4-mavzu. Metall listlardan xalq hunarmandchiligiga oid ixtiyoriy o‘z qiziqishiga ko‘ra buyumlarini tayyorlashni o‘rganish.
Shamdon yasash
Ishning maqsadi: shamdon uchun taglik yasashni o‘rganish.
Jihozlar: chizg‘ich, qalam, metall qaychi, randa, tunuka, shayba, gayka va h. k
Ishning bajarilish tartibi:
1. Ish o‘rnini xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda tashkil qilish.
2. Metall tunuka tanlab olinadi va to‘g‘rilanadi.
3. 47, 48-rasmlarda berilgan chizmalardan foydalanib, tunukaga metall chizg‘ich
yordamida o‘lcham va belgilar qo‘yib olinadi.
4. Belgilar asosida tunuka metall qaychi yordamida qirqib chiqiladi.
5. Bo‘laklarga parmalash stanogi, elektrodrel yoki dastaki drel yordamida teshik
ochiladi.
6. Qirqilgan bo‘laklar chilangarlik dastgohi yoki burchakliklar yordamida bukib
chiqiladi.
7. Bo‘laklar bir-biriga gayka yordamida biriktiriladi
8. Ishlar jadvaldagi berilgan ma’lumotlar asosida bajariladi
9. Shamdon yasash texnologiyasiga oid berilgan ikkita variantdan biri ixtiyoriy tarzda tanlab olinadi va shamdon yasaladi (1–2-rasmlar).
Metall listdan uy-ro‘zg‘or buyumlarini yasash
Ishning maqsadi: metall listdan pechenye uchun qolip
yasashni o‘rganish.
Jihozlar: chilangarlik va duradgorlik dastgohlari, chizg‘ich, qalam, bolg‘a,
temir qaychi, egov, jilvir qog‘oz, tunuka.
Ishning bajarilish tartibi: pechenye uchun qolip yasash berilgan texnologik
xarita asosida amalga oshiriladi.
Pechenye uchun qolip yasashning
TEXNOLOGIK XARITASI
Do'stlaringiz bilan baham: |