Gistologiya javoblari
Ko`ndalang-targ`il mushak to`qimasining taraqqiyoti va regeneratsiyasi
Download 154.37 Kb.
|
Gistologiya javoblari
Ko`ndalang-targ`il mushak to`qimasining taraqqiyoti va regeneratsiyasi. Skelet mushaklari mioblast hujayralarining zich to`plamlari bo`lgan miotomlardan rivojlanadi. Mioblastlar ko`pa-yib, atrofdagi mezenximaga ko`cha boshlaydi va bo`lgusi mushak gruppalarining kurtaklari joylashadigan yerlarda to`plana boradi. Mioblastlar yadrolarining jadal bo`linishi natijasida yirix, ko`p yadroli tuzilmalar - miosimplastlarga aylanadi. Keyinchalik ularda miofibrillalar paydo bo`lib, miosimplastning periferiyasida joylashadi.
Simplastlarning markazida sarkoplazma va qator tizilgan yadrolar yotadi. Taraqqiyotining bu davrida ularni mushak naychalari deb yuritiladi. Keyinchalik miofibrillalarning soni ko`payadi, yadrolar periferiyaga suriladi va shu yo`sinda ko`ndalang-targ`il mushak tolalari shakllanadi Ko`ndalang-targ`nl mushak to`qimasi jarohatlangandan keyin qulay sharoitlarda tiklanish qobiliyatiga ega bo`ladn. Reperativ tiklanish vaqtida mushak tolalarnda ko`p miqdorda differen-tsiallashmagan mioblastlar hosil bo`ladi. Ba’zi mualliflarning fikricha, mioblastlar jaroxatlangan mushakning yadro va sitoplazma saqlaydigan bir bo`lagidir. Mushak to`qimasida sarkolem-maning bazal qavati va asl plazmolemmasi orasida yo`ldosh hujayralarning topilishi mioblastlar yo`ldosh hujayralaridan hosil bo`ladi, degan fikrga olib keldi (Studitskiy A. H.). Xuddi normal gistogenezda bo`lgani kabi, mioblastlardan mushak tolalari taraqqiy etadi. Qayta tiklanishda ham taraqqiyotning uch fazasi kuzatilishi mumkin: 1) mioblastlar fazasi, 2) mushak naychalari fazasi, 3) mushak tolalarining shakllanish fazasi. Qulay sharoitlar bo`lmagan hollarda mushak to`qimasining regeneratsiyasi to`liq nihoyasiga yetmaydi va shikastlanishda hosil bo`lgan nuqson biriktiruvchi to`qima chandig`i bilan almashinadi. Postnatal o`sish davrida mushak tolalari uzunlashadi va yo`g`onlashadi. Ularning kattaligi shu mushaklar bajarayotgan ishga bog`lik. Tug`ilishning birinchi yillaridan so`ng mushak to`qimasining o`sishi faqatgina tolalarning yo`g`onlashishi (gipertrofiya) bilan bog`liq bo`lib, mushak tolalarining ko`payishi - giperplaziya (yunon. plazis - hosil bo`lishi) bilan bog`liq emas 97. Силлиқ мушак тўқимаси иннервацияси ва қисқаришининг структур асослари 89ga qaralsin 98. Қисқарувчи кардиомиоцитнинг тузилиши Qisqaruvchi kardiomiotsitlar uzunligi 50-120 mkm, kengligi 15-20 mkm, silindr shaklidagi hujayralardir. Ular oraliq plastinkalar orqali o`zaro birlashib zanjirsimon (tizmasimon) tuzilmalar hosil qiladi (95-rasm a). Kardiomiotsit markazida bir yoki ikki oval yoki cho`zinchoq shakldagi yadro joy-lashadi. Miofibrillalar yadro atrofida joylashib, ular orasida mitoxondriyalar ko`p. Silliq endoplazmatik to`r va T-sistema yaxshi rivojlangai. Donador endoplazmatik to`r kuchsiz rivoj-langan. Kardiomiotsitlar sarkolemma bilan qoplangan bo`lib, sarkolemma o`z navbatida plazmatik membrana va bazal membrana bilan o`ralgan. Bazal membrana oraliq plastinkalar sohasida bo`lmay, kardiomiotsitlarni faqat yon tarafdan o`rab turadi. Oraliq plastinkalar ikki hujayraning plazmatik membranalari orasida joylashib, elektron mikroskop ostida zinapoyasimon joylashganini ko`ramiz. Oraliq plastinkalar sohasida kardiomiotsitlar desmosomalar, tirqishli birikish (neksus), interdigitatsiyalar orqali birlashgan (95-rasm, b). Oraliq plastinkalarga miofibrillalarning aktin protofibrillalari kelib tugaydi. Miofibrillalar tuzilishi xuddi skelet ko`ndalang-targ`il mushak to`qimasini eslatadi. 99. Скелет мушак тўқимасининг гистогенези, тузилиши ва регенерацияси. 96ga qaralsin 100. Миосимпласт тузилиши. Ko`ndalang-targ`il mushak tolalarining tuzilishi. Ko`ndalang-targ`il mushak to`qimasi tolalardan iborat bo`lib, ularning uzunligi bir necha santimetrgacha (12,5 sm), diametri 100 mkm gacha yetishi mumkin. Shu sababli ko`ndalang-targ`il mushak tolalari simplastik tuzilmalar deb ataladi. Ular uzun silindrik tuzilmalar bo`lib, sirtdan yaxshi ifodalangan parda - sarkolemma bilan qoplangan. Mushak tolalarining yadrolari oval shaklli, xromatini kam, pereferiyada, sarkolemma ostida joylashadi (92-rasm, a). Mushak tolalari mitoxondriyalarga boy bo`lib, ular miofibrillalar orasida tizilib yotadi. Shuni qayd qilish lozimki, mushakning harakat aktivligi ancha yuqori bo`lsa (qisqarish tezligi qancha katta bo`lsa), mushak tolasida sarkosomalar (mitoxondriyalar) shunchalik ko`p bo`ladi. Mushak tolalari sarkosomalarning kristallari kuchli rivojlangan bo`lib, sarkosomalarning uzun o`qiga nisbatan perpendikulyar yo`nalgan. Donador-endoplazmatik to`r sust rivojlangan, yadro atrofida joylashadi. Sust rivojlangan plastinkasimon kompleks ham shu yerda yotadi. 101. Турли хил мушак тўқималарининг ривожланиш манбалари. Download 154.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling