Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha texnik talablar to‘G‘risida nizomni tasdiqlash haqida
III. Birinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlanadigan xonalarga bo‘lgan texnik talablar
Download 29.52 Kb.
|
III. Birinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlanadigan xonalarga bo‘lgan texnik talablar
14. Birinchi toifali obyektlarda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ushbu bo‘lim talablariga muvofiq jihozlangan alohida (yordamchi, xizmat va boshqa xonalardan ajratilgan) binolarga (xonalarda) o‘rnatilgan seyflar yoki metall shkaflar ichida saqlanadi. Bundan tashqari, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni birinchi toifali obyektlarda saqlanishida tegishli obyekt hududlarini texnik jihozlanishi uchun mazkur Nizomning IV bo‘limi qoidalariga muvofiq qo‘shimcha talablar belgilanadi. Harorat rejimiga rioya qilish zarur bo‘lgan hollarda, ushbu binoda o‘rnatilgan muzlatkichlarda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni yuridik shaxs boshlig‘ining shaxsiy javobgarligi asosida saqlashga ruxsat etiladi. 15. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlash uchun mo‘ljallangan binolar (xonalar) quyidagi talablarga javob berishi zarur: 1) Mustahkam devor, pishiq pol va shift to‘siqlariga ega bo‘lishi kerak. Devorlarning mustahkamligi jihatidan qalinligi 380 mm dan kam bo‘lmagan g‘isht devor o‘lchamiga, pol va shift to‘siqlari esa — 100 mm dan kam bo‘lmagan temir-beton qalinligiga mos kelishi kerak. Yuqorida ko‘rsatilgan talablarga javob bermaydigan devor, shift to‘siqlari va pollar butun maydoni bo‘ylab ichkari tomonidan diametri 10 mm dan kam bo‘lmagan qalinlikdagi metall simdan tayyorlangan panjara yordamida mustahkamlanadi. Metall simlar har bir kesishgan joyda payvandlangan bo‘lishi, bunda hosil bo‘lgan katakchalar o‘lchami 150x150 mm dan katta bo‘lmasligi kerak. Panjaralar devor yoki to‘siq plitalari urilganda chiqarilgan joylarga diametri 12 mm dan kam bo‘lmagan anker (uzun bolt) bilan 500x500 mm masofada payvandlanadi. Ankyerlarni devorga mustahkamlash imkoni bo‘lmagan taqdirda 100x50x6 mm o‘lchamli metall tasmalardan tayyorlangan to‘siq detallari temir-beton yoki beton sathlarga to‘rtta dyubel mixlari yordamida qoqilishi mumkin. 2) Xonalarga butun, kesakisiga yaxshi moslangan ikkitalik eshiklar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak, bunda: a) saqlash xonasining kirish (tashqi) eshigi yaxlit metall yoki ichi bo‘sh bo‘lmagan va qalinligi 40 mm dan kam bo‘lmagan yog‘ochdan tayyorlanadi. Eshik ikkala tomonidan 0,6 mm dan kam bo‘lmagan qalinlikdagi metall tunuka bilan qoplanib, metall tunuka qirralari (chetlari) eshikning ichki yuzasiga qayrilishi yoki yon tomondan bir-birini ustiga chiqib turadigan holda buklanishi kerak. Tashqi eshik kamida ikkita o‘yma qulfli bo‘lishi va mastik muhr bilan muhrlanishi yoki plombalanishi shart; b) eshik ichkari tomondan qo‘shimcha ravishda diametri 16 mm dan kichik bo‘lmagan armaturadan yasalgan, katakchalar o‘lchami 150x150 mm dan katta bo‘lmagan, har bir kesishish joyida payvand qilingan panjarali metall eshik bilan mustahkamlanadi. Ichki panjarali eshik ichki yoki osma qulf yordamida qulflanadi. v) eshik kesakisi metall profildan tayyorlanadi. Eshik kesakisi yog‘ochdan yasalishiga ham ruxsat etiladi, bunda kesakilar 30x40 mm o‘lchamli, qalinligi 5 mm dan kam bo‘lmagan metall burchaklar yordamida mustahkamlanishi, burchaklarining o‘zi diametri 10 — 12 mm, uzunligi 120x150 mm li armaturadan yasalgan mix yordamida devorga mahkamlanishi kerak. 3) Deraza o‘rniga xonaning ichki tomonidan simining diametri 16 mmdan kam bo‘lmagan va kataklarining o‘lchami 150x150 mm dan katta bo‘lmagan metall panjara o‘rnatiladi. Panjara simlarining uchlari devorga 80 mm dan kam bo‘lmagan chuqurlikda o‘rnatilib, beton yordamida qotiriladi. Mustahkamligi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan panjaralardan qolishmaydigan dekorativ panjara yoki jalyuzilardan foydalanishga ham ruxsat etiladi. Birinchi qavatda joylashgan xonalarda deraza o‘rinlariga ichkari tarafdan metall yoki ikkala tomonidan metall plastinka bilan qoplangan hamda osma qulflar yordamida qulflanadigan yog‘ochli deraza eshiklarni o‘rnatishga ruxsat etiladi. 4) Xonalarida ventilatsiya tuynuklari va lyuklar mavjud bo‘lgan hollarda ularga diametri 16 mm dan kam bo‘lmagan, katakchalarining o‘lchami 100x100 mm dan katta bo‘lmagan, ushbu sistemalar orqali xona ichiga kirishga to‘sqinlik qila oladigan metall panjaralar o‘rnatiladi. Devordagi ventilatsiya qurilmalari o‘tishiga mo‘ljallangan teshiklarning diametri 200x200 mm dan oshmasligi kerak. 16. Giyohvandlik vositalarini saqlash va qadoqlashga mo‘ljallangan omborxona bino va xonalarining devor, shift va ichki konstruksiyalarini pardozlashda oson tozalash va yuvish imkonini beradigan, chang va bug‘ yig‘maydigan materiallardan foydalanilgan bo‘lishi kerak. Devorning pol bilan tutashgan qismi aylanasimon shaklda ishlanadi. Bu xonalar havoni tortuvchi ventilatsiya qurilmasi bilan jihozlanishi kerak. Download 29.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling