Gistologiya javoblari


To`qimalarning o`zgaruvchanligi


Download 154.37 Kb.
bet17/45
Sana16.06.2023
Hajmi154.37 Kb.
#1502553
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
Bog'liq
Gistologiya javoblari

To`qimalarning o`zgaruvchanligi. Har bir to`qima o`ziga xos tuzilishga va xususiyatlarga ega va shu bilan boshqa to`qimalardan farq qiladi. To`qimalarning o`z xususiyatlarini saqlab turishi determinatsiya deb yuritiladi. Modda almashinishlarining o`zgarishi to`qimalarning maxsus funksiyalarining va morfo-funksional xususiyatlarining o`zgarishiga yoki patologik o`zgaruvchanlikka olib keladi. Bu jarayonida to`qima o`zining maxsus xususiyatlarini yo`qotadi va shu to`qimaga xos bo`lmagan tuzilmalar hosil bo`ladi. To`qimalardagi bunday o`zgarishlar metaplaziya deyiladi. Metaplaziya turli patologik holatlarda va eksperimentlar ta’sirida paydo bo`lishi mumkin.
32. Безли ҳужайралар, тузилишидаги хусусиятлари, синтетик аппарати
Bez hujayralarida hosil bo`lgan sekret vaqti-vaqti bilan tashqariga chiqariladi, shuning uchun bez hujayralari sekretsiya jarayonining ma’lum davrlarida o`ziga xos tuzilishga ega bo`la-di. Bez hujayralarining sekret ishlash jarayoni bilan bog`liq bo`lgan o`zgarishiga sekretor sikl deb yuritiladi. Uni quyidagi 5 fazaga bo`lish mumkin: 1) hujayrada sekret ishlash uchun kerak bo`lgan moddalarning to`planishi; 2) hujayra ichidagi strukturalar ishtirokida sekretning sintezlanishi; 3) sekretor moddaning yetilishi; 4) yetilgan sekretor moddaning to`planishi; 5) sekretor moddaning ajralib chiqishi
Birinchi fazada qon va limfadan hujayraning bazal plazmatik qobig`i orqali sekret ishlash uchun kerakli bo`lgan turli noorganik tuzlar, suv, aminokislotalar, monosaxaridlar, yog` kislotalari va boshqa moddalar uning sitoplazmasiga kiradi. So`ngra ulardan bez hujayralarining endoplazmatik to`rida organik birikmalar hosil bo`lib, ular Golji kompleks sohasida yetiladi va shakllanadi. Golji kompleksining sekret donachalar saqlovchi qismlari ajralib, apikal qismi sohasida to`planadi va bez oxirgi bo`limlari bo`shlig`iga ajraladi (57-rasm). Turli bez hujayralarida sekretor sikl ayrim fazalarining davom etish davri har xil bo`ladi.
33. Ўзгарувчан эпителийнинг морфофункционал тавсифи

Download 154.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling