Giyohvand moddalarni iste'mol qilishning zararlari Muallif


Download 22.18 Kb.
Sana09.05.2023
Hajmi22.18 Kb.
#1449679
Bog'liq
Giyohvand moddalarni iste\'mol qilishning zararlari


Giyohvand moddalarni iste'mol qilishning zararlari


Muallif: Xalqaro Nordik Universiteti sirtqi ta’lim MTM-323 guruh
1-kurs talabasi Nasriddinova Nodira


Ka’lit so’zlar: giyohvandlik, giyohvand moddalar. kashanda, asr vabosi


Anotatsiya: ushbu ilmiy maqola giyohvandlik va giyohvand moddalarni istemol qilisha qanday salbiy oqibatlar olib kelishi haqida yoritilgan bo’lib, bunda XXI asr vabosi deb nom olgan kasallikning kelib chiqish va uni oldini olish borasida bajarilayotgan ishlar haqida fikrlar va ma’lumotlar keltirilgan.


Hozirgi kunda insoniyatni tashvishga solayotgan global muammolardan biri giyohvandlikdir. Obod vatanimizda bu jirkanch illatga qarshi keskin choralar ko‘rilishi xaqida qonunlarimizda belgilab qo‘yilgan. Giyohvandlikka ruju qo‘yganlar quyidagi illatlarga chalinadilar. Birinchidan giyohvand kishi o‘z sog‘ligidan ayriladi. Ikkinchidan ularning farzandlari nogiron tug‘iladi. Uchinchidan oilasidagi bor bisotidan ayrilib, oilaviy tinchligi buziladi, oila porokandalikka yuz tutadi. To‘rtichidan yurt va jamiyat tinchligi va farovonligiga katta zarar yetkazadi. Beshinchidan alal oqibat manqurtga aylanadi va tubsiz jarga qulaydi, ikki dunyoda ham najot topmaydi. Bizga ma’lumki “XXI asr vabosi” deb nom olgan kasallik giyohvandlikka qarshi kurashish hozirgi kungacha dolzarb muammo bo’lib kelmoqda. U bilan kurashish yuzasidan mamlakatimizda qanchadan qancha ishlar olib borilmoqda. Giyohvandlik bu nima ? eng avvalo bu haqida qisqacha bo’lsa ham ma’lumotlar ko’rib chiqamiz. Giyohvandlik, narkomaniya, bangilik — narkotik moddalarga oʻrganib qolish, ruju qilish, aniqrogʻi tabiiy yoki zaharli moddalar (ayrim dori moddalari)ni vaqtincha yoki surunkasiga isteʼmol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik holati. Giyohvand organizm somatik va ruhiy holatining chuqur oʻzgarishiga sabab boʻladi va giyohvandni tanazzulga olib boradi. Giyohvandlikda oʻzini toʻxtatib boʻlmaydigan darajada giyohvand moddalarni isteʼmol qilish mayli paydo boʻladi, giyohvand moddaning miqdoriga nisbatan ehtiyoj, ruhiy va jismoniy bogʻliqlik ortib boradi. Giyohvandlik asta-sekin boshlanib, surunkali davom etadigan kasallidir. Inson immunt tizimi tanazulga uchraydi. Giyohvandlikka , odatda, irodasi kuchsiz, oʻzini tiya olmaydigan, oʻtkir sezgilarni oʻzida sinab koʻrishga qiziquvchan, ruhan zaif va oʻta xudbin kishilar beriluvchan boʻladi. Yoshlar tarbiyasidagi nuqson va kamchiliklar, giyohvand moddalarni isteʼmol qilib yuruvchi katta yoshdagilarga taklid va havas, oiladagi noxush sharoit ota-onaning ichkilikboz yoki giyohvand boʻlishi hamda giyohvand moddalarning oson topilishi yoki qoʻl ostida boʻlishi ham Giyohvandlikka sabab boʻlishi mumkin. Giyohvandlikka mubtalo boʻlganlarda xastalik borgan sari kuchaya borib, odatda, kutilmagan yomon oqibatlarga olib keladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev taʼkidlaganidek, qanchalik qiyin boʻlmasin, biz yoshlar tarbiyasi boʻyicha oʻzimizga xos va taʼsirchan, bugungi kunga hamohang usullarni izlab topishimiz kerak. Jondan aziz farzandlarimizni buzgʻunchi va zararli gʻoyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik, maʼnaviy qashshoqlik kayfiyatidan asrashimiz zarur. Sogʻlom turmush tarzini olib borayotgan kishi bilib-bilmay bu koʻchaga kirib qolsa, oʻzining tinch, farovon va baxtli hayotini qora zulmatga aylantirishi ayni haqiqat. Giyohvand kishi nafaqat oʻziga, balki yaqinlariga ham toʻxtovsiz azob beradi.
Undan tugʻilajak farzandlar esa ota-onasining xatosi oqibatida bir umrga majruhlik qismatiga mubtalo boʻladilar. Zero, faqat sogʻlom ota-onadangina sogʻlom zurriyod dunyoga keladi.Sogʻlom bola esa farovon kelajak demakdir. Baʼzan giyohvandlik qurboniga aylanib qolgan insonlarning qismatini koʻrib, ularga nisbatan nafrat, qahr va rahm tuygʻularining uygʻonishi tabiiy.Ularning quriyotgan daraxt misol umri evaziga ayrim qora niyatli yovuz kimsalarning hamyoni toʻlmoqda. Qiyofasi odam, qilmishi zulm boʻlganlarning qora ogʻuni voyaga yetmagan yoshlar orasida tarqatib, uni isteʼmol qilishga targʻib qilayotganiga jim qarab turib boʻlmaydi, albatta. 
Hozirgi kun maʼlumotlarga koʻra dunyoda 500 milliondan ortiq odam giyohvandlik dardiga yoʻliqqan. Uning aksariyat qismini 30 yoshgacha boʻlganlar tashkil etmoqda. Buning oqibatida har yili 200 mingdan ortiq kishi hayotdan koʻz yumadi. Shu bilan birga, jahonda sodir etilayotgan jinoyatlarning 57 foizi giyohvandlar hissasiga toʻgʻri keladi.
Giyohvand inson nafaqat o’z hayotini balki boshqalar hayotini ham hafv ostida qoldiradi. Oilasi va yaqinlarini yo’qotadi va sog’ligini tiklay olmaydi va kasalliklarga tezda chalinadi. Giyohvand insondan nuqsonli bolalar dunyoga keladi. U inson ongini boshqara olmaydi va ushbu moddalarni qabul qilmaguniga qadar undan juda ham yomon hodisalarni kutish mumkin. U o’zi bilib yoki bilmasdan inson hayotiga xavf solishi mumkin. Giyohvan inson tashqi muhitdan uzildai va bir narsaga bog’lanib qoladi. U dori toppish maqsadida qaltis ishlarga ham yo’l qo’yishi mumkin. Giyohvand inson G.ka mubtalo boʻlgan kishi giyohvand moddalarni qayta-qayta va koʻproq miqdorda isteʼmol kila boshlaydi. Keyinchalik esa giyohvand moddalarsiz turolmaydigan boʻlib qoladi. Bunday ahvoldan qutilish va oʻzini bir oz yengil his qilish uchun yana giyohvand moddaga ruju qiladi va oxir-oqibat giyohvand moddalarga hirs qoʻyish kelib chiqadi. Organizmning dastlabki himoya reflekslari (koʻngil aynishi, qusish) yoʻqoladi. Bu davrda organizmda giyohvand moddalarga nisbatan moyillik shu darajada kuchayib ketadiki, goʻyo bu moddalar avvalgi taʼsir kuchini yoʻqotgandek boʻlib qoladi, endi avvalgidek eyforiya (kayf) holatini his qilish, xumorni tarqatish uchun oʻsha moddadan koʻproq miqdorda qabul qilgisi keladi. Oldiniga giyohvand modda birmuncha yoqimsiz taʼsir koʻrsatgan boʻlsa, keyinchalik goʻyoki uning holatini "normallashtirganga" oʻxshaydi, bemor oʻzini birmuncha yaxshi his qiladi, ish qobiliyati, ruhi goʻyo tetiklashadi, pirovardida u haqiqiy giyohvand boʻlib qoladi. Giyohvandlarda avval ruhiy oʻzgarishlar (tajanglik, kayfiyat buzuqligi, xotira pasayishi) paydo boʻlgan boʻlsa, keyinchalik jismoniy oʻzgarishlar —jismoniy bogʻlanib qolish sindromi (terlash, yurak urishi, ogʻiz qurishi, ozib ketish, qoʻl-oyoqning titrashi va boshqalar) roʻy beradi. Agar giyohvand oʻz vaqtida narkotik moddani qabul qilmasa, organizmda kuchli ruhiy va jismoniy oʻzgarishlar, yaʼni giyohvandlikka xos ogʻir holat — xumorlik (qarang Abstinensiya) sindromi paydo boʻladi. Giyohvandlik opiomaniya (afyun qabul qilish), morfinizm, geroinizm koʻrinishida boʻladi. Giyohvandning nashavandlik, kokainizm, nikotinizm (tamakiga ruju qilish), teizm (achchiq choy ichish) va boshqa turlari ham uchraydi. Ikki yoki undan ortiq xil giyohvand moddani surunkali qabul qilish —pol i narkomaniya deyiladi. Giyohvandning hamma turida ham organizm zaharlanadi va u juda ogʻir kechadi.
Xulosa
Xulasa qilib aytadigan bo’lsam yoshlarimizni ushbu kasallik bilan chalinishlari oldini olish uchun ular bilan tez tez muloqot qilish va bo’sh vaqtlarini samarali tashkil etish lozim. Bu kasallikning nechoqlik yomonligi haqida tushunchalar berish va uning salbiy oqibatlari haqida bilm va ko’nikmalarini shakillantirish kerak. Yosh avlodda qiziqish kuchli bo’ladi shu sababli ham bu kasallik asosan yoshlar orasida uchraydi va uning qurboni ham aksariyati yoshlar hisoblanadi. Yoshlarni sport bilan shug’illantirish va bo’sh vaqtlarini samarali tashkil etish bu kasallik avj olishini oldini oladi deb o’ylayman.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxti

  1. Giyohvandlik asr vabosi –Toshkent, Avloniy nashr.2022

  2. “Giyohvandlikka qarshi kurashamiz”- Salomatlik sirlari jurnal.

  3. Vikipediya ochiq ensiklopediya

  4. Arxiv.uz

Download 22.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling