Gistologiya javoblari
Ko`ndalang-targ`il mushakning organ sifatida tuzilishi
Download 154.37 Kb.
|
Gistologiya javoblari
Ko`ndalang-targ`il mushakning organ sifatida tuzilishi. Mushakning organ sifatida shakllanishida biriktiruvchi to`qima ham ishtirok etadi. U mushakni parda shaklida o`raydi va qon tomirlar bilan birgalikda mushakning ichiga ham o`sib kiradi. Mushakni sirtdan o`rab turuvchi biriktiruvchi to`qima parda epimiziy yoki fasspya deb ataladi. Mushak ichidagi biriktiruvchi to`qima qatlamlari mushak tolalarini alohida tutamlarga bo`lib, ichki perimiziy deb ataladi.
Biriktiruvchi to`qima tolalari ham bir mushak tolasini nafis to`r shaklida o`raydi. Bu nozik to`r endomiziy nomini olgan. Ichki perimiziy tarkibida yo`naluvchi qon tomirlar tarmoqlanib, har bir mushak tolasini o`rovchi kapillyarlar to`rini hosil qiladi. Mushak tolalariga payning kollagen tolalari tutashadi Bu yerda mushak tolalarining uchlari barmoqsimon o`simtalar hosil qiladi va ular orasiga kollagen tolalar o`sib kiradi. Mushak to`qimasida shu to`qima uchun xos bo`lgan mioglobin pigmenti joylashadi. Mioglobin ikki qismdan - gem (temir) va oqsil komponenti globindan iborat. Miaglobin mushak fiziolo-giyasida katta rol o`ynaydi. Uning asosiy vazifasi o`zida kislorod saqlash xususiyatidir. Mushak qisqargan paytda knslorodning mushak to`qimasiga kirishi qiyinlashadi, lekin kup miqdorda sarf qilinadi. Bu holda mioglobin o`zida ushlagan kislorodni sarflaydi. Sarkoplazmada mioglobin qancha ko`p bo`lsa, mushak kislorodga shuncha boy bo`ladi. Ayrim sut emizuvchi hayvonlar mushagida juda ko`p miqdorda g`amlangan kislorod bo`ladi. Masalan, tyulenlarda 47% kislorod mioglobin bilan bog`langan holda bo`ladi, faqat 38% i qonda bo`ladi. Mioglobin mushakka qizil rang berib turadi. Rangiga qarab qizil va oq mushaklar tafovut qilinadi. Qizil mushaklar oq mushakka nisbatan sekin qisqaradi, lekin ayrim hollarda oq mushak (masalan, tovuqning ko`rak mushagi) qizilga nisbatan sekinroq qisqarishi mumkin. Bundan tashqari, har bir qizil mushak tolasida oz miqdorda oq tolalar ham uchrab turadi. Qizil mushak tolalarida oksitslanish protsesslari juda yuqori rivojlangan bo`lib, oq mushak tolalarida esa, modda almashinuv protsessi ko`proq anaerob glikoliz shaklida boradi 95. Юрак мушак тўқимасининг атипик ҳужайралари Yurakdagi qo`zg`alishni o`tkazuvchi mushak to`qimasi (Purkinye tolalari yoki atipik kardiomiotsitlar) ham mushak hujayralari - kardiomiotsitlardan tuzilgan bo`lib, ular qisqaruvchi kardiomiotsitlardan yirikroq (uzunligi 100 mkm, kengligi 50 mkm), qo`zg`alishni peysmeker hujayralaridan qisqaruvchi mushak tolalariga o`tkazadi. Peysmeker (ritm boshqaruvchi) hujayralar atipik mushakning alohida turi bo`lib, u vegetativ nerv sistemasining tolalari bilan innervatsiya qilingan. Gistologik preparatlarda atipik hujayralar kuchsiz bo`yaladi. Chunki bu hujayralarda mioglobin va miofibrillalar kamroq, sarkoplazma esa ko`proqdir. Miofibrillalar doimo bir-biriga parallel yotmaydi, natijada bu hujayralarda ko`ndalang-targ`illik kuchsizroq rivojlangan. Kardiomiotsitlarda mitoxondriyalar (sarkosomalar), ribosomalar ancha kam, T- sistema esa juda kuchsiz rivojlangan. Sarkosoma-larning kam bo`lishi moddalarni aerob parchalanishi sust ketishini ko`rsatuvchi dalilidir. So`nggi vaqtlarda yurakning bo`lmacha kardiomiotsitlarida maxsus glikoproteid tutuvchi sekretor granulalar borligi aniqlandi. Shu bilan birga bu hujayralar qon bosimi va ionlar muno-sabatini boshqaruvchi natriy uretik faktor sekretsiya qilishi, bu hujayralar ma’lum endokrin funksiyaga ega ekanligini ko`rsatadi. 96. Кўндаланг-тарғил юрак мушак тўқимасининг гистогенези, тузилиши ва регенерацияси Download 154.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling