Gkchp voqealari va ularning o’zbekistonda tutgan o’rni artiqhadjayeva munisxon
Download 0.49 Mb.
|
MUNISXON
- Bu sahifa navigatsiya:
- ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
GKCHP VOQEALARI VA ULARNING O’ZBEKISTONDA TUTGAN O’RNIARTIQHADJAYEVA MUNISXONREJAGKCHP VOQEALARI 1 O’ZBEKISTONGA TASIRI 2 GKChP (“Gosudarstvenniy komitet po chrezvichaynomu polojeniyu”, o‘zbekchasi – FVDQ yoki “Favqulodda vaziyat bo‘yicha davlat qo‘mitasi”) – bundan roppa-rosa 28 yil avval, bor-yo‘g‘i uch kun davlat to‘ntarishi ortidan SSSRda hukmron bo‘lgan qo‘mita nomi. Qisqa muddat yashagan bu tuzilma SSSR hamda uning tarkibiga kiruvchi davlatlar, umuman dunyo tarixida muhim rol o‘ynadi. Bu haqda “Daryo” kolumnisti G‘ayrat Yo‘ldosh hikoya qiladi.1991-yil 19-avgust. Sovet Ittifoqining barcha burchaklarida televideniye va radio orqali xabar berildi: “Prezident Mixail Gorbachyov sog‘lig‘i yomonlashgani uchun mamlakatni ortiq boshqara olmaydi. U boshlagan islohotlarning aksariyati boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Shu sababli mamlakat boshqaruvini sakkiz kishidan iborat Favqulodda vaziyat davlat qo‘mitasi o‘z qo‘liga oladi. Olti oy davomida mamlakatga yangi rahbar saylanadi”. Bu xabarni eshitgan odamlar biroz xavotirga tushdi. “Gorbachyovga nima bo‘lgan ekan-a?!” degan o‘y ko‘pchilikning xayolidan o‘tdi. Mamlakat ahli hali Stalin vafot etganda “sog‘lig‘i yomonlashdi” deb ma’lumot tarqatib o‘zaro taxt talashishganini, Xrushchyov Brejnev tomonidan “sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli ishdan bo‘shash haqida ariza yozdi” degan bahona bilan taxtdan ketkazilganini unutgani yo‘q edi. Qolaversa, bunday “ssenariy” ittifoqdosh respublikalarning har birida necha martalab qo‘llangandi. Odamlarning xavotirlari bejiz emasligi uch kun ichida oydinlashdi. Favqulodda vaziyat davlat qo‘mitasiga ham mamlakatni olti oy boshqarish nasib etmadi. Hammasi uch kunda tugadi.1985-yil 11-mart sanasida SSSR “taxti”ga o‘tirib, Sovet Ittifoqi kommunistik partiyasining birinchi kotibi lavozimini olgan Mixail Sergeyevich Gorbachyov sal o‘tmay mamlakatda “qayta qurish” nomi ostida yangi islohotlar boshlanganini ma’lum qildi. Oldiniga islohotlar oldinga siljishi biroz sustroq bo‘ldi. Axir Stalin vafotidan keyin 30 yildan oshiq vaqt bir xil tartibda ishlab kelgan amaldorlarni o‘zgartirish juda qiyin edi. Ammo 1986-yildan boshlab mamlakatdagi aksariyat tartiblar o‘zgardi. Birinchi navbatda, Gorbachyov KPSSning 1986-yilning fevral oyida bo‘lib o‘tgan XXVII syezdida Afg‘onistondagi behuda urushni to‘xtatish va qo‘shinlarni bosqichma-bosqich bu mamlakatdan olib chiqish haqida gapirdi. Oktabr oyida ilk olti polk Afg‘onistondan olib chiqildi. Shuningdek, Gorbachyov mamlakatda kommunistik partiya gegemonligiga chek qo‘yadigan qaror qabul qildi va boshqa partiyalar tuzishga ham ruxsat berildi. Shuningdek, diniy sohada ham katta o‘zgarishlar bo‘ldi va mamlakatda 1991-yilgacha turli konfessiyalarga tegishli ibodatxonalar qayta ochildi, yangilari qurildi. So‘z erkinligi masalasida juda katta oldinga siljishlar kuzatildi.Eng muhimi, mahalliy xalqlarda milliy o‘zlikni anglash, shu jumladan, mustaqillikka intilish harakatlari boshlandi. 1987–1988-yillardan boshlab Boltiqbo‘yi davlatlari 1940-yilda SSSR ularni zo‘rlik bilan bosib olgani, shu tufayli endi ular SSSR tarkibidan chiqib, mustaqil bo‘lishi haqida turli chiqishlar qila boshladi.1990-yilga kelib bir paytlar ikkinchi qutb sifatida dunyoni titratgan SSSRning tarqab ketish ehtimoli ancha oydinlashdi. Bu paytga kelib Boltiqbo‘yi davlatlari SSSR boshqaruvi ostidan chiqqanini bir tomonlama e’lon qilib, o‘zini boshqarish yo‘liga o‘tgan edi. Shuningdek, 1990-yilga kelib bir paytlar sotsialistik tizimning muhim bo‘laklari sifatida SSSRning qanoti ostida unga suyanchiq bo‘lgan Sharqiy Yevropa davlatlari – Polsha, Bolgariya, Vengriya, Ruminiya, Yugoslaviya, Chexoslovakiya, Albaniya kabi mamlakatlar sotsialistik boshqaruv usulidan voz kechib, G‘arbiy Yevropa tomon yuz burdi. Ularda mamlakatni boshqarib turgan rahbarlarning ayrimlari bu ishlarga o‘zi boshchilik qilgan bo‘lsa, ayrim qarshilik qilganlari xalq tomonidan ag‘darib tashlandi.1991-yil 18-avgustdan 19-avgustga o‘tar kechasi SSSR prezidenti Gorbachyovning mamlakatda olib borayotgan ichki va tashqi siyosatidan norozi bo‘lgan bir guruh rahbarlar uning SSSRni tarqatib yuborib, o‘rniga konfederatsiya tuzishiga qarshi chiqib, SSSRda davlat to‘ntarishi uyushtirdi hamda Gorbachyovni Forosdagi dala hovlisida dam olayotgan joyida nazoratga olib, unga rejasini bekor qilish talabini qo‘ydi. Ammo Gorbachyov bu talabga ko‘nmadi. Shundan so‘ng ular Gorbachyovni dala hovlidan chiqa olmaydigan qilib nazoratga oldi. Ular Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tuzilganini va mamlakatni vaqtincha shu qo‘mita boshqarishi haqida televideniye va radio orqali e’lon qildi.Favqulodda vaziyatlar davlat qo‘mitasi tarkibida SSSR vitse-prezidenti Gennadiy Yanayev, bosh vaziri Valentin Pavlov, ichki ishlar vaziri Boris Pugo, mudofaa vaziri Dmitriy Yazov, davlat xavfsizlik qo‘mitasi (KGB) rahbari Vladimir Kryuchkov, mudofaa vazirining 1-o‘rinbosari Oleg Baklanov, dehqonlar ittifoqi raisi Vasiliy Starodubsev, qurilish, transport, aloqa va davlat korxonalari va obyektlari assotsiatsiyasi prezidenti Aleksandr Tizyakovlar bor edi.Turli shaharlarda harbiy bo‘linma va texnikalarning kiritilishi Moskva va yana bir qancha shaharlarda ommaviy namoyishlar boshlanib ketishiga sabab bo‘ldi. Odamlar SSSRning yirik shaharlari – Leningrad, Kiyev, Minsk va boshqalarda FVDQga qarshi namoyishlarga chiqdi. FVDQ Gorbachyovni Qrimdagi dala hovliga qamab qo‘yib, mamlakat boshqaruviga egalik qilishni boshlashi o‘sha paytda aksariyat sog‘lom fikrli kishilarga yoqmadi. FVDQ a’zolari bayonotlarida “Gorbachyovning sog‘ligi yomonlashgani uchun” deygani bilan ko‘pchilik davlat to‘ntarishi bo‘lganini bilib bo‘lgan edi.ETIBORINGIZ UCHUN RAXMATDownload 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling