Giyohvandlik va stt giyohvandlik asosan narkomaniya
Giyohvandlik vositalarining tibbiy va ijtimoiy oqibatlari
Download 144.96 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqGiyohvandlik va STT 10-mavzu
Giyohvandlik vositalarining tibbiy va ijtimoiy oqibatlari
Giyoxvandlik vositalari bilan muomalada bo‗lish, ularni is‘temol qilish shaxsni jamiyatdan ajratadi. Uning insoniy qiyofasini yo‗qotishga olib keladi. Bu esa turli hil jinoyatlarni sodir qilishga zamin yaratadi. Ayniqsa voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinayotgan giyohvandlik vositalarini olish-sotish, ularni iste‘mol qilish hollari bugungi kunda ko‗plab uchrab turibdi. Giyoxvand, giyohvandlik moddalarini iste‘mol qilish oqibatida atrofdagilarning sog‗lig‗iga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi va u odamiylik qiyofasini yo‗qotadi. U giyohvandlik moddasining yangi qismiga pul topish uchun boshqa bir jinoyatni sodir qiladi, ya‘ni e‘tiborsiz qolgan jinoyat ketidan yangi bir jinoyat vujudga keladi. Kichik jinoyat o‗rnini kattaroq jinoyat egallaydi. Lekin ta‘kidlab o‗tish joizki, voyaga yetmaganlar tomonidan giyohvandlik vositalari bilan bog‗liq jinoyatlarni oldini olish borasida muhim choralar ko‗rilmoqda. Bugungi kunda yoshlar tomonidan giyohvandlik va psixotrop moddalarni iste‘mol qilishga qarshi kurash ularning oldini olish choralari asosiy mezon bo‗lmog‗i lozim. Bu masalada biz asosiy e‘tiborimizni profilaktik, ya‘ni giyohvandlik vositalarini iste‘mol qilishga qarshi kurashish choralariga qaratishimiz kerak. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarga karshi kurashish, nafaqat vakolatli davlat organlarining, balki barcha fuqarolarning burchi bo‗lishini taqozo etadi. Giyohvandlikka qarshi kurash borasida tegishli tadbir, choralar ko‗rilib, sezilarli natijalarga erishilganligiga qaramasdan bu muammo hamon dolzarb bo‗lib qolmoqda.Giyohvandlik vositalari bilan noqonuniy hatti-xarakatlarni sodir qilish bilan birgalikda, giyohvandlar soni ham ortib bormokda. Buni bartaraf qilish uchun ―Giyoxvandlar ro‗yxatida turuvchi shaxslar uchun jinoiy va ma‘muriy javobgarlik belgilanishi zarur. Ijtimoiy xavfli va jazoga sazovor bo‗lgan harakatlarda boshqa shaxslarni giyohvandlik vositalarni iste‘mol qilishga jalb qilish, giyohvandlik vositalari bilan turli oldi-sotdi qilishga jalb qilish uchun ham jinoiy javobgarlikni mustahkamlab qo‗yish lozimdir. Chunki, ana shunday ijtimoiy xavfli jinoyatlarga ko‗proq voyaga yetmaganlarni jalb qilishadi. Oxir oqibat esa uning orqasidan zo‗rlik ishlatish bilan g‗arazli jinoyatlar kelib chiqadi. Giyohvandlik vositalari bilan bog‗liq jinoyatlarni voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinishi achinarli holdir, chunki davlatimizning kelajagi sog‗lom barkamol, har tomonlama yetuk yoshlar qo‗lidadir. Giyohvandlik vositalarini iste‘mol qilish oqibatida kelib chiqadigan salbiy xodisalarga qarshi kurashishda huquqni muxofaza qiluvchi organlar tomonidan olib boriladigan choralar yetarli emas. Agar jamoatchilik bu ijtimoiy illatga qarshi qo‗tarilmas ekan, huquqni muxofaza qiluvchi organlarning sayi harakati bilan kutilgan natijaga erishib bo‗lmaydi. Giyohvandlik jamiyatdagi eng xavfli illatlardan biri bo‗lib hech bir jamiyat bu illat bilan kelisha olmaydi, hamda rivojlanmaydi. Narkotik moddalarni iste‘mol qilish avvalambor inson avlodiga salbiy ta‘sir etadi. Narkotik vosita jinsiy hujayralar rivojlanadigan bezlarga tushib urug‗ni zaharlaydi. Bu zaharlash, eng avvalo homilaning nerv sistemasini rivojlantiradigan hujayralariga ta‘sir qiladi, buning oqibatida xomilaning nerv sistemasi ishdan chiqadi. Bolaning aqliy rivojlanishi orqada qolib ketishi, tutqanoq bilan kasallanishi, miya kasalligi, kasalmand, ruhiy ojizlik va boshqa bir qator kasalliklar bilan tug‗ilishi mumkin. Insonning aqliy-irodaviy faoliyatiga ta‘sir etadigan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni iste‘mol qilishga jalb etish eng xavfli ijtimoiy illatlardan biridir. Chunki bu vositalarni tarqatganda buning natijasida ularni iste‘mol qiluvchilar soni ko‗payadi, ularning irodasi susayadi, ularni olish sotish bilan shug‗ullanadigan shaxslarning soni ko‗payadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, giyoxvandlik ijtimoiy xavfli illat sifatida asrimiz vabosi hisoblanadi. Uni tag tomiri bilan sug‗urib tashlash uchun barcha chora-tadbirlarni ko‗rish lozimdir. Bu esa o‗z navbatida giyohvandlik vositalari bilan bog‗liq jinoyatlarning oldini olgan bo‗lar edi. Giyohvandlik - asr vabosi 28.06.2021 11659 Inson hayotda yashar ekan, yaxshilikka intilib, yomonlikdan qaytib yashashga harakat qiladi. Lekin ―yaxshilik‖ va ―yomonlik‖ tushunchalariga har kim har xil taʼrif beradi. Hayot ezgulik bilan goʻzal. Ammo baʼzan ezgulikka yovuzlik koʻlanka soladi. "Asr vabosi‖ nomini olgan giyoxvandlik insonning osuda hayotiga raxna solib, ongini oʻziga boʻysundiruvchi zahri qotildir. Bu shunday qurolki, oʻz domiga ilintirgan odamni razolat dunyosiga yetaklaydi va bu jarayonda inson jamiyatdagi oʻrnini yoʻqota boshlaganini anglamay qoladi. Giyohvandlik – XXI asrning global muammolaridan biriga aylanib ulgurdi. Oʻrta asrlarda insoniyat hayotiga jiddiy xavf solgan vabo va oʻlat kabi ofatlar, bugungi sivilizatsiya zamoniga kelib oʻz oʻrnini giyohvandlik illatiga boʻshatib berdi, desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev taʼkidlaganidek, qanchalik qiyin boʻlmasin, biz yoshlar tarbiyasi boʻyicha oʻzimizga xos va taʼsirchan, bugungi kunga hamohang usullarni izlab topishimiz kerak. Jondan aziz farzandlarimizni buzgʻunchi va zararli gʻoyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik, maʼnaviy qashshoqlik kayfiyatidan asrashimiz zarur. Sogʻlom turmush tarzini olib borayotgan kishi bilib-bilmay bu koʻchaga kirib qolsa, oʻzining tinch, farovon va baxtli hayotini qora zulmatga aylantirishi ayni haqiqat. Giyohvand kishi nafaqat oʻziga, balki yaqinlariga ham toʻxtovsiz azob beradi. Undan tugʻilajak farzandlar esa ota-onasining xatosi oqibatida bir umrga majruhlik qismatiga mubtalo boʻladilar. Zero, faqat sogʻlom ota-onadangina sogʻlom zurriyod dunyoga keladi. Sogʻlom bola esa farovon kelajak demakdir. Baʼzan giyohvandlik qurboniga aylanib qolgan insonlarning qismatini koʻrib, ularga nisbatan nafrat, qahr va rahm tuygʻularining uygʻonishi tabiiy. Ularning quriyotgan daraxt misol umri evaziga ayrim qora niyatli yovuz kimsalarning hamyoni toʻlmoqda. Qiyofasi odam, qilmishi zulm boʻlganlarning qora ogʻuni voyaga yetmagan yoshlar orasida tarqatib, uni isteʼmol qilishga targʻib qilayotganiga jim qarab turib boʻlmaydi, albatta. Statistik maʼlumotlarga koʻra dunyoda 500 milliondan ortiq odam giyohvandlik dardiga yoʻliqqan. Uning aksariyat qismini 30 yoshgacha boʻlganlar tashkil etmoqda. Buning oqibatida har yili 200 mingdan ortiq kishi hayotdan koʻz yumadi. Shu bilan birga, jahonda sodir etilayotgan jinoyatlarning 57 foizi giyohvandlar hissasiga toʻgʻri keladi. Davlatimizning oqilona siyosati fuqarolar jamiyatining har tomonlama komil, sogʻlom, oliyjanob fazilatlari, yuksak tafakkuri va maʼnaviyati, ijtimoiy faolligi bilan ajralib turadigan namunali jamiyat boʻlishiga qaratilgan. Mana shu xalqchil siyosatga asoslangan davlatimiz barcha turdagi giyohvandlikka qarshi izchil kurash olib bormoqda. Ommaviy axborot vositalari orqali dunyoda ―asr vabosi‖ deb nom olgan giyohvandlikning inson sogʻligʻiga zarari va uning ayanchli oqibatlari haqida baralla aytilmoqda va keng tushuntirilmoqda. Dunyoqarashi endigina shakllanib borayotgan, bor kuch-gʻayratini faqat bilim olishga, izlanishga, hunar oʻrganishga sarflashi kerak boʻlgan bir paytda, oʻsmirlarni aldov yoʻli bilan giyohvandlik qurboniga aylantirayotgan kimsalar ozmi? Qanchadan-qancha oilalarning yostigʻini quritayotgan giyohvandlikka qarshi har bir inson oʻzi kurashmogʻi, tashqi taʼsirlardan himoyalanmogʻi lozim. Sogʻlom avlod oʻtmishi qadim, tuprogʻi oltin, osmoni musaffo Oʻzbekistonning kelajak vorislaridir. Ularni mana shunday sogʻlom muhitda, ezgu tushunchalarni yuraklariga joylab voyaga yetkazaylikki, hech qanaqa tashqi salbiy xurujlar va qora illatlar oʻpqoni ularni oʻziga jalb qila olmasin. Giyohvandlik koʻchasiga kirib qolish kishilarda turli xilda kechadi. Baʼzilar toʻqlikka shoʻxlik qilsa, boshqalar oʻzi bilmagan holda aldovlar natijasida uning qurboniga aylanadi. Ushbu illatga ruju qoʻyganlarning, ayniqsa, yoshlarning bu ajal girdobiga tushib qolishida koʻpincha oiladagi muhit yoki beeʼtiborlik sabab boʻladi. Yoshlarning boʻsh vaqtini bekor oʻtkazishi, ota-onalarning farzandini haddan tashqari erkalatishi va ular tarbiyasiga beparvoligi yuqorida keltirilgan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Farzandning sogʻ-salomat dunyoga kelishi, unib-oʻsishi, jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlishi, eng avvalo, oila boshliqlariga bogʻliq. Bu borada mehribon ota-onalar zimmasiga katta masʼuliyat yuklanadi. Demak, ―Asr vabosi‖ deb ataluvchi giyohvandlikning oldini olish, unga qarshi kurashishga faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlar emas, balki jamiyatdagi har bir inson masʼul. Maqsad esa, dunyoni giyohvandlik balosidan saqlash, insoniyat salomatligini asrashdir. Giyohvandlik - inson maʼnaviyatiga zid boʻlgan, uning ijtimoiy-ruhiy holatini butkul izdan chiqaradigan gʻoyat xatarli illat, bedavo xastalik. Mutaxassislarning fikriga koʻra, oʻrtacha yigirma besh yil umr koʻrishligi, giyohvand faqatgina oʻz sogʻligini yoʻqotmay, balki oʻz xatti xarakatlarini ham nazorat qila olmasligi, u nafaqat bir shaxsni, balki butun bir xalqni, millatni yoʻq qilib yuborishga qodirligi va giyohvandlar asosan 16 yoshdan 35 yoshgacha boʻlib aksariyati oʻziga toʻq oilalardan boʻlib, giyohvandlik ijtimoiy xavfga ham ega. Jinoyatchilikka qarshi kurashishga tegishli eng oʻtkir va dolzarb muammolardan biri giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish muammosidir. Bugungi kunda giyohvandlik yer shari aholisining istisnosiz barcha qatlamlarini oʻz domiga tortib oldi desak, mubolagʻa boʻlmasa kerak. Yaqin va Oʻrta Sharq, Osiyo davlatlari haqli ravishda giyohvandlik eng avj olgan ―markazlar‖ hisoblanadi. BMT maʼlumotlariga koʻra, opium xom ashyosining uchdan ikki qismi Tailand, Birma va Laosga toʻgʻri kelmoqda. Lotin Amerikasi mamlakatlari ham giyohvand moddalar xom ashyosining tarqatilishida katta ulushga ega. Oʻtgan asrning 1980- yillari oxiridan boshlab, ushbu sohaga oid jinoyatlar sonining koʻpayishi sobiq SSSR, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida ham qayd qilina boshlandi. Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasining hududi giyohvandlik vositalarini Rossiya Federsiyasiga va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlariga yetkazib berish uchun tranzit hudud hisoblanadi. Insoniyat anchadan beri giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishning samaraliroq ijtimoiy, siyosiy, tibbiy va huquqiy usullarini topishga urinib kelmoqda. Aksariyat mamlakatlarda giyohvandlik vositalarining gʻayriqonuniy tayyorlanishi va isteʼmol qilinishining tez surʼatlarda koʻpayib borayotgani soʻnggi oʻn yilliklardagi eng xavfli tendensiyalardan bittasidir. Giyohvandlik moddalarining butun dunyo boʻylab noqonuniy tarzda tarqatilayotgan umumiy hajmidan 10-15 foizi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan aniqlanmoqda xolos. Giyohvandlikka bogʻliq vaziyatning ogʻirlashib borayotgani barcha mamlakatlarning aksariyati – 158 ta davlatni (dunyo mamlakatlarining 80 foizi) narkotiklarni nazorat qilish boʻyicha xalqaro konvensiyalarga birlashishga undadi. Giyohvand moddalar savdosi muammosi irqiy, jinsi, diniy va milliy chegaralarini bilmaydi. Giyohvand moddalar savdosi va u bilan bogʻliq boshqa uyushgan jinoyatchilik turlari oʻrtasida barqaror bogʻliqlik mavjud. Shunday qilib, hozirgi vaqtda giyohvandlik global ijtimoiy muammo xarakterini kasb yetmoqda. Odamlar salomatligi va farovonligiga yetkazilgan zarar, jamiyat va davlat hayotining iqtisodiy, madaniy va siyosiy asoslariga salbiy taʼsir koʻrsatishi xalqaro hamjamiyat saʼy-harakatlarini birlashtirishni, xalqaro-huquqiy choralarni koʻrishni talab qiladi. Giyohvand moddalar savdosi va giyohvand moddalar savdosi bilan bogʻliq uyushgan jinoyatchilikning oldini olish muammolariga alohida eʼtibor qaratish lozim. Bu yerda oʻzaro hamkorlik va xalqaro hamkorlik katta ahamiyatga ega. Ilmiy- texnik taraqqiyotning rivojlanishi bilan ushbu sohadagi hamkorlik ham oʻzgarib bormoqda va davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xuddi shu narsa jinoyat ishlarini yuritish, shu jumladan jinoyatchilarni qidirish, hujjatlarni taqdim etish, guvohlarni soʻroq qilish, ashyoviy dalillarni yigʻish va boshqa tergov harakatlari boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatishda ham sodir boʻladi. Oʻzbekistonda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy aylanishiga samarali qarshi kurashishni tashkil qilish muammosi mamlakatda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish jarayonida obyektiv tarzda muhim oʻrin egallaydi. Davlatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar, jamiyat boshidan kechirayotgan qiyinchiliklar qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlardan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishning yanada mukammal va taʼsirchan tizimini yaratishni talab qilmoqda. Shu munosabat bilan huquqni muhofaza qiluvchi idoralardan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasini aniqlash boʻyicha aniqroq ishlarni tashkil etishni talab etadi. Download 144.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling