Gistologiya javoblari


Download 154.37 Kb.
bet9/45
Sana16.06.2023
Hajmi154.37 Kb.
#1502553
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45
Bog'liq
Gistologiya javoblari

Sekretor kiritmalar bez hujayrasiga xos bo`lib, hujayradan chiqaruvchi va organizm normal hayot kechirishi uchun o`ta ahamiyatga ega bo`lgan moddalardan tashkil topgan. Bu kiritmalar turli ximiyaviy tarkibga ega bo`ladi. Sekretor granulalar gomogen moddadan tashkil topgan bo`lib, lipoproteid membrana bilan o`ralgan. Elektron mikroskop sekretor granulalar va vakuolalarning yetilishidagi sifat o`zgarishlarini ko`rishga imkon beradi. Elektron mikroskopik radioavtografiya yordamida Noytr va Leblond Golji kompleksida mukopolisaxarid tipidagi moddalar sintez bo`lishini ko`rsatdi. Hozirgi davrda polisaxaridlarning faqat Golji kompleksi komponentlarida sintez bo`lishi va shakllanishi ko`pchilik tomonidan tan olingan. Sekretning yetilish va chiqarilish davrida uning elektron zichligi o`zgaradi. Bu o`zgarishni sekretning shishishi yoki kondensatsiyalanishi bilan tushuntirish mumkin.
Ekskretor kiritmalarga hujayradan chiqishi kerak bo`lgan katabolitik moddalar (buyrak kanalchalari hujayrasidagi mochevina va boshqalar) kiradi.
Pigment kiritmalar hayvon hujayralarida turli formalarda uchraydi. Qoramtir pigment melanin donalari yumaloq yoki tayoqchasimon shaklda bo`lib, ularning kattaligi har xil umurtqa-li hayvon hujayralarida 0,1 dan 6 mkm gacha bo`ladi (21-rasm). Sitoplazmasida melanin granulalari ko`p bo`lgan hujayralar pigment hujayralari - melanotsitlar yoki melanoforlar nomini olgan. Ular asosan himoya funktsiyasini o`taydi. Ma’lumki, melanin tirozinning tirozinaza bilan oksidlanish mahsulotidir. Ximiyaviy tarkibi jihatidan melanin adrenalinga va serotoninga yaqin turadi. Melanotsitlarni elektron mikroskop ostida o`rganish melanin donachalarini 2 qismdan: protein tanachadan va ko`pgina mayda osmiofil granulalardan tuzilganligini ko`rsatdi
11. Ҳужайраларнинг ўзаро бирикиши турлари. Нексус
?
12. Митохондриялар: тузилиши ва вазифалари
Mitoxondriyalar. Mitoxondriyalar har bir hayvon hujayralarida uchraydigan organellalardir. Mitoxondriya nomi (yunon. mitos - ip, chondros - dona) birinchi marta 1898 yilda Benda tomonidan berilgan bo`lsada, Flemming (1882) va Altman (1890) boshqa nom bilan bu organellani undan ilgariroq ta’riflab bergan edilar.
Mitoxondriya shakli o`zgaruvchan bo`lib, ko`pincha, ipcha yoki donacha holida ko`rinadi. Ma’lum funktsional holatlarda uning formasi o`zgarishi mumkin. Masalan, uzun mitoxondriya bir tarafdan shishib yoki bir tarafidan botib tennis raketkasi shaklini olishi mumkin. Ba’zan mitoxondriyaning markaziy zonasi tiniqlashib, pufakcha tusiga kiradi.
Mitoxondriya kattaligi o`zgaruvchan. Ko`pincha hujayralarda bu organellalarning eni nisbatan o`zgarmas (0,5 mkm ga yaqin). Uzunligi esa o`zgarib turadi (eng uzuni 7 mkm). Lekin hujayraning funktsional holatiga qarab juda ingichka (0,2 mkm) va yo`g`on (2 mkm) tayoqchasimon xillarini uchratish mumkin.
Mitoxondriya shakli va kattaligi osmotik bosimga va fiksatorning pH iga qarab o`zgaradi. Mitoxondriya, asosan, sitoplazmada bir tekis joylashadi. Ba’zan esa bu qoida buziladi. Mitoxondriyaning bunday joylashishi ularning funksional holatiga bog`liq. Ular qayerda energiya ko`proq kerak bo`lsa o`sha yerga to`planadi. Masalan, diafragmaning mushak tolalarida mitoxondriyalar miofibrillalarning disklari atrofida bo`ladi, ko`z to`r pardasining tayoqcha va kolbachasimon hujayralarida esa ichki bo`g`imning bir qismiga yig`iladi. Buyrak kanalchalari hujayralarida mitoxondriya bazal plazmatik membranada yotadi.
Hujayralardagi mitoxondriyalarning sonini aniq aytish kiyin. Ularning miqdori hujayra tipiga va funksional holatiga bog`liq, jigarda 30-35%, buyrakda 20% oqsil mitoxondriyaga to`g`ri keladi. Jigar gomogenatining 1 grammiga 8,7-1010 mitoxondriya to`g`ri keladi. Sog` jigar hujayrasi 2500 mitoxondriya, regeneratsiya bo`layotgan jigar hujayralarida va jigar o`smalari hujayralarida ularning soni kam. Elektron mikroskopik tadqiqotlar mitoxondriyaning i k k i q o- b i q bilan o`ralganligini ko`rsatadi (10-rasm, a). T a sh q i m e m b r a n a n i n g qalinligi taxminan 6 nm bo`lib, shu organellaning o`tkazuvchanlik xususiyatini belgilasa kerak. Ichki tarafda yotuvchi i ch k i mitoxondrial membrana tashqarisidagidan farqli o`laroq, tekis bo`lmay, o`simta (krista) lar hosil qiladi (11-rasm, a). Bu membrananing ham qalinligi taxminan 6 nm. Ichki membranalar orasidagi bo`shliq mayda donador moddalar bilan to`lgan bo`lib, matriks deb etaladi. Mitoxondriya matriksida elektron zich (to`q) granulalar bo`lib, ularning zichligi Ca++ va Mg++ ionlariga bog`liq.
Mitoxondriya kristalari organella matriksini butunlay ajratmaydi va shuning uchun ham matriks yaxlit bo`ladi. Mitoxondriya membranalari murakkab tuzilishga ega bo`lib, ikkita tashqi elektron zich (to`q) qavatlardan va o`rta och qavatdan tuzilgan. Har xil tipdagi hujayralarda kristalar soni turlicha. Buyrak hujayralarida, skelet va yurak mushagida kristalar soni ko`p va zich joylashgan. Jigar hujayralarida, spermatidlarda esa kam va siyrak. Bir teshdagi hujayralarda ham mitoxondriya kristalarining soni xar xil bo`lishi mumkin. Ba’zi bir holatlarda (skelet mushagi mitoxondriyalari, neyron o`simtalarida va ba’zi bir organizmlarning spermatidlarida) kristalar mitoxondriya o`qiga ko`ndalang emas, balki o`q bo`yicha joylashishi mumkin. Ba’zi oddiy hanvonlarda ichki membranalar kristalar o`rniga naycha hosil qiladi. Kristalarning bunday strukturasi ba’zan umurtqali hayvonlar hujayralarida, masalan, buyrak usti bezining po`st qismi quyon urug`donining interstitsial hujayralarida uchraydi.
13. Мембранали ҳужайра органеллалари. Лизосомалар

Download 154.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling