sekret ishlovchi hujayralar orasida hujayra oraliq kanalchalarini ko`rish mumkin. Bunga misol qilib, so`lak bezi oxirgi bo`limidagi hujayralararo kanalchalarni keltirish mumkin. Ba’zan sekretor hujayralarda hujayra ichi kanalchalari ham farq qilinadi. Bunday kanalchalar me’da fundal bezlarida joylashgan pariyetal hujayralarda bo`ladi. Bez hujayralarida hosil bo`lgan sekret vaqti-vaqti bilan tashqariga chiqariladi, shuning uchun bez hujayralari sekretsiya jarayonining ma’lum davrlarida o`ziga xos tuzilishga ega bo`la-di. Bez hujayralarining sekret ishlash jarayoni bilan bog`liq bo`lgan o`zgarishiga sekretor sikl deb yuritiladi. Uni quyidagi 5 fazaga bo`lish mumkin: 1) hujayrada sekret ishlash uchun kerak bo`lgan moddalarning to`planishi; 2) hujayra ichidagi strukturalar ishtirokida sekretning sintezlanishi; 3) sekretor moddaning yetilishi; 4) yetilgan sekretor moddaning to`planishi; 5) sekretor moddaning ajralib chiqishi. 24. Бир қаватли кўп қаторли эпителий: тараққиёт манбалари, жойлашиши, тузилиши. Download 154.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling